J. Ya. Jo’rayev, I. Maqsudov



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/58
Sana23.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#403619
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Echki suti 
tarkibi va xususiyatlari jihatidan sigir sutiga yaqin turadi, 
qo’y  va  qo’tos  sutida  yog’  va  oqsil  ancha  ko’p  bo’ladi,  shimol 
bug’usining  sutida  quruq  moddalar  eng  ko’p  –  37%  gacha  yetadi  va 
quruq moddalarning 52% dan ko’prog’ini yog’ tashkil qiladi. 
Qo’y  suti 
  O’rta  Osiyo  va  Zakavkazye  xalqlari  tomonidan  qadim 
vaqtlardan  beri  iste’mol  qilib  kelinadi.  P.V.Kugenev,  S.L.Pasharyan, 
G.S.Xeraskov va boshqalarning tekshirishlariga kura, qo’y suti tarkibida 
6%  dan  14%  gacha  yog’,  5%  dan  6,5%  gacha  oqsil  va  15%  dan  24% 
gacha 
quruq 
moddalar 
borligi 
aniqlangan. 
S.A.Aminov 
va 
N.M.Samorodovlar  ma’lumotlariga  ko’ra,  bolasi  terisi  uchun  suyilgan 
qorakul qo’ylarning suti tarkibida 9,3% yog’, 7,02% oqsil, 19,7% quruq 
modda bo’ladi, shuningdek, bunday sutning zichligi 33,2 A, kislotaliligi 
29  T  va  yog’sizlantirilgan  quruq  modda  miqdori  10,92%  ekanligi  ham 
aniqlangan.  Qo’y  sutining  tarkibida  oqsil  va  yog’  miqdori  sigir 
sutidagiga qaraganda 1,5-2 marta ko’p bo’ladi, shuning uchun ham sigir 
sutiga  nisbatan  to’yimli  bo’ladi.  1  kg  qo’y  sutining  kaloriyaliligi 
o’rtacha 1020-1090 kkal, sigir sutiniki esa 630-868 kkal ga teng. Bundan 
tashqari,  qo’y  sutining  zichligi  ham  yuqori,  ya’ni  sigir  sutining  zichligi 
o’rtacha  1,030  bo’lsa,  qo’y  sutiniki  1,034.  Qo’y  suti  tarkibida  oqsil  va 
mineral  moddalar  ko’p  bo’lganligi  sababli  u  nordondir.  Yangi  sog’ib 


olingan sigir sutining titrlangan kislotaliligi 16-18 T bo’lsa, qo’y sutiniki 
24-26  T  ga  teng  bo’ladi,  qo’y  suti  bir  oz  kul  rangroq  tusda,  chunki 
tarkibida  karotin  pigmenti  bo’lmaydi,  ammo  qo’y  va  echki  suti  A 
vitaminga  boy,  bu  vitamin  organizmdagi  karotindan  hosil  bo’ladi,  1  kg 
qo’y  suti  tarkibida  aminokislotalar  sigir  sutidagiga  nisbatan  ikki  marta, 
biya  sutidagiga  qaraganda  5  marta  ko’p.  P.V.Kuchenev  va  M.N. 
Medvedevlar  14  ta  aminokislotalar-dan,  10  tasi  qo’y  suti  tarkibida 
borligini  aniqlaganlar.  Shuning  uchun  qo’y  suti  oqsillari  99,12%  gacha 
hazm  qilinsa,  sigir  suti  oqsillari  esa  faqatgina  91,90%  gacha  hazm 
qilinadi. 
Qo’y  suti  oshqozon  fermenti  ta’sirida  yomon  iviydi,  lekin 
achitilganda  faqat  120-140  T  kislotalikda  quyuq  ivitmaga  aylanadi,  bu 
esa qo’y sutining yuqori buferlik xususiyatiga bog’liq. 
Qo’y  sutining  yog’i  kimyoviy  va  fizikaviy  xususiyatlariga  ko’ra 
sigir  suti  yog’idan  farq  qiladi.  Qo’y  sutining  yog’i  yumshoq  va  oq 
rangda  bo’lib,  tarkibida  7,1%  kaprin  kislota  bor,  sigir  suti  yog’ida  esa 
qo’ynikiga  qaraganda  kaprin  kislota  kam  (3,8%)  bo’ladi.  Qo’y  suti 
yog’ida kaprin kislota ko’pligi tufayli undan ter hidi anqib turadi. Qo’y 
suti  yog’i  30  S  erib,  25  S  da  qotadi.  U  yumshoq  va  yaxshi  surkaladi, 
ta’mi esa sal qo’y suti va yog’i ta’miga ega. 1959 yil Samarqand qishloq 
xo’jalik  institutining  «Chorva  mollarining  mahsulotlari  texnologiyasi» 
kafedrasida  mari  zot  qo’ylar  sutiga  to’ldiruvchi  moddalar  qo’shib  va 
qo’shmasdan  injener  Melenin  usuli  bo’yicha  bu  sutdan  sariyog’ 
tayyorlanadi.  Bu  sariyog’ni  tekshirib,  u  sigir  suti  sariyog’idan  hyech 
qanday  farq  qilmasligi  aniqlanadi  va  hatto  komissiya  tomonidan  unga 
yuqori  baho  berildi.  Qo’y  suti  ham  iste’mol  qilinmaydi,  undan  brinza, 
«Rokfor»,  «Pekarino»,  choshax,  osetin,  sulugush  va  boshqa  xil 
pishloqlar tayyorlanadi. 1940 yil qo’y sutidan 7111, 1959 yili esa faqat 
3135 t pishloq tayyorlangan. Keyingi yillarda qo’y sutidan, mahsulotlar 
tayyorlash sur’ati ancha pasayib ketgan.  

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish