Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

2.
 
Qog`oz va kartondan ko`rgazmali qurollar va o`yinchoqlar 
yasash 
a)  Kvadrat  shaklidagi  qog`ozni  buklash  orqali  «xo`roz» 
o`yinchog`ini yasash 
O`quvchilarga dastlab xo`rozning surati ko`rsatiladi. So`ng savol-
javoblar  yordamida  uning  o`ziga  xos  tana  tuzilishi  umumlashtirilib, 
bugun  ana  shu  xo`rozni  qog`ozni  buklash  orqali  yasashlari  zarurligi 
aytiladi.  Barcha  o`quvchilar  oldindan  tayyorlab  qo`yilgan  kvadrat 
qog`ozni  qo`llariga  olib,  o`qituvchi  bilan  ketma-ket  buklab  boradilar 
(2.1-chizma). 
 
 
2.1-chizma. Kvadrat shaklidagi qog`ozni buklash orqali «xo`roz» 
о`уinсhog`ini yasash
 
Dastlab kvadrat qog`oz diagonal bo`ylab buklanadi. Hosil bo`lgan 
buklanish  chizig`iga  kvadratning  pastki  chap  va  yuqorigi  o`ng 
burchaklari  uchburchak  ko`rinishida  buklab  qo`yiladi.  So`ng  hosil 
bo`lgan  o`tkir  uchi  orqa  tomonga  qarata  buklanadi.  Bunda  har  ikkala 
uchlik  tomon  ustma-ust  va  uchma-uch  tushishi  lozim.  Endi  ana  shu 
hosil  bo`lgan  shakl  «а-b»  chiziq  bo`ylab  orqaga  qarata  teng  ikkiga 
buklanadi. 
Navbatdagi  ish  xo`rozning  bo`yni  uchun  mo`ljallangan  kichik 
uchburchak  ko`rinishidagi  qismini  qo`l  bilan  tortib  ko`tarishdan 
iboratdir.  Buning  uchun  bo`yin  tomon  chap,  dum  tomon  o`ng  qo`l 
bilan ushlab tortiladi. So`ngra, rasmda ko`rsatilgandek, buklash orqali 
xo`rozning  tumshug`i  hosil  qilinadi.  Endi  xo`rozning  toji  va 
bo`ynidagi bag`baqalari qizil rangdagi qog`ozdan qirqilib, yopishtirib 


~ 108 ~ 
 
qo`yiladi.  Xo`rozning  dumini  rasmda  ko`rsatilgandek  qirqish  orqali 
o`yinchoqni yasash jarayoni nihoyasiga yetkaziladi. 
O`qituvchi  imkoniyatiga  ko`ra  «xo`roz»  o`yinchog`ini  yuqorida 
ko`rsatilgan chizma asosida yasattirishi ham mumkin. 
Rasmda «xo`roz» o`yinchog`ini buklash orqali hosil qilish tartibi 
ko`rsatilgan. Unga rioya qilgan holda «xo`roz» o`yinchog`ini yasang. 
Xo`rozning  bo‘yin  qismini  hosil  qilish  uchun  uning  umumiy  tanasi 
teng o`rtasidan ikkiga buklanadi va uchidan ushlanib tashqariga qarata 
tortiladi.  Natijada  xo`rozning  bo`yin  qismi  hosil  bo`ladi.  Navbatdagi 
ishda  xo`rozning  dum  qismi  qaychida  qirqib  chiqiladi.  Bo`yin 
qismining  yuqorisi  esa,  tashqariga  qarata  rasmdagidek  buklanadi. 
So`ng xo`rozning toj va bag`baqasi yelimlab qo`yiladi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish