Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/171
Sana22.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#401428
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   171
Bog'liq
7aaada

Bachalar
 – bоlalar, bоlachalar.
2
 
Qalp
о
q
 – do‘ppi.


134
Gulanor  ko‘p  suluv:  yaxshi  suratli,  shirin  so‘zli,  qura-
lay  ko‘zli,  uzun  bo‘yli,  keng  ko‘krakli,  xushxayol,  zehni 
tez,  serfahm  qiz  edi.  Ravshanbek  uning  bilan  maktab-
da  birga  o‘qiganda,  ko‘zining  ostiga  bosib  qo‘yar  edi. 
Go‘ro‘g‘libekning bu so‘zi Ravshanbekka ham yoqib qoldi. 
Ichida: «Qizini bersa yaxshi, bu qizini bermas, bobomning 
so‘zini sindirar», – deb qo‘ydi. Go‘ro‘g‘libek parilar bilan 
maslahat  qilib,  Avazxon  o‘g‘lining  qoshiga  sovchi  bo‘lib 
boraverdi. Shunda Ravshanbek qoralab
1
, bobosining orqasi-
dan boraverdi.
...Go‘ro‘g‘libek  bol  Avazga
2
  qarab,  murtini
3
  burab,  bir 
so‘z ayta yotir:
...Otang keldi sening so‘zing olmoqqa,
Ko‘nglidagi sirni bayon qilmoqqa.
Shul sababli mehmon keldim uyingga:
Hasanman o‘zingni quda qilmoqqa.
Yetti yoshda olib keldim o‘zingni,
Qo‘limda ko‘p yeding osh-u tuzimni,
Otang keldi, bolam, o‘zingga sovchi,
Ravshanga ber Gulanorday qizingni!
Otangning, farzandim, tilin olinglar
4
,
Hasanman o‘zingni quda qilayin,
Ravshanga ber Gulanorday qizingni,
Yovmitning eliga to‘ylar berayin!
Unda  Avazxonning  achchig‘i  keldi.  Polvonning  qahri 
kelib,  ajdarday  to‘lg‘anib,  ko‘zlari  olovday  yonib,  Go‘ r-
o‘g‘libek otasiga qarab... bir so‘z aytayotir:
1
 
Q
о
ralab
 – mo‘ljallab, chamalab, yashirinib.
2
 
B
о
l Avaz
  –  Avazning  «asalday  shirin»  ma’nоsini  bildiruvchi 
laqabi.
3
 
Murt
 – mo‘ylоv.
4
 
Tilin 
о
lm
о
q
 – gapiga kirmоq.


135
Yigitlar ichida menman o‘dag‘a
1
,
Bedovga yarashar oltindan to‘g‘a,
Ravshanga bermayman Gulanorjonni,
Qizim tugul, kuchugimdan sadag‘a.
Ota, javobingni berdim, jo‘nagin!
Mundan keyin sovchi bo‘lib kemagin!
Har kimni tengiga qo‘sh-da, vallamat,
Menga munday tuzsiz so‘zni demagin!
Eshitib ol, ota, aytgan so‘zimni,
O‘zim o‘lmay, g‘anim bosmas izimni,
Bermayman Ravshanga Gulanor qizimni!
Men Hasanga teng qilmayman o‘zimni!
...Ravshanbek  darchaning  orqasida  turib  edi.  Bu  so‘z-
larni eshitib, bir umrda sovuq shamol yemagan
2
 bola emas-
mi,  sovuq  so‘z  tugul,  bolaning  o‘mganidan
3
  bir  jazoyil
4
 
tesh ib  o‘tgandan  yomon  bo‘ldi.  Ravshanxon  tovushining 
boricha «vo» deb baqirib, yig‘lab qaytaverdi.
Bola  shu  yig‘lagancha  ko‘chaning  yuzi  bilan  yig‘lab 
bo rayotir  edi.  Ravshanbekning  yig‘lagan  tovushi  Og‘a 
Yunu s  pari ning  qulog‘iga  yetdi.  Pari  aytdi:  «Qanday  bola 
ekan  ko‘chada  yig‘lagan?»  Shunda  qarasa,  o‘zining  ko‘rar 
ko‘zi, so‘zlar so‘zi, o‘z joniga teng ko‘rib yurgan Ravshan-
bek bolasi yig‘lab kela yotir. Yugurib borib, qo‘ltig‘iga qisib, 
ko‘zining yoshini betidan artib: «Bek Ravshan bolam, nega 
yig‘laysan?» –  deb  so‘rab  turdi.  Shunda  Ravshanbek  dim
5
 
o‘pkasini bosolmaydi. – Ha, bachchag‘ar Avaz, deb aslo tu-
rolmaydi.
1
 
O‘dag‘a
  –  «yetakchi»,  «sardоr»  ma’nоsidagi  «o‘t  оg‘a» 
so‘zining buzilgani.
2
 
S
о
vuq sham
о
l y
е
magan 
–  «shashti  qaytmagan»,  «оg‘ir  gap 
eshitmagan» ma’ nоsida.
3
 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish