Gavdaning yuqori qismi va qo‘llar holati
-
Past zarbada (pasda) gavdaning yuqori qismi to‘p ustida biroz egiladi va
zarba oyoq tizzasi to‘p ustidan harakatlanadi.Agar to‘pning uchish traektoriyasi
baland bo‘lsa, tayanch oyoq o‘zgarmas yonbosh masofada biroz to‘p ortiga
qo‘yiladi va tananing yuqori qismi biroz orqaga egiladi.
Amaliyot uchun ko‘rsatmalar
To‘pga to‘g‘ri yugurishdan keyin tayanch oyoq to‘p yoniga qo‘yiladi. O‘yin
oyog‘i tashqariga buriladi va boldir biroz burchak ostida bukiladi, panja oyoq uchi
ko‘tarilib boldir-panja bo‘g‘imida belgilanadi. O‘yin oyog‘i oldinga siltanishdan
so‘ng tashlanadi va to‘pga iloji boricha uzoq dumlashiga imkoniyat beradi, bunda
tana vazni mustahkam turgan tayanch oyoqqa o‘tadi. Tushish maydoni panjaning
ichki tomoni hisoblanadi. Tananing yuqori qismi biroz oldinga egiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |