Agglyutinatsiya –
(
lot.
agglutinare –yopishtirmoq) soʻzning oʻzak yoki
asosini oʻzgartmagan holda (ichki fleksiyasiz) unga stan dart affikslarni
qoʻshish bilan soʻz yasalishi va forma yasalishi.
Akkumulyatsiya –
biror tilda aktiv ishlatiladigan soʻz, ibora va sh.k. ta’sirida
xuddi shunday soʻzlarning boshqa tilda ham faol ishlatila boshlashi.
Aktiv lug‘at –
shu tilda soʻzlashuvchilar tushunadigan va ishlatadigan, faol
ravishda qoʻllaydigan soʻzlar.
Akustik fonetika
– (grek. acustikos – eshitishga oid) eksperimental fonetikaning
nutq tovushlari hosil boʻlishini tovush toʻlqinlari aspektida oʻrganuvchi boʻlimi.
Aksent –
(lot. accentus – urg‘u) boshqa tilda soʻzlaganda tovushlarni oʻsha
tildagidan boshqacha holda, oʻz tili tovushlari kabi talaffuz etish:
oʻzbekcha aksent
bilan gapirmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |