dastlabki ekspertiza
o`tkazilgandan so`ng,
ixtiro va sanoat namunalariga patentlar esa
mohiyati bo`yicha
ekspertiza
o`tkazilgandan so`ng beriladi.
Mohiyati
bo`yicha
ekspertiza
talabnoma
beruvchining
iltimosnomasiga ko`ra, o`tkaziladi, bunday iltimosnoma patent olish
uchun talabnoma berilgan sanadan boshlab 12 oy mobaynida berilishi
mumkin. Mohiyati bo`yicha, ekspertiza o`tkazish to`g`risidagi
iltimosnoma talabnoma beruvchi yoki boshqa shaxs tomonidan
dastlabki patent olish uchun talabnoma berilgan sanadan boshlab
istalgan vaqtda, lekin dastlabki patentning amal qilish muddati
tugamasidan oldin berilishi mumkin.
~ 27 ~
Rasmiy ekspertiza
vaqtida, birinchi navbatda, talabnomaning
to`g`ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi. Masalan, talabnomaning
to`liqligi (zarur hujjatlarning mavjudligi, talab etiladigan nusxalar soni
va hokazo) tekshiriladi, oldindan noto`g`riligi ma‘lum bo`lgan
talabnomalar (masalan, sanoat namunasi taklif etiladi, lekin ixtiroga
patent berilishi so`raladi) ajratiladi, shuningdek, boshqa rasmiy
jihatlari (muallifning imzosi, talabnoma beruvchi korxona muhri va
hokazolar mavjudligi) tekshiriladi. Rasmiy ekspertiza natijasida
to`g`ri rasmiylashtirilgan talabnomaning berilgan sanasi bo`yicha
ob‘yektning ustuvorligi belgilanadi.
Ekspertizaning keyingi bosqichlari
dastlabki ekspertiza
(dastlabki
patentlarga talabnomalar uchun) va mohiyati bo`yicha ekspertiza
(patentga talabnomalar uchun)dir. Bu ekspertizalar vaqtida patent
so`ralayotgan
ob‘yektning
belgilangan
patentga
layoqatlilik
mezonlariga mosligi tekshiriladi. Agar ob‘yekt patentga layoqatlilik
mezonlariga mos bo`lsa, u tegishlicha ixtiro, foydali model, sanoat
namunasi deb tan olinadi. Qonunga muvofiq, ko`rsatilgan ob‘yektlar
uchun quyidagi mezonlar belgilangan:
•
ixtirolar uchun - uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda
qo`llanilishi;
•
foydali model uchun - uning yangiligi va sanoatda qo`llanilishi;
•
sanoat namunasi uchun
-
uning yangiligi, o`ziga xosligi va
sanoatda qo`llanilishi.
Patent ekspertizasi o`tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim
tushuncha
texnika darajasi
tushunchasidir. Texnika darajasi o`z ichiga
ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma‘lum
bo`lgan va barcha foydalanadigan ma‘lumotlarni oladi.
Dastlabki ekspertizaning mohiyat jihatidan ekspertizadan farqi,
eng avvalo shundaki, dastlabki ekspertiza vaqtida talabnoma berilgan
ob‘yektning (ixtiro, foydali model) mahalliy yangilik talablariga
muvofiqligi
tekshiriladi,
ya‘ni
patent
ekspertlari
faqat
O`zbekistondagi mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat
jihatidan ekspertizada esa ob‘yektning jahon texnika darajasiga
muvofiqligi tekshiriladi.
Dastlabki
ekspertiza
va
mohiyat
jihatidan
ekspertiza
o`tkazishning belgilangan me‘yoriy muddatlari tegishlicha 3 oy va 2
yilni tashkil etadi. Talabnoma beruvchilar uchun bu jarayonlarni
~ 28 ~
tezlashtirish, ―tezlashtirilgan ekspertiza‖ o`tkazish mumkin, buning
uchun belgilangan patent bojlarini to`lash zarur.
Tovar belgisini berish to`g`risidagi talabnomalar bo`yicha
ekspertiza tovar belgisini
Do'stlaringiz bilan baham: |