jihozlash, ta‟qiqlangan usullar, intizom, yengil atletika, gimnastika, sport o‟yinlari,
Respublikamizda inson salomatligi haqida g‟amho‟rlik qilish, ularning umrini
Inson salomatligi va uning jismoniy sog‟ligini mustahkamlash haqida g‟amxo‟rlik
qilar ekan, bu borada hukumatimiz jismoniy tarbiya va sportga alohida ahamiyat
Sog‟liqni saqlashning bu yo‟nalishi butun bir profilaktik chora tadbirlar majmuini
o‟tkazishni talab qilib, bu tadbirlarga sport mashg‟ulotlarida yuzaga keladigan
Sport jarohatlari bu jismoniy mashqlar yoki sport mashg‟ulotlaridagi jarohat yoki
5
Sport jarohatlari orasida eng ko‟p paylarning lat yeyishi va jarohatlanishi, shuningdek
bo‟g‟inlarning shilinishi, yaralanishi, chiqishi va shikastlanishi, suyak sinishlar, bosh
miya chayqalishi ham tez-tez uchrab turadi.
Doimiy ravishda qator chora tadbirlar majmuini amalga oshirish, tibbiyot xizmati,
o‟qituvchi va murabbiylarning o‟zaro faol aloqalargina sport jarohatlari bilan
muvoffaqiyatli kurashish imkonini beradi.
Oliy o‟quv yurtlarida jismoniy mashqlar va sport mashg‟ulotlarida olinadigan
jarohatlar profilaktikasi, ularning yuzaga kelish sabablari va ushbu holatni sinchiklab
o‟rganishga asoslanadi.
Jarohat olish hollarini tashkil qilish shuni ko‟rsatmoqdaki, profilaktikaning asosiy
talab va qoidalariga rioya qilinganda har bir sport jarohatining oldi olinishi mumkin.
Jismoniy mashqlar va sport mashg‟ulotlaridagi jarohatlarning asosiy sabablari
ko‟pincha mashqlar, mashg‟ulotlar, musobaqalar, o‟tkazish usullari va ularni taskil
etishdagi kamchiliklar, mashg‟ulot o‟tkazish joylarining moddiy texnik
jihozlanishining qoniqarsizligidir.
Shuningdek, shug‟ullanuvchilarning intizomsizligi, noqulay ob-havo va gigiyenik
sharoitlar ham jarohatlarga sabab boladi.
Shunday qilib, jismoniy mashq va sport mashg‟ulotlarida ro‟y beradigan jarohat hollari
mashg‟ulotlarni puxta uslubda har xil tashkil etish va o‟tkazish, va mashq qilish
jarayonini individuallashtirish, shug‟ullanuvchilarning namunali intizomi va e‟tibori
sharoitida oldindan bartaraf qilinishi mumkin.
Sport jarohatlarini oldini olishda pedagok, mashg‟ulot rahbarlari, murabbiylar asosiy
rol o‟ynaydi. Shifokor o‟quv mashg‟ulotlari, mashqlar, musobaqalar davomida tibbiy
nazoratni qat‟iy va doimiy ravishda zarur profilaktik tadbirlar asosida amalga oshirish
lozim.
Shug‟ullanuvchi jismoniy holatini yetarsiz darajada tibbiy nazoratdan o‟tkazish sport
jarohatlarining sabablaridan biri hisoblanadi. (7-8 % hollarda). Biroq kasallik bilan
og‟rigan, qattiq charchagan, tinimsiz mashqlardan keyin qo‟shimcha tibbiy tekshiruv
o‟tkazmasdan, shuningdek gigiyena me‟yorlari va qoidalarini buzgan sportchilarga
6
mashg‟ulotlar va musobaqalarda qatnashishga ruhsat etish kabi tibbiy nazorat
qoidalarini buzish hollari tez-tez uchrab turadi.
Jarohatlarning oldini olish maqsadida shifokor shug‟ullanuvchilarning jismoniy holati,
tayyorgarligi va mashqlarda chiniqqanligidan kelib chiqib, dasturlarni tuzish va
mashg‟ulot uslubini tanlashda ishtirok etishi, jismoniy tayyorgarlik mashg‟ulotlarida
dasturiy ketma ketlikka rioya etishni nazorat qilish, shuningdek mashg‟ulotlarni
individual xususiyatlariga muvofiq jismoniy zo‟riqish miqdorini kuzatib borish lozim.
Kasallik
yoki,
birorta
jarohatni
boshidan
kechirgan.
Shug‟ullanuvchiga
mashg‟ulotlarga ruxsat berishda, mashg‟ulot rahbariga u yoki bu mashqni olib tashlash
yoki ularning davomiyligini cheklash haqida tavsiyalar berishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: