«Achchiq» ketchup
Resept
: 3 kg pomidor,
500 g piyoz,
300-400 g shakar,
2 osh qoshiq xantal,
300-400 ml 9% li sirka,
2-3 dona lavr bargi,
5-6 dona tuyilmagan murch,
3-4 dona archa (mojjevelnik) urug’i,
tuz (ta’bga ko’ra).
Tayyorlash
: Pomidorlar to’g’raladi, maydalanadi, qopqog’i berk kostryulkada
o’rtacha olovda biroz qaynatilib, elakdan ishqalab o’tkaziladi. Sirka qizdiriladi, unga
ziravorlar solinadi, qaynashgacha etkaziladi, so’ngra sovitilib pomidor pyuresiga quyiladi.
Massa past olovda 20 daqiqa qaynatiladi, shakar, tuz, xantal bilan ta’mi rostlanadi va yana
10 daqiqa pishiriladi va sterillangan bonkaga joylanib yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |