Chun hast ba har chi hast nuqsonu shikaet.
Angor, ki nest har chi dar olam hast.
Абдулхай Абдурахмонов. Саодатга элтувчи билим . Моварауннахр Т.: 2005 й 332- б
47
Har neki go‘yo yo‘q shamol kabi ko‘rinmas zinhor,
Har neki go‘yo bor omonatdir, yemrilar abgor.
Ko‘rgin, har nimaki olamda bor, oxiri yo‘qdir,
Bilgin, har nimaki olamda yo‘q, aslida bor, bor...
Bu mafkura donishmand ajdodlarimiz tasavvuf ta’limotining mafkurasidir.
Unta ko‘ra bizga bor bo‘lib tuyulgan narsalar aslida yo‘qdir (yo‘qolguvchidir),
chunki ular yaralgandir va komil emasdir, ular harakatda, o‘zgarishda, demak- ki,
oxiri yemirilish va yo‘qolishdadir.
Tug‘ilgan narsa o‘ladi. Ko‘kargan narsa quriydi. Boshlangan narsa oxirlaydi.
Ibtidosi bor narsaning intihosi ham bor.
Allohning ibtidosi yo‘qsir va shuning uchun intihosi ham yo‘qdir. O‘zi xuddi
shamol ko‘zga ko‘rinmaganidek, ko‘rinmasa-da, ammo bordir, komildir. Daraxtni
shamol tebratadi, ammo o‘zi ko‘rinmaydi. Biz shamolni ko‘rmasakda, daraxt-
ning, tebranganini ko‘rib, shamolning borli- giga ikror bo‘lamiz. Ammo shamolni
yaratib qo‘ygan Allohni ko‘rmaganimiz uchun gohi gumrohdik bilan uning
borligiga shubha qilamiz. Yaralgan narsaga ishonchimiz komil, ammo
Yaratganga...
Alloh, o‘zing kechirgin! Sen buyuksan! Sen poksan! Yaratilganlar Sening
qoshingda ojizdirlar. Dunyoda ko‘rinib, sezilib turgan bor narsa o‘tkinchidir.
Hamma yaratilganlar foniydir. Yaratgan bo- qiydir. Bir qaraganda, bu gaplar
shunchaki so‘z o‘yiniga o‘xshaydi. Aslida, chindir, o‘yin emas.
Biz ko‘rib turgan narsamizga qarab fikrlaymiz. Ko‘zimizni yumsak, o‘ylayotgan
narsamizni ko‘ra boshlaymiz. Shuning uchun donishmand shoir “ko‘zga aylansin
ko‘ngil” deya tashbeh qiladi.
1
Siz fotonegativni ko‘rgansiz. Fotonegativ — suratning aksi. Eng go‘zal mavju-
dotning surati ham fotonegativda dahshatli ko‘rinadi. Negativda pozitivni ko‘rish-
ga o‘rganish kerak. Xuddi shunday, biz o‘zimiz ko‘nik- magan, kutmagan
fikrlardan qo‘rqmasligimiz kerak. Faylasuflardan biri aytganidek, hamma fikrlar-
1
Хидоят // 2001 йил №1 14-бет
48
ning yashashga haqqi bor. Negativ fikrlar pozitiv fikrlarning narigi tomondan
ko‘rinishi xolos. Qora — oqning soyasidir, aksidir.
Dunyo — go‘zal. Ko‘plar bu dunyoning jamoli deb aqlidan ozadi, nafsu
hirsning komiga tushadi. Allohning o‘zi qanchalar go‘zaldir.! So‘fiylar Allohning
jamoliga oshiq bo‘lishgan. Tasavvuf Alloh jamoliga yetishish sari harakat yo‘lidir.
Seni ko‘rmayotganlari hechdir, Allohni ko‘rmayotganlari fojeadir. U yaratgan
dunyoda yurib, uni tanimayotganlari fojeadir. “Men gizli bir xazina edim,
oshkorlanishni ista- dim”, deydi Alloh va o‘zining tajallisi uchun dunyoni bor
qiladi. Jilosi shu qadar go‘zal bo‘lsa (axir, dunyo deb kimlar o‘zini yo‘qotmadi!),
Allohning o‘zi qanchalar go‘zaldir.
Afsuski, odamlar o‘tkinchi dunyo jilvasiga oshiq bo‘ladilar-u, Allohni ko‘ra
olish uchun tariqat mashaqqatini chekishga intilmaydilar. Tariqat yo‘li
mashaqqatlidir. U hamma o‘rgangan “haqiqat”larga qarshi tura bilmoqni talab
qiladi.
Hechi mo ne-yu, hechi mo kam ne,
Do'stlaringiz bilan baham: