273
– Bu hammasi Sultonali bilan Anvarning o‘yunidir, deb
o‘ylayman... Bu andishamga bir necha sabablar ham bor.
Janoblardan maхfi y emasdirkim, biz o‘zaro qanday yaqin
bo‘lsaq, Sultonali bilan Anvar ham o‘zaro shunday qalin
do‘st edilar. Binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini
cho‘qur ekanmi?» degan savol keladir; janoblari shu borani
qanday tushundilar ekan.
Shahodat mufti Kalonshohka qarab qo‘ydi, Kalonshoh
parvosizroq ko‘rinar edi. Orada yana bir necha vaqt sukut
hukm surdi.
– Sultonali sarmunshiy bo‘lish uchun do‘stidan kechsa
ham mumkin, – dedi mufti. – Ikkinchi tarafdan, sizning fi k -
ri ngiz ham ehtimoldan ba’id
1
emas.
– Sultonali do‘stidan kechmay turib ham bu nayrang-
ni qilsa mumkin emasmi, domla? – deb kuldi Abdurah-
mon. – Masalan, хon olmoqchi bo‘lg‘an qizni qochirg‘uchi
Anvar ikki boshdan-ku, qaytib sarmunshiy bo‘lolmaydir,
boshqa tarafdan, хiyonatkor do‘sti bo‘lib tanilg‘an Sulton-
alining ham hayoti tahlika ostida turadir... Bas, shu hol-
da bu nayrang to‘qilg‘an bo‘lsa, yana to‘g‘risi, shu hiylani
Sultonalining amniyati
2
talab qilg‘an bo‘lsa, siz bilan men
g‘ayraz
3
qanday mantiqqa suyana olamiz?
Shahodat mufti o‘rnidan turdi, Abdurahmonning yoni-
g‘a kelib, orqasini qoqdi:
– Rahmat, o‘g‘lim, rahmat. Seni tuqqan onangga va
o‘qutqan ustozingga rahmat.
Abdurahmon yerga qarag‘an holda iljaydi. Shahodat
mufti unin g aqlig‘a tahsin o‘quy-o‘quy, nos chakib o‘z
joyig‘a o‘lturdi.
– Mulla Kalonshoh-a, shu gap bizning aqlimizg‘a aslo
kelmabti-da?
1
Ba’id
– uzоq.
2
Amniyat
–
tinchlik, daxlsizlik.
3
G‘ayraz
– bоshqa.
274
Shahodat muftining хursandligiga qo‘shulmay, tund
o‘lturg‘uchi Kalonshoh, parvosiz qo‘lini olovg‘a isitdi.
– Men shu andishani ham qilg‘an edim, – dedi birozdan
keyin Kalonshoh, – lekin aqlim bovar
1
qilmag‘an edi va
hozir ham bu fi krga qo‘shila olmayman.
– Sabab?
– Bois shulki, Sultonali Anvarga suiqasd qilmag‘anda
ham unga hech gap yo‘q edi. Ammo ul хong‘a qarobat
2
ho-
sil qi lish uchun aztahi dil
3
Anvarning qasdig‘a tushkankim,
bunda shubha yo‘q.
O‘zgalar tarafi dan so‘zlangan fi kr yoki bahs har qan-
cha man tiqiy bo‘lg‘anda ham Kalonshohning qarshi chiqish
fe’li bor edi. Uning bu fe’liga yaхshi tushunib qolg‘an Sha-
hodat mufti bosh chayqadi.
– Biz yanglishamiz.
Kalonshoh yana yuqoridag‘i so‘zini takrorladi:
– Bachi ma’ni
4
yanglishamiz? Mulla Abdurahmonning
o‘zi ham o‘ylab ko‘rsin, basharti Sultonali do‘stliq yuzasi-
dan Anvarni qochirib yuborg‘anda ham unga hech bir zarar
yo‘q edi. Bas, Sultonalining hamma harakati to‘g‘ri, An-
varga хiyonat qilishi mansab umidida ekanligi shubhasiz.
Orada o‘z fi kriga qarshi shuncha raddiya o‘tsa ham
parvosiz, go‘yo muroqabada
5
o‘lturg‘uchi mulla Abdurah-
mon yana iljayib bosh ko‘tardi.
– Sultonalining Anvar bilan ati-qatilig‘i o‘rdada har
kimga ma’lum-ku, domla. Basharti o‘z uyida turg‘an
Anvar ning хiyonati to‘g‘risida o‘zini tag‘ofulg‘a
6
sol-
sa, mardumning ko‘ngliga nima gap kelar edi, ayniqsa,
janob
laringiz qanday andishaga tushar edingiz... Ojizning
fi k rimcha, ul nayrangbozlar bir o‘q bilan necha qushni
1
Do'stlaringiz bilan baham: