«ziynatafzo»
,
«jannatoso»
,
«
tufrog‘i anbar, suv gulob o‘lsa, ajab ermas»
tarzidagi
shoirning istaklari amalga oshdimi?
7.
Muallifning
«jahonni obod», «jahon ahlini qayg‘u qay-
didan ozod
» ko‘rish borasidagi ilinjlari to‘la ro‘yobga
chiqdimi? Fikringizni misollar bilan asoslang.
1
Shabob
– yosh yigit.
2
Matlab
– talab.
3
Kanzi maxfi y
– maxfi y xazina.
4
Jali
– Alloh.
5
Misraning ma’nosi:
yuqorida aytilgan istak amalga oshsa ajab
emas.
Savol va topshiriqlar:
238
HAJVI AHLI RASTA
Arzim buki, Qori sumalakka,
Yetsun boshi, arz esa falakka.
Gah-gah nazora aylasun ul,
Ibrat ko‘zi birla bu Samakka
1
.
Sangmayda nosdonini maxtab,
So‘z naqdini urmasun mahakka
2
…
Shokir qora tarz odam o‘lmish,
Ming la’nat o‘shal qora eshakka.
Ul Shohaziz ayrilib otidin,
O‘xshaydi Solih hezalakka.
So‘z ta’siri ketmasin, Mo‘minshoh
Osh yesa og‘iz artmasun fatakka.
Ko‘p haddidin oshmasun Nazirbek,
O‘xshaydi ul oshqaboq xamakka.
Pul kelmasa, Bonkaboyvachcha
Karnay chaladur bo‘lar-bo‘makka.
Kofi rcha degan bir Ahmadjon bor,
Ko‘p shug‘li
3
baland po‘q yemakka.
A’lamni o‘g‘ullari Oxundjon
Hayf to‘n bila salla gungalakka…
Sil aft oriqqina Muhiddin,
Ahvoli ayon bo‘lur kuzakka…
Olib borur erdi Qosim oxund
Bizni Qorako‘lga handalakka…
1
Samak
– Ayyor Samak xalq qissasining bosh qahramoni.
2
Mahak
– kumush va oltinlarga surtib, ularning toza yoki qal-
bakiligini ajratadigan tosh.
3
Shug‘l
– mashg‘ulot.
239
Kir ko‘ylak o‘lubtilar Umarjon
Sotmoq uchun emdi jun jiyakka.
Dovudxo‘ja chorbozor qatnar,
Chit moshinasin sotur elakka.
Ul hoji Hasan degan zakiytab’
1
,
Yo‘q toqatim anga so‘z demakka.
Nusrat bila oshnolig‘im bor,
Tentakkina shatrama-shatakka
2
.
So‘fi ni balosi Abduqodir
Qatig‘lig‘i o‘xshamish danakka…
Qosim shamol andake yengilroq,
O‘xshab uchar bandi bodfarakka
3
.
Xalq oni akasini o‘xshaturlar
Og‘zini tuvak, burnini sumakka…
Ortuqbachani semurturinglar,
O‘q bo‘lg‘usi katta zambarakka.
Ko‘r ishtahosin Hojibachcha
Osh solib ichar emish chelakka…
Ellikboshi o‘g‘li mokiyonvor
4
,
Ustod bo‘lubti kurkurakka…
Qirq olti kishini fasona qildim,
Kim chiqsa o‘qiydi Mo‘ymarakka.
Tab’ingning arobasini to‘xtat,
Shotisini bog‘la g‘ildirakka.
Zavqiy osilurg‘a himmatidin
Dor bog‘ladi bir baland terakka.
1
Zakiytab’
– ziyrak, farosatli.
2
Shatrama-shatak
– dali-g‘uli, ko‘nglida kiri yo‘q.
3
Bodfarak
– varrak.
4
Mokiyonvor
– makiyonsifat, xotinchalish.
240
Do'stlaringiz bilan baham: |