Metallar qarshiligining temperaturaga bog‘liqligidan turli o‘lchov
asboblarida va avtomatik sistemalarda foydalaniladi. Ulardan eng ahamiyatlisi
qarshilik termo- metri hisoblanadi.
Qarshilik termometri
chinni yoki sluda plastinkaga o‘ralgan,turli
temperatura-larda qarshiligi aniq ma’lum bo‘lgan metall simdan iborat. Bunday
sim sifatida, ko’pincha, toza platina, oltin, nikel,qo‘rg‘oshin va temir simlar
ishlatiladi.
Elektr tenzometrlari
– qarshilikni deformatsiya bilan bog’liqligini
o’chovchi qurilma.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni autish mumkinki: Elektr to`ki zaryadli
zarralarning tartibli xarakati tufayli yuzaga keladi. Hosil bo’lgan elektr to`kining
yo’nalishi qilib musbat zaryadlarning yo’nalishi qabul qilingan. Elektr to`kining
miqdoriy xaraktirestikasi bolib: to`k zichligi , to`k kuchi qabul qilingan. To`k
zichligi deb vaqt birligi ichida to`k chiziqlariga perpindikulyar bo’lgan birlik
yuzadan zaryadning oqib o’tishiga aytiladi. O’tkazgichdan o’tayotgan zaryadli
zarralarning harakatini ular ko’rsatgan tasirlariga qarab aniqlash mumkin. Zaryadli
zarralarning tartibli harakatidan chetlanishiga elektr qarshilik deyiladi.
O’tkazgichlar ichida harakatlanayotgan erkin elektronlarning musbat ionlar bilan
to’qnashishi natijasida issiqlik ajraladi shu to’qnashish esa o’tkazgichdagi elektr
qarshilik deyiladi. Qarshilik o’tkazgich turiga va uning shakliga bog’liq.Agar
o’tkazgich temperaturasi ortsa uning qarshiligi ham ortadi.
Konviksion to`k – bu makro jism harakati tufayli yuzaga keladigan to`k.
O’tkazuvchanlik to’ki bu – makro jism harakatlanayotganda uning ichidagi mikro
zarralarning tartibli harakati tufayli yuzaga keladi.
Berk zanjir uchun om qonuniga xulosa qilib shunday deyishimiz mumkin:
Zanjirda oqayotgan to`k shu zanjirdagi elektr yurituvchi kuchga to’g’ri proposinal
to’la qarshilikka teskari proporsional. Demak zanjirdagi tok eng katta bo’lishi
uchun uning to’la qarshiligi eng kchik bolishi kerak. Ya’ni qisqa tutashuv vaqtida
zanjirdan o’tayotgan tok eng katta bo’ladi.
Nazariy savollar:
1. Konveksion va o’tkazuvchanlik to`klarni tariflang.
2 . Elektr qarshiligini nima ? O’tkazgichlarda elektr qarshiligi qanday yuzaga
keladi ,mexanizimi nimadan iborat.
3. Solishtirma qarshilik nima ? Uning kattaligi nimalarga bog’liq ?
4. O’tkazgichlarning qarshiligi temperaturaga bog’liqligini tushuntiring .
5. Qarshilikning temperaturaga bog’lanishi qanday amaliy axamyatga ega?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
С.Г. Калашников Электр–Умумий физика курси Тошкент-1979;
6-боб §53 – 61.
2. И.Е Иродов. Основые законы електро – магнетизма . М. 1983.гл.
5.§
5.1 – 5.3
3. Д. В. Сивухин. Общий курс физики. Т–3. 2004. Гл.2. § 40 – 41, 43
4. А. Н. Матвеев. Курс физики. Электричество и магнутизм. М. , 1983.
Internet saytlari:
1.
www.youtube.com(Empiric
Scool, Veritasium, Yunitov Fizika kanallari)
2.
www.yandex
.ru