Bundan 10 –yillar avval shamol elektr qurilmasi quvvati 300-500 KVT bo‗lgan
bo‗lsa, 2000-2002-yillarga kelib shamol elektr qurilmasi quvvati 1-2 MVTli bo‗ldi.
Bu esa elektr energiyani tannarxini pasayishiga olib keldi, xozirda elektr energiya
tannarxi 1000 dollor/KVt. Qatta shamol elektr qurilmalari normal ish rejimida
ishlaganda, uni ishlab chiqargan elektr energiyasi tannarxi yoqilg‗i ishlatiladigan
elektr stansiyalarining enerpgiyasi qiymatiga yaqinlashadi.O‗zbekistonning ko‗p
qismida xususan tekisliklarida kuchli shamol esadi. Aniqlangan ma‘lumotlarga
qaraganda, O‗zbekiston cho‗llarida esadigan shamoldan xar m
2
maydon xisobiga 240
KVt elektr quvvati olish mumkin. Kuchli esadigan Bekobod, Afg‗on shamollari
yo‗nalishida bu ko‗rsatgich bundan xam yuqori. Quyosh energiyasidan issiqlik olish
yoki issiq suv bilan ta‘minlashda ishlatish nisbatan qulayroq va soddaroq. Quyosh
suv isitish qurilmalarining asosiy elementi bo‗lib, yassi quyosh kollektori xisoblanib,
u quyosh radiyayiyasini qabul qilib, uni foydali issiqlikka aylantirib beradi. SHuning
uchun. Quyosh suv isitish qurilmalarini masshtabi, o‗rnatilgan quyosh kollektorlari
yuzasi bilan o‗lchanadi. Hozirgi kunda Dune bo‗yicha o‗rnatilgan quyosh
kollektorlari umumiy 50-6- mln. m
2
ni tashkil qiladi, bu esa yiliga 5-7 mln. tonna
shartli yoqilg‗i ekvivalentligiga teng issiqlik energiyasi deganidir.
Dunyoda shamol energiyasining potentsiali ulkandir. Nazariy jihatdan bu
energiya Evropaning barcha talabini qondirishi mumkin. Kichik tezliklarda
ishlaydigan shamol generatorlarini qurishdagi oxirgi muxandislik muvaffaqiyatlari
shamoldan foydalanishni iqtisodiy o‘z-o‘zini oqlashini ko‘rsatmoqda. Lekin SHES
qurilishiga bo‘lgan cheklanishlar, ayniqsa, aholi zich joylashgan tumanlarda, bu
energiya manbaining potentsialini pasaytiradi.
SHamol energiyasining narxi yiliga 15% ga pasaymoqda
va hatto bugun bozorda
raqobatbardoshdir, asosan- AESlarda olinadigan (yiliga 5%ga oshib bormoqda)
energiya narxidan farqli o‘laroq kelajakda pasayish imkoniyatiga ega; bunda shamol
energiyasini ortish jadalligi yiliga 25% dan ortiq. Turli davlatlarda shamol
energiyasidan foydalanish kuchaymoqda.
Rivojlangan davlatlarda shamol energiyasini o‘zlashtirish shuni ko‘rsatayaptiki,
quvvati 100 kVtdan ortiq, ayniqsa 200-500 kVt oralig‘idagi shamol qurilmalari eng
optimal hisoblanadi. Bunda masalan, Daniyada shamol elektr stantsiyasida ishlab
chiqarilgan 1 kVt∙s
elektr energiya, issiqlik elektr stantsiyadagidan arzonroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: