Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

Ishni bajarish tartibi: 
1. Nazariy ma‘lumotlarni o`rganish. 
2.  Berilgan  nazariy  ma‘lumotlardan  foydalanib,  amaliy  ishlarni 
bajarish. 
3. Bajarilgan amaliy ishlarni topshirish. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
 
Pap‘ye-Mashe texnikasida buyumlar tayyorlash texnologiyasi. 
2.  Pap‘ye-Mashe  uchun  kerakli  jihoz,  moslama,  qolip  va  xom-
ashyo materiallari. 
3. Loydan narsalar yasash usullari 
 
3-LABORATORIYA ISHI 
 
TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH 
 
Ishning maqsadi:
 Tabiiy materiallar bilan ishlashni o`rganish. 
Kerakli  jihozlar: 
quritilgan
 
barglar,  sabzavot  va  mevalarning 
urug`lari va hokazo.
 
Tabiiy materiallar bilan ishlash haqida nazariy ma‟lumotlar. 
1.  Tabiiy  materiallar  bilan  ishlash  turlari,  ularni  yig`ish,  ishlov 
berishga 
tayyorlash. 
2. 
Tabiiy 
materiallar 
bilan 
ishlashda 
ishlatiladigan  jihozlar,  asboblar,  moslamalar.  3.  Gullarni  quritish 
usullari. Quritilgan gullardan ekibana yasash. 
O`zbekiston  tabiiy  resurslar,  foydali  qazilmalar,  o`simliklar  va 
qushlarga boy o`lkadir. Respublikaning bu tabiiy boyliklari sanoatda, 
turmushda  foydalaniladigan  xomashyo  bo`lishi  bilan  bir  qatorda 
mehnat  darslarida  bajariladigan  ishlar  uchun  tabiiy  material  bo`lib 
ham  xizmat  qiladi.  Mehnat  darslarida  o`simliklar  shoxlari,  ildizlari, 
barglari,  o`simlik,  sabzavot,  meva  hamda  rezavorlar,  o`simliklarning 
urug`lari, qushlarning patlari, paxta chanog`i, boshoqlilar somoni, o`t 
poyasi,  baliq  tangalari,  qamish  va  shu  kabilardan  mahalliy  material 
sifatida foydalaniladi. 
Ilk  yoshligidan  boshlab  bolalarda  ona  tabiatga  qiziqish  va 
muhabbatni  shakllantirish  va  undagi  go`zalliklarni  tarbiyalash  lozim. 
Tabiiy  materiallar  bilan  ishlash  o`quvchilarni  tabiatni  kuzatishga 
majbur  qiladi.  Kuzatishlar  esa,  o`z  navbatida,  o`quvchilarda  tabiiy-
ijodiy  ishlarni,  konstruktorlik  g`oyasini,  tushunchalarning  aniqligini 
uyg`otadi.  Mehnat  ta`limi  darslarida  turli 
mahalliy, 
tabiiy 


~ 121 ~ 
 
materiallardan foydalanish boshlang`ich sinf o`quvchilarining mehnat 
topshiriqlarini bajarish jarayonidagi materialga ehtiyojlarini qondirish 
imkonini  beradi.  Syujetni,  shakllarning  tashqi  ifodasini  bildirib 
turuvchi  materialni  topish  birinchi  o`rinda  turadi.  Boshqacha  bolishi 
ham  mumkin.  G`oyalar  bor,  ammo  uni  amalga  oshirish  uchun 
materialni topish qiyin. Buning aksi, bolalar bir stakan urug`ni to`kib 
yuboradilar, kutilmagan holda ular ajoyib jonivor, qush, odamchalarga 
aylanib qoladi, ularga nimadir, burun yoki dum qo`shish kifoyadir. 
Ayrim  figura  va  butun  kompozitsiyalarni  yaratishda  g`oyalar 
qayerdan olinadi? Bolalar g`oyalarni qayerdan olishni bilishlari kerak. 
G`oyalar  atrof-muhitdagi  obraz  va  sujetlardan,  bolalarga  tanish  ertak 
va  hikoyalardan,  qachonlardir  ko`rilgan  rasm,  shakllardan  va  shu 
kabilardan olinadi. 
Turli  tabiiy  materiallar  bilan  ishlash,  turlicha  ishlov  berish,  turli 
asboblarni tanlab ishlatish bilim, ko`nikma, malakalarni beradi. 
Tabiiy  materialni  to`plash  o`qituvchi  qo`ygan  maqsadga  bog`liq 
boiadi.  Bolalar  ko`rib  chiqilgan  va  batafsil  hal  qilingan  yoki  o`zlari 
o`ylab  topgan  sujet  uchun  material  to`playdilar  va  aksincha,  avval 
qandaydir materialni (barglar, gullar, urug`larni) to`plab, keyin qanday 
ishni bajarishni aniqlashlari mumkin. 
Tabiiy  materialni  butun  yil  davomida  to`plash  lozim,  chunki 
yilning har bir fasli o`z xususiyatlariga egadir. Erta bahorda lola gulini 
qurutib  olish,  terak  popugini,  daraxt  va  butalarning  yosli  novdasini, 
yozda  rezavor  va  poliz  ekinlarining  urug`larini,  turli  gullarni,  kuzda 
daraxtlarning  xilma-xil  barglari,  mevalarini  va  shu  kabilarni  to`plash 
mumkin. 
Tabiiy  materiallarni  to`playotgan  har  bir  kishi  tabiiy  material- 
larni  tartibli  yig`ish  va  tayyorlash  lozimligini  bilishi,  barg  to`plash 
jarayonida  daraxtlar,  butalar  shoxini  qo`pollik  qilib  sindirish,  gul  va 
shu  kabilarni  o`ylamasdan  to`plash  tabiatga  nisbatan  vahshiylik 
ekanligini yodda tutishi lozim. 
Tabiiy  materiallarni  to`plash  va  ular  bilan  ishlash  tabiat- 
shunoslik  darslari  bilan  bevosita  aloqador.  Tabiiy  materiallarni 
to`plash  bo`yicha  uyushtirilgan  ekskursiyalarda  bolalar  tabiatni 
qo`riqlash qonunlari bilan amalda tanishadilar. Ular tabiatni qo`riqlash 
va  tabiiy  ashyolarni  bilishga  asoslangan  tadbirlarning  butun  bir 
kompleksidan  tarkib  topishini  bilib  oladilar.  Bolalar  atrof  -  tabiatni 


~ 122 ~ 
 
shaxsan  kuzatishlari,  tabiat  elementlari  va  hodisalarini  konkret  idrok 
etishlari asosida ma‘lum bilimlarga ega bo`ladilar. 
Respublikamiz tabiati boy, go`zal va xilma-xildir. Shuning uchun 
ham o`z ishiga qiziqqan va izlash ko`nikmasiga ega bolgan o`qituvchi 
darslarda  qo`llaydigan  materiallarning  hammasini  batafsil  bayon  etib 
bo`lmaydi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish