Energiya ishlab chiqarish.
Energetika sohasida qanday islohotlar ro‘y bermasin,
natija, yaʼni O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotini energiya zaxiralari bilan barqaror
taʼminlash muhim. Salkam 10 yildan keyin elektr energiyaga ehtiyojning ikki karra
o‘sishi haqida darak beruvchi tahliliy bashoratlarni inobatga olsak, Energetika
vazirligi va yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy vazifalaridan biri – yangi
elektr stansiyalar, shu jumladan, IES qurish, QTEM ni rivojlantirish, QTEM
asosida boshqa yangi loyihalarni izlash va amalga oshirish, GES, shu hisobda
kichik GES imkoniyatlarini yana-da kengaytirishdan iborat.
Dunyodagi shu jumladan mamlakatimizdagi barcha elektr stansiyalarida,
elektr generatorlar o’rnatilgan bo’lib, ular elektr energiyani ishlab chiqaradi. Uni
ishlab chiqarilgan elektr energiyani uzoq masofalarga kam isrofda uzatish va
istemolchilarga taqsimlash uchun esa transformatorlar ishlatiladi.
Bundan tashqari sanoat va transportning zamonaviy texnik holati ularni
elektr energiya bilan yuksak ta’minlanganligi orqali belgilanib, bunda elektr
mashinalari hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Respublikamizda mahsulot ishlab chiqarayotgan yirik sanoat korxonalari
anchagina bo‘lib, ulardagi turli dastgohlarni va yuk ko‘taradigan kranlarni
yuritishda hamda bu korxonalardagi avtomatik sistemalarda elektr mashinalari va
transformatorlar hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Demak, elektr mashinalari va transformatorlarning rivojlanishi haqida
ma'lumotlar hamda ularning energetikada va sanoatda tutgan o‘rnini yoritishda
ushbu o‘quv qo‘llanmaning ro‘li muhimdir.
Elektr mashinalari energetik qurilmalarning asosiy elementlari hisoblanadi va
turli xil mexanizmlarda, transportda, aloqa va boshqa joylarda ishlatiladi. Elektr
mashinalari mexanik energiyanni elektr energiyasiga aylantirib generator rejimida
yoki, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib motor rejimida ishlaydi.
1
Elektr mashinalarining asosiy afzalligi ularning foydali ish koeffitsiyentining
95-99% tashkil etishidir, shuningdek gabarit o‘lchamlarining va massasining
kichikligidir.
Elektr mashinalarining quvvati turlicha bo‘lishi mumkin.
Elektr mashinalarining yaratilishida M. Faradey, D. Maksvell va E. Lenslar
tomonidan elektromagnit induksiya qonunining kashf etilishi asos bo‘lib xizmat
qilgan.
XIX asrning o‘rtalarida elektr mashinalari va transformatorlarning birinchi
namunalari paydo bo‘lgan bunda B.S. Yakobi, P.N. Yablochkov va M.O. Dolivo-
Dobrovolskilarning xizmatlari katta bo‘lgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida elektr mashinalarining barcha
turlari va ularning nazariyasi yaratildi.
Elektr mashinasozligida elektr mashinalarini hisoblashda, ularning o‘tish
jarayonlarini taxlil qilishda quyidagi olimlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan:
А. Е. Alekseev, B. P. Aparov, А. I. Vajnov, А. I. Vol’dek, F. А. Goryainov, А. А.
Goryev, D. А. Zavalishin, V. Т. Kas’yanov, М. P. Kostenko, К. А. Krug, V. S.
Kulebakin, S. I. Kurbatov, А. N. Larionov, R. А. Lyuter, G. N. Petrov, L. М.
Piotrovskiy, V. А. Tolvinskiy, I. D. Urusov, Yu. S. Chechet, К. I. Shenfer va
boshqalar
.
Keyingi yillarda yangi elektrotexnik qurilmalar yaratildi.
Bunday qurilmalarga elektr energiyani statik o‘zgartkichlar (to‘g’irlagichlar,
invertorlar, chastota o‘zgartkichlar).Ular elektr mashinaviy o‘zgartkichlarni
sekinlik bilan siqib qo‘ymoqda.Kelajakda ular elektr generatorlari bilan bellashishi
mumkin. Tuzilishi yangi bo‘lgan elektr motorlari paydo bo‘ldi, ularning
qo‘zg’aluvchi qismi aylanmaydi balki chiziqli harakatlanadi.
1
Копылова И.П. Электрические машины: Учебник для бакалавр. – Москва:. Юрайт, 2012. 6 ст.
Ammo kelajakda elektr mashinalari elektr energiyasining asosiy manbasi bo‘lib
qoladi.
Elеktr mashina mеxanik enеrgiyani elеktr enеrgiyaga (
elеktr gеnеratorlari
)
yoki elеktr enеrgiyani mеxanik enеrgiyaga (
elеktr motorlari
) aylantira oladigan
elеktromеxanik o‘zgartgich (EMO‘)dir. Elеktr mashinalarida enеrgiyaning
elеktromеxanik o‘zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib,
elеktromagnit induktsiya qonuniga asoslangan
; shuning uchun ham ularni
induktiv
elеktr mashinalari
dеyiladi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib bеruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |