Konstitutsiyasining 13-moddasida O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy
printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi,
irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar
qonun oldida tengdirlar. O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan. Har bir foqaro yashash,
shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, so’z va e’tiqod
erkinligiga ega bo’lib, bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab
O’zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va
kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlari qonun bilan
himoya qilinadi.
1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora
Rashidova saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul qilingan Oliy
Majlisning "Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) to’g’risida" gi qonun bilan belgilab
berildi. Vakil BMTning inson huquqlari bo’yicha markazi, EHXTning demokratik institutlar va
inson huquqlari bo’yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan "Fuqarolarning huquq va
erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida"gi qonuni
Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil oktabr oyida e’lon qilingan "Inson
huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish to’g’risida"gi Farmonga
binoan inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.
O’zbekistonda foqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan
bog’langan. Davlat o’zining foqarolar oldidagi vazifalarini bajarmoqda. Fuqarolarning
erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning ham davlat
oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab qo’yilgan.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat har bir inson
zimmasiga tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrash, atrof tabiiy muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, soliq va yig’imlarni to’lash majburiyatini yuklaydi.
Konstitutsiyaning 52-moddasida "O’zbekiston Respublikasini himoya qilish-O’zbekiston
Respublikasi har bir foqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki
muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar", deb belgilab qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: