Referat mavzu: Qalqonsimon bez kasalliklari Tayyorladi: kursant Ashurov a qabul qildi: kafedra mudiri Zaxidova M. Z



Download 258,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana23.01.2022
Hajmi258,21 Kb.
#403637
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
referat

Davolash.

Tireotoksikozli buqoqni davolash zamonaviy endokrinologiya va

jarrohlikning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi, chunki bu kasallik

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o’lka patologiyasi hisoblanadi. Aholiga

endokrinologik xizmat ko’rsatish takomillashishiga, ixtisoslashgan muassasalar

sonining ortishiga, maktabgacha bo’lgan yoshdan boshlab buqoq profilaktikasini

joriy qilinishiga qaramay, tireotoksik buqoq bilan xastalangan bemorlar sonining

barqarorligi va bugungi kunda ularning ko’payishi qayd qilinyapti. Bundan

tashqari, so’nggi yillarda tireotoksik buqoqning, tuzalishi qiyin bo’lgan,

asoratlangan turlari kundan-kunga ortib bormoqda, ularni davolash samarasiz

o’tmoqda. Bugungi kunda, diffuz toksik buqoqni davolashning uchta asosiy turi

mavjud: dori-darmonlar vositasida muolaja (konservativ davolash), tarkibini yod

moddasi tashkil etgan preparatlar bilan davolash va xirurgik operatsiya.

Tireotoksik

buqoqni davolashda dori-darmonlar vositasida muolaja

operatsiyaga tayyorgarlik jarayoni yoki kasallikning boshlang’ich bosqichlarida

mustaqil davo sifatida qo’llaniladi. Uning asosiy tamoillari diffuz turdagi

tireotoksik buqoqda deyarli ko’p farqlanmaydi, lekin kasallikning og’ir-

engilligiga qarab davolash jarayoniga zaruriy tuzatishlar kiritiladi. Dori-

darmonlar vositasida qilinadigan muolajaning asosiy maqsadi – yuqorida

keltirilgan nerv sistemasi va asabdagi (albatta vegetativ nerv sistemasidagi

buzilishlarni inobatga olgan holda), yurak-qon tomir sistemasini izdan chiqishini

bartaraf etish, modda almashinuvi jarayonini va bemor organizmidagi yuzaga

chiqqan barcha buzilishlarni izga solish, hamda detoksikatsion muolajadan iborat.

Buning uchun asabni tinchlantiruvchi va neyroplegik preparatlar (rezerpin,

elenium, seduksen, amitriptilin va b.) qo’llaniladi. Taxikardiya kuchli




rivojlanganda,

arterial


qon

bosimini


pasaytirish

hisobiga,

miokard

giperfunktsiyasini pasaytiruvchi beta-blokatorlar qo’llash maqsadga muvofiq

bo’ladi.

Albatta, dori-darmonlar vositasida qilinadigan muolaja, tireotoksikozning

engil va o’rtacha og’irlikdagi turlari bilan kasallangan bemorlarda o’tkaziladi,

kasallikning og’ir kechadigan hollarida esa, qilinayotgan muolaja operatsiyani

asoratsiz o’tishiga zaruriy tadbir hisoblanadi. Chunki, bu kasallikda operatsiya

jarayoni davomida yoki undan keyin turli asoratlarning (tireotoksik kriz va b.)

kelib chiqishi, bemor ahvolini og’irlashtirishi va noxush natijaga olib kelishi

mumkin.


Tarkibini yod moddasi tashkil qilgan preparatlar bilan davolash:

1.

Yod mikrodozalari, lyugol eritmasi, tarkibida yod moddasi bor



preparatlar guruhi namoyondalari bo’lib, ularni lyuminal, valeryanka bilan birga,

barqapop taxikardiya va titroq aritmiyada esa digitalis bilan birga tayinlanadi. Yod

moddasi – bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda g’oyat ta’sirchan vosita, biroq

kasallik kechishida hamisha ham barqaror va uzoq muddatga yaxshilanishni

vujudga keltiravermaydi – ko’pchilik bemorlarda davomli remissiya davridan

keyin ahvol yana yomonlashib, hatto davolashdan oldingi holatdan ham battar

bo’lishi mumkin. Yod tugunli tireotoksik buqoqli bemorlarga esa, deyarli ta’sir

qilmaydi. Yodning terapevtik aktivligi, birga qo’shilib kelgan kasallikni hisobga

olgan holda, boshqa vositalarni mohirona qo’shish yo’li bilan kuchaytirilishi

mumkin.


2.

Merkazolil – sintetik tireostatik preparat bo’lib, yod preparatlari bilan

birga sutkasiga 40-60 mg dozada tayinlanadi. Remissiya davri boshlangandan

keyin 1 kecha-kunduz davomida 5-10 mg quvvatlab turadigan dozasi buyuriladi.

3.

Beta-adrenoblokatorlar – arterial qon bosim, qonning bir daqiqada



otilib chiqishining pasayishi hisobiga miokard giperfunktsiyasini kamaytiradi,

sinus tuguni ritmini sekinlashtiradi.

4. Yurak glikozidlari – strofantin, korglyukon.

5.

Tiouratsil – ko’pchilik bemorlarda asosiy modda almashinuvni



pasaytiradi, tomir urishini siyraklashtiradi, asab va nerv simptomlarini

engillashtiradi, umumiy kayfiyatni yaxshilaydi, ekzoftalm kamayadi. Meyori 14

kungacha 0,2 dan kuniga 3 marta, bemor ahvoli yaxshilanganda 0,1-0,2 dan

kuniga 2 martagacha pasaytiriladi. Davolashni qonni muntazam nazorat qilib

turgan holda o’tkazish lozim, chunki preparat suyak ko’migi va jigarga toksik

ta’sir ko’rsatishi mumkin. Detoksikatsion muolaja va diurezni kuchaytirish. Uning

mohiyati infuzion (venaga suyuqliklar quyish) muolajasi (oqsilli va oqsilsiz qon

o’rnini bosuvchilar va b.) zamirida siydik haydovchi preparatlar (laziks,

furosemid, veroshpiron) qo’llashdan iborat. Hozirgi davrda detoksikatsiyaning



birmuncha ta’sirchan ekstrakorporal usullaridan: gemosorbtsiya, plazmoferez,

limfoferez, limfosorbtsiya va boshqalardan foydalaniladi.

6.

Organizm quvvatini oshiradigan muolajalar: gemotransfuziya, plazma



va oqsilli, oqsilsiz qon o’rnini bosuvchi preparatlar, kontsentratsiyasi yuqori

glyukoza eritmalarini quyish. Anabolik preparatlar, tarkibida temir moddasi

bo’lgan preparatlarni, vitaminlar bu muolajaning tarkibiy qismi hisoblanadi.

7.

Fizioterapevtik usullar – elektr moslama yordamida uyqu, galvanik



yoqa qo’yish, giperbarik oksigenatsiya (GBO) va b.

8.

Har bir bemor uchun individual dozada radioaktiv yod (I



131

) ishlatish –

qalqonsimon bez follikulyar epiteliy xujayralarini halokatga uchratadi va ularning

o’rnini biriktiruvchi to’qima bilan to’ldiradi. Biroq, bu preparat katta dozalarda

qabul qilingandan so’ng o’lim bilan tugaydigan jadal tireotoksik reaktsiya

rivojlanishi, davo kor qilmaydigan doimiy og’ir miksedema paydo bo’lishi

mumkinligini e’tiborga olish lozim. Qalqonsimon bezning xavfli o’smalari

rivojlanishi, jinsiy bezlar faoliyatini o’zgarishi, ekzoftalmning kuchayishi ehtimoli

ham yo’q emas.

Tabiiyki, tireotoksikozni davolashning mavjud hamma usullarini sanab

chiqish qiyin, keyingi davrda ularning soni ko’payib yangidan-yangi dorilar

topilyapti, davo taktikasining ayrim jihatlari qayta ko’rib chiqilyapti.

Tireotoksikozni davolash vositalari orasida gormonal terapiyaga, karbonat

preparatlari, kardanum va boshqalarni qo’llanilishiga alohida ahamiyat

berilmoqda. SHunga qaramasdan, diffuz toksik buqoqni xirurgik davolash

hanuzgacha, radikal usul bo’lib qolayapti. Tireotoksikozning tugunli yoki aralash

turlarida esa, albatta operatsiya usulini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki

mualliflar ko’rsatishicha tugunli va aralash buqoqlarning 25% ga yaqinida

malignizatsiya bo’lish ehtimoli bordir. Tireotoksik buqoqda jarrohlik usullarini

qo’llash texnikasi hozirgi vaqtda birmuncha takomillashgan. Biroq, qalqonsimon

bezda qilinadigan operatsiya usullari bilan bog’liq hamma masalalar uzilkesil hal

etilgan deb bo’lmaydi, chunki operatsiya vaqtida ham, operatsiyadan keyingi

davrda ham og’ir asoratlar hanuzgacha yuz berib turadi.

Operatsiyaga ko’rsatmalar va monelik qiladigan hollar. Diffuz toksik buqoqni

konservativ davolash jarayonida remissiyalar va bemor ahvolining vaqtincha

yaxshilanish davridan aldanish yaramaydi, chunki ular aksariyat muolaja

natijasida yuz beradi va undan keyin tezda o’tib ketadi. Kasallik muddatlari va

og’irligi oshgan sayin, ayniqsa davomli va kam ta’sirchan davolashda operatsiya

xavfining kuchayib borishini unutmaslik kerak.

Xirurgik davolashga ko’rsatmalar: III daraja va undan yuqori kattalikdagi

diffuz buqoq, traxeyaning ezilishi yoki siqilishi holatlari, tugunli va aralash

buqoqlar, yod moddasi bo’lgan preparatlarga allergiya, kasallikka va yurak-qon

tomir tizimi tomonidan bo’lgan o’zgarishlarga muolajaning ta’sirsizligi.



Bemorning yoshi (keksa, yosh bola) qalqonsimon bezda operatsiya o’tkazishga

monelik qiladigan hol hisoblanmaydi, biroq bu yoshlarda operatsiya turini

tanlashga birmuncha ehtiyotlik bilan yondoshish lozim.

Tireotoksikozning

og’ir

turlarida,



bemorlarni

operatsiyadan

oldin

tayyorlashni



endokrinologiya

bo’limida

vrach-endokrinolog,

jarroh


va

anesteziolog bilan hamkorlikda o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.




Download 258,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish