Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/171
Sana22.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#401428
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171
Bog'liq
7aaada

lasak, so‘ng chiqarib dinimizga kirishini so‘rasak, ko‘nsa, 
sizga kuyov qilsak, ko‘nmasa, osaverasiz», – deb maslahat 
berishadi. Bu gap podshoga ma’qul kelib, Ravshan zindon-
ga tashlanadi. Zulxumor kanizlari bilan bir hovliga qama-
lib, besh yuz sarboz qorovul qo‘yiladi. Qiz Ravshan bilan 
yashirincha maslahatlashib, uning ota-onasiga xat yozadi.
Zulxumoroyim  o‘z  qo‘li  bilan  bir  xatni  bitdi:  «Hasan 
mardning o‘g‘li, xon Dallining jon-u dili, oti bek Ravshan, 
Shirvon  mamlakatiga  kelib  bandi  bo‘ldi.  Qirq  kun  muhlat 
qi lib,  zindonga  soldi.  Shu  qirq  kunning  o‘n  to‘qqiz  kuni 
o‘tganda shu xat bo‘ldi, namozshomda bitildi. Tong otmay, 
Chambilbelga to‘ramning eliga yetadi. …Ravshanning mu-
rabbiylari  bo‘lsa,  kelsa,  ayirib  olsa».  Xatni  mahkam  qildi, 
o‘rab  berkitib,  bir  narsa  zarar  qilmasday,  yomg‘ir  bo‘lsa 


148
o‘chmasday  qildi.  Shu  xatni  mayna  qushning  bo‘yniga 
mahkam  boylab,  tushib  qolmasday  qilib,  maynaga  necha 
bir  so‘zlarni  tayin  qilib,  mayna  jonivor  ham  oqshom  uch-
moqqa taraddud qilayotir.
Beklar minar bedov otning sarasin,
Yaxshi tulpor uzoq yo‘lga yarasin.
Qichay berdi jonvor mayna g‘ayratman,
Sahar vaqti oldi Chambil qorasin.
Uchmoqdan maynada armon qolmadi,
Biror yerda mayna damin olmadi.
Borib qo‘ndi bir hovlining ustiga
Har paridan chakillab ter tomadi.
Sahar  vaqti  xon  Dalli  yolg‘iz  bolasi,  ko‘zining  oq-u 
qorasi  …Ravshan  bolasini  sog‘inib,  dalaga  chiqib  bora 
turib: «Boy Ravshan!» – dedi. Buni jonivor mayna eshitib, 
shul ayol Ravshanbekning enasi ekanligini bilib, bir qaqir-
lab, qattiq sayradi. Buni xon Dalli eshitib, maynaga qarab, 
bolasini so‘rab, bir so‘z deb tururi:
Sahar vaqti, mayna gulday jaynading,
Osoyishta tanda jonim qiynading,
Hayron qoldim dovushingdan, maynajon,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Sen bunday sayraysan, jonim olasan,
Meni endi har xayolga solasan,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Joningni achitib dovush qilasan.
…Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga,
Mayna yetdi talab qilgan eliga.
O‘tirgan joyidan uchib shu mayna
Kelib qo‘ndi xon Dallining qo‘liga.
Xon Dalli qarasa, qushning dodi bor,
Ko‘p uzoqdan qistagan holati bor.


149
Xon Dalli qo‘liga olib qarasa,
Maynaning bo‘ynida arza xati bor.
Xon Dallidan xatni olib o‘qib, voqeadan xabar top-
gan Hasanxon Go‘ro‘g‘lining G‘irko‘k otini minib, zud-
lik bilan Shirvonga jo‘nashga qaror qiladi. Xatdan ayon 
bo‘lishicha, Qoraxon bergan qirq kunlik muhlatning 
roppa-rosa yigirma kuni o‘tgan. Yigirma kundan keyin 
Ravshan yo begona dinga kirishi, yo dorga osilishi kerak...
Ana  endi  Go‘ro‘g‘libek  shoshib-surinib,  yig‘lab-em-
ranib,  Hasan  mardga  oq  fotiha  berib  yubordi.  Hasanbek: 
«Hayt!»  –  deb,  G‘irko‘kni  o‘ynatib,  suvliqni  chaynatib, 
dushmanlarning  zardasini  qaynatib,  «Shirvon,  qayda-
san?»  –  deb,  yakka-tanho  savab  ketib  borayotir,  huv  deb 
ketib borayotir:
Sovutini bo‘ktarib
1
,
Qalqonini do‘ngtarib
2
,
Yo‘lga tushdi mard Hasan
Shirvon elin axtarib...
Ot boradi arillab,
Otgan o‘qday parillab,
Ot alqimi
3
 – tong shamol,
Mis karnayday zarillab,
Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot
Borayotir karillab.
Tonglar otib boradi,
Kunlar botib boradi,
Suvsiz cho‘lda mard Hasan
Yakka ketib boradi.
Dushmanlarning qonini
1
 Bo‘ktarm
о

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish