yuqori yozish zichlikli
disklar ham ishlatiladi, unda magnit
kallakni sirtda yanada aniqroq poziciyalash uchun lazer nuri ishlatiladi. Tashqi
ko`rinishi bo`yicha bu disklar 3, 5 dyuymli (kamroq 5, 25 dyuymli)
disklarni eslatadi, lekin yanada mustaxkamroq tuzulishga ega.
Bunday disklarni ishlatuvchi yig’uvchilar orasida quyidagilarni aytib o`tish kerak:
1. Floptik disklardagi yig’uvchnlar —
oddiy ma’lumotlarni magnit yozishni
bajaradi, lekin disk sirtida yo`lkalarning joylashish zichligi sezilarli darajada
yuqori bo`ladi. Bunday zichlik disklarda lazer nuri bilan maxsus qilingan
servoyo`llarning borligi hisobiga erishilib, ular o`qish-yozishda lazer nurini va mos
ravishda lazer bilan mustaxkam ulangan magnit kallakni poziciyalash uchun asos
bo`lib xizmat qiladi. Floptik disklarning sig’imi 20, 8 dan 120 Mbaytgachani
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |