Test savollari
1.
O‘zaro shakldosh qo‘shimchali yasama so‘zlar berilgan gapni toping.
A. Maktabda “Balli yigitlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. B. Qiz qaynatma
sho‘rva va qatlamalarni olib, onasini yo‘qlab keldi. C. Qo‘lida boltasi bo‘lsa-
yu, shart bir daraxtni kesib jo‘nasa. D. Yoshlik g‘animat, uni behudaga
sarflamaslik kerak.
2.
So‘z
qo‘llashda
xatolikka
yo‘l
qo‘yilgan
gapni
toping.
A. Podsho vazir-u ayonlari davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarabdi.
B. Sening vujudingda sirlilikning mavjudligini birinchi bor uchratganimdayoq
payqagan edim. C. Shu chog‘ artilleriya qismlari to‘plar bilan ota boshladi.
D. Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko‘rinarkansan arang.
3.
Qaysi qatorda iboraning ma’nosi noto‘g‘ri berilgan?
157
A.
Do‘ppisi yarimta – bechora B. kavushini to‘g‘rilab qo‘ydi – haydab
yubordi C. bosh suqmoq – aralashmoq D. qo‘y og‘zidan cho‘p
olmagan – beozor
4.Qaysi qatordagi gapda paronim juftini qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l
qo‘yilgan?
A. Muhim masala yuzasidan majlis chaqirildi. B. Erkinboy ishni birinchi bo ‘lib
nihoyasiga yetqazdi. C. Asad burjining bolalari tug‘ma mag‘rur bo‘ladi.
D. Sinfdoshlarim bilan maktab bog‘iga yangi ko‘chatlar o‘tqazdik.
5.Uslubiy betaraf so‘zlar qatorini toping.
A.Ildiz, kvadrat, neytron B. tagcharm, poshna, qolip C. yaxshi, qalam,
keldi D. alalxusus, azm, adil
6.Qaysi qatordagi ham ko‘chma, ham o‘z ma’nosida qo‘llana oladigan birliklar
ko‘rsatilgan? 1. To‘lib-toshmoq; 2. Iliq suv; 3. Yengil qarash; 4. O‘t yoqmoq; 5.
Yo‘l ochmoq; 6. Ko‘ngil ochmoq. A. 1,2,4,5 B. 1,4,5 C. 1,2,3,4,5
D. 3,4,5,6
7.Qaysi qatorda tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar keltirilgan? A. olov, osmon,
chopon B. o‘t, novvos, to‘n, cho‘ntak C. chorpoya, muqova, oftob
D. sop, kissa, quyosh
8.To‘g‘ri hukmni belgilang.
A. Sotsial chegaralangan so‘zlarga argo, jargon, shevaga xos so‘zlar kiradi.
B. ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. C.argo va jargonlar hududiy
chegaralangan so‘zlarga kiradi. D. ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina
ishlatiladigan so‘zlar hududiy chegaralangan so‘zlar deyiladi.
9.Noto‘g‘ri hukmni belgilang.
A. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi. B. ma’lum ma’no bilan
bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi leksema
sanaladi. C. Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi til birligi
uchun leksema atamasi qo‘llaniladi. D. Tahlil jarayonida so‘zlar leksema va
grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi.
10. Kechalar fig‘onimdan tinmadi kavokiblar, Arz to samo uzra mojaro
Uvaysiyman. Ushbu baytda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi
turi qo‘llangan? A. zid ma’noli so‘zlar B. ibora C. ma’nodosh so‘zlar
D. paronim so‘zlar
158
Do'stlaringiz bilan baham: |