667. Muqriy Mahmud q. s.
Xorazmliqdur, husni savti a’lo darajada erdi. Va bag‘oyat darvesh va pokiza ro‘zgor kishi erdi.
Mavlono Muhyi a. r. ning muridi erdi. Va o‘zining ham ko‘p muridlari bor erdi. Va Hiriy shahrining
masjidi Jome’ida yetmish yil azon davdati anga muyassar bo‘ldi. Va yoshi yuz to‘rtga yetti va sakkiz
yuz saksonda dunyodin o‘tti. Va qabri Mavlono Sa’duddin Qoshg‘ariy q. s. ning hazirasidadur.
668. Mavlono Vajihuddin r. t.
Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy r. t. ning ashobidindur. Tavbasining bidoyati bu erdikim,
burun tolibi ilm kishi erdi. Vazifasining barotin bir kentga bitib erdilar, ani bitkarurga borurda
darveshlik dag‘dag‘asi ko‘ngliga tushub, ham andin madrasadag‘i kutubni va hujrani muqfal quyub,
Mavlono Sirojiddin Olim suhbatig‘a borib, inobat qilib, bir yil alar bila bo‘lubdur. Va andin Makka
azimati qilibdur. Va Mashhadda Hazrat Mavlonoyi mazkur xidmatig‘a yetibdur. Va alar ani
asrabdurlar va ko‘p ish buyurub, irshod ijozati beribdurlar. Yoshi yetmish sakkizga yetganda sakkiz
yuz to‘qson to‘rtda dunyodin o‘tubdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |