689. Darvesh Bahlul a. r.
Mavlono Yah’yo q. s. muridlaridin erdi. Yana dag‘i mashoyix xizmatig‘a yetib erdi. Purhol va
purzavqu shavq kishi erdi. Va’z majlisida xonandalik va go‘yandalik va samo’ suhbatida
betahammullug‘lar qilib, azim sayhalar va sa’qalar tortar erdi. Qabri Hiriy shahrining shimol haddida
tog‘ etakidadur.
690. Xoja Pir Ahmad Naqqosh q. s.
Murtoz va g‘ayratlig‘ kishi erdi. Avoyilda salotin xidmatig‘a mashg‘ul erdi, so‘ngralar go‘sha tutub,
ibodat va iyollar maoshi uchun kasbg‘a mashg‘ul erdi. Mavt marazida atibbo tovug‘ jo‘jasi buyurub
erdilar. Ma’lum qilildi, yemas erdi. Nasihat yuzidin deyildi esa, dedikim: men ulg‘ayibmen va borur
vaqtdur. Uz sihhatimg‘a bo‘lg‘on bo‘lsa, onsiz dag‘i sihhat topg‘umdur. Yo‘q ersa ul ham sud
qilmag‘usidur. Hamul marazda bordi. Qabri Xoja Toq go‘ristonidadur. Bu faqir borasida xayr duosi
ko‘p qilur erdi. Umid ulki, mustajob bo‘lmish bo‘lg‘ay!
Do'stlaringiz bilan baham: |