Referat mavzu: Qalqonsimon bez kasalliklari Tayyorladi: kursant Ashurov a qabul qildi: kafedra mudiri Zaxidova M. Z



Download 258,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana23.01.2022
Hajmi258,21 Kb.
#403637
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
referat

Funktsional holati bo’yicha

buqoqlar quyidagilarga bo’linadi:

gipertireoid – qalqonsimon bez funktsiyasi oshgan, eutireoid

– qalqonsimon bez funktsiyasi buzilmagan, gipotireoid –




qalqonsimon bez funktsiyasi pasaygan bo’ladi.

Klinikasi va diagnostikasi

Endemik buqoqning ham, sporadik buqoqning ham etakchi belgilaridan biri

– qalqonsimon bezning kattalashuvi hisoblanadi. Bez sohasini ko’zdan kechirish

va paypaslab ko’rish qalqonsimon bezning qay darajada kattalashganligini

aniqlashga imkon beradi.

Joylashuviga ko’ra bo’yinning old qismida, to’sh ortida va til osti suyagi

pastida joylashgan buqoq farqlanadi. Ko’pchilik bemorlarda qalqonsimon bez

faoliyati buzilmagan bo’lsa-da, buqoq endemiyasi sezilarli bo’lgan joylardagi

kishilarda kasallik gipo- yoki gipertireoz belgilari bilan o’tishi mumkin.

Gipotireozli bemorlar odatda tashqi ta’sirlovchilarga reaktsiyalari sekinlashgan,

aqliy va jismoniy ish qobiliyati sustlashgan bo’ladi. Bemorlar tabiatan

bo’shashgan, lanj, sovuqqa chidamsiz bo’lib qoladilar. Tekshiruv natijalari:

bradikardiya, reflekslarning pasayganligini aniqlaydi. Tug’ma gipotireozda,

kretinizm belgilarining avj olishi kuzatilib, jismoniy hamda ruhiy rivojlanishdan

keskin orqada qolish belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi.

Simptomlari:

bemorlarda bo’yin harakati birmuncha cheklangan bo’ladi,

ayniqsa, yoqa tugmasini qadayotganda yoki yuqori va pastga, o’ng va chap

tomonga qilinayotgan harakatlarda bo’yin sohasida “o’ng’aysizlik” sezadilar,

quruq yo’tal bo’ladi, tovush bo’g’iladi, nafas olish qiyinlashadi. Keyingi

belgilardan biri traxeomalyatsiya bilan bog’liq bo’lib, traxeya va xiqildoqda nerv

idorasi (boshqarishi) buzilib, buqoqning muttasil bosib turishi oqibatida traxeya

devorining yupqalashishi kuzatiladi. Nafas olish jarayonining buzilishi – to’sh

ortidagi buqoqning ko’p uchraydigan belgilaridan biridir. Aksariyat (ayniqsa to’sh

ortidagi buqoqda), bemorlar tanani engashtirganda boshda og’irlik sezishga

shikoyat qiladilar. Bunday bemorlarni ko’zdan kechirganda bo’yin venalarining

kengayganligini, ko’krak qafasi devorining yuqori qismi sohasida o’ziga xos

“meduza boshi” tasvirini qayd qilish mumkin. Nafas olishning buzilishi “buqoqqa

xos yurak” kabi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Simpatik nerv tutamlarining ezilishi

oqibati-da – Gorner simptomi (ptoz, mioz, enoftalm) paydo bo’lishiga, ezilgan

tarafdagi tana yarmida ter ajralishining kuchayishiga olib keladi.

Aberrant buqoq – patologik kattalashgan qo’shimcha qalqonsimon bez bo’lib,

ko’pincha xavfli o’smaga aylanishi mumkin. Qalqonsimon bez saratoni (rak) ning

bo’yin limfatik tugunlariga bergan metastazlarini, ba’zan aberrant buqoq bilan

adashtiriladi.

Davolash: unchalik katta bo’lmagan diffuz buqoqlarda tireoidin tayinlanadi.

Traxeya, qizilo’ngach va qon tomirlarni bosib yoki chetga surib qo’yadigan katta

diffuz buqoqda qalqonsimon bezni qisman yoki subtotal kesib olib tashlashga



(rezektsiya yoki ektomiya) to’g’ri keladi. Tugunli buqoqlarning hamma turlarida

(25% gacha kuzatililishi mumkin bo’lgan malignizatsiyani hisobga olib), albatta

operatsiya qilinadi. Bunda qalqonsimon bez rezektsiyasi amalga oshirilib,

shoshilinch gistologik tekshiruv o’tkaziladi, hamda natijaga asoslangan holda

muolajaga qo’shimcha tadbirlar belgilanadi. Endemik buqoq profilaktikasida yod

qo’shilgan osh tuzi ishlatish, sanitariya-gigienik tadbirlar kompleksini ishlab

chiqish alohida o’rin tutadi.


Download 258,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish