24
IKKINCHI DARAJALI GAP BO’LAKLARI
HOL
Hol
ko‘proq
kesimga bog‘lanib
, undan anglashilgan ish-harakatning
o‘rnini,
paytini,
holatini,
bajarilish
sababini,
maqsadini,
daraja-miqdorini
bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak. Hollar
qanday, qanday qilib, qay tarzda,
qayerda, qayerga, qayerdan, qachon, nega, nima uchun, qancha
kabi
so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
o‘rin holi, payt holi, ravish holi,
daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi
farqlanadi.
Hol
ravish
,
kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar
,
olmoshlar, sifat, son,
taqlid
so‘z va
fe’lning xoslangan shakllari bilan
ifodalanishi mumkin.
Bir mustaqil so‘z
bilan ifodalangan hol
sodda
,
kengaygan birikma
bilan
ifodalangan hol
murakkab hol
sanaladi.
Hol asosan gapning kesimiga bog’lanadi va
tagiga nuqtalar chiziladi:
……………..
Holning quyidagi turalari bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |