8 ona tili docx



Download 259,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana23.01.2022
Hajmi259,16 Kb.
#401902
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
8 - ona tili

ta’kidlanadi

.

Toshkentda, Quvada, Buxoroda bo’lishdi.

Umumiy qo’shimchasi oxirgi so’zda bo’lsa – ular

sanab

o’tiladi,



ta’kidlanmaydi

.

Toshkent, Quva, Buxoroda bo’lishdi.

!!!  Lekin

KESIM

uyushgan  bo’lishi  uchun

qo’shimchasi oxirgi so’zga qo’shiladi:

Siz alochi va jamoatchisiz. (uyushgan kesim)

Har  bir kesimda  qo’shimcha  bo’lsa  bu  gap

qo’shma gapga aylanadi:

Siz alochisiz va jamoatchisiz. (qo’shma gap)

Umumlashtiruvchi so’z

uyushgan bo’laklardan

oldin kelsa undan keyin

ikki nuqta (:)

qo’yiladi.



Bugun bir nechta o’quvchilar: Karim, Anvar va

Ahmad darsga kelishmadi.

Umumlashtiruvchi so’z

uyushgan bo’laklardan

keyin kelsa undan oldin

tire (-)

qo’yiladi.



Olma, uzum, anor - hammasi bizda bor

Uyushiq  bo’laklardan  oldin,    umumlashtiruvchi

bo’lakdan  keyin

kirish  so’z

kelsa,  undan  oldin



vergul

keyin


ikki nuqta

qo’yiladi:



Bugun bir nechta o’quvchilar, masalan: Karim,

Anvar va Ahmad darsga kelishmadi.

Uyushiq bo’laklardan keyin,  umumlashtiruv-chi

bo’lakdan  oldin

kirish  so’z

kelsa,  undan  keyin



vergul

oldin


tire

qo’yiladi:



Olma, uzum, anor - xullas, hammasi bizda bor


35

Ajratilgan bo’laklar

Gapda biror bo‘lakning ma’nosi so‘zlovchi nazarida noaniqroq bo‘ladi va uning

ma’nosini aniqroq berish, izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo‘lakni

gapga kiritadi. Masalan,



Men ishni mana shundan boshladim

gapida


shundan

to‘ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so‘zlovchi aniqroq ma’noli

boshqa bir to‘ldiruvchini gapga kiritadi:

Men ishni mana shundan, ya’ni

tushuntirishdan, boshladim. O‘zidan oldingi bo‘lakni izohlagan bunday bo‘lak

ajratilgan izoh bo‘lak

deyiladi.



Ajratilgan bo‘lak quyidagi turlarga bo‘linadi:

1)

ajratilgan to‘ldiruvchi: Oyimni, ya’ni Xosiyat Suvonovani, mukofotlashdi.

2)

ajratilgan aniqlovchi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida.

3)

ajratilgan hol: Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga, boshladi;



Anjuman bugun, soat beshda, boshlanadi; Qo‘llar ishlar tez – mo‘jizakor;

Shaharga borish uchun, ya’ni o‘g‘lini ko‘rish uchun, ulov qidirdi; Bugun sizni

yana, ikkinchi marta, kechirishdi.

4)

ajratilgan izohlovchilar,

asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o‘ziga xos

ohang bilan aytiladi. Ajratilgan izohlovchilar, ko‘pincha,



egaga

taalluqli bo‘ladi:

EGA AJRATILSA - IZOHLOVCHI:

O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti,

– dedi ona. Birozdan so‘ng Hasan oka, fizika o‘qituvchisi, kirib keldi.

Yozma nutqda izoh bo‘lak, ko‘pincha, vergul, tire va qavs bilan ajratiladi:

1) bo‘lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi:

Soy bo‘yidagi choyxonada, gavjum

joyda, Azimjon uchradi;

2) ajratilgan bo‘lakning o‘z ichida vergul bo‘lsa, ikki tomoniga tire qo‘yiladi:

Ekranda Yer tasviri ko‘rindi; daraxtlar gullagan, pag‘a-pag‘a oq bulutli osmon yer

bilan qo‘shilib ketgan-day – osmon aksi yerga tushyaptimi, yo aksinchami – bilib

bo‘lmaydi.

3) ajratilgan bo‘lak uyushib, gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi:



Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo!


Download 259,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish