Ikkinchi xususiyat
- ma‘lum ijtimoiy shakllantirish paydo bo`lib,
uning iqtisodiy qonunlari bilan o`zaro bog`langan holda texnika ijtimoiy
tuzum boshqasi bilan almashganida saqlanib qoladi va yangi sinfga xizmat
qiladi.
Olimlarimiz shu xususiyatlarni hisobga olib yozgan edilar: ―yirik
kapitalizm erishgan texnika va madaniyat yutuqlaridan foydalanmasdan
yangi jamiyat qurish mumkin emas‖.
Uchinchi xususiyat
- shundan iboratki, texnika doimo tabiat
qonunlariga to`la muvofiq ravishda rivojlanadi.
Agar yaqin vaqtlargacha texnikada takomillashtirish paypaslash bilan,
ongsiz o`tib, so`ngra ilmiy bilimlarda tasdiqlangan bo`lsa, hozirgi vaqtda har
qanday mexanizmni loyihalash va muhandislik hisob-kitoblar, eng ilg`or
ilmiy-texnik kashfiyotlardan kelib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |