Sanoat mulki ob‟yektlarini huquqiy
jihatdan muhofaza qilish
Sanoat mulki ob‘yektiga bo`lgan huquq muallifga (mualliflar)
yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo`ladi
hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali
model guvohnomasi (patent, dastlabki patent, guvohnoma deb
yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.
~ 19 ~
Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat
mulki ob‘yektini yaratgan bo`lsa, patent, dastlabki patent yoki
guvohnomaga bo`lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo`lib
talabnoma topshirgan shaxsga beriladi.
Ob‘yekt muallifi, basharti o`zining ob‘yektiga nisbatan
g`ayrihuquqiy
ravishdagi
o`zlashtirish
natijasida
talabnoma
topshirilgan, yoxud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olingan
bo`lsa sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma
berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy
egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent,
dastlabki patent yoki guvohnoma o`ziga berilishini talab qilish
huquqiga egadir.
Dastlabki
patent
va
guvohnoma
dastlabki
ekspertiza
o`tkazilganidan keyin, patent esa, ob‘yekt mohiyatan ekspertizadan
o`tkazilgandan so`ng beriladi.
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini,
patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni
tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini
tasdiqlaydi.
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o`ziga
xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat
namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga
doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy
emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da‘vo qilayotgan
tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi.
Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki
ob‘yektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir
mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki
guvohnoma haqidagi ma‘lumotlar Patent idorasining rasmiy
axborotnomasida e‘lon qilingan sanadan boshlab amalda deb
hisoblanadi.
Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalari to`g`risida» qonun qoidalariga
muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e‘tiboran hisoblanganda
ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o`n
yil mobaynida amal qiladi.
~ 20 ~
Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab
hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.
Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal
qilish muddati patent egasining iltimosiga ko`ra, Patent idorasi
tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob‘yekti
patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko`ra, ob‘yekt
mohiyatan ekspertizadan o`tkazilgadan so`ng berilishi mumkin.
Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi
bilan ta‘minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi
bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan
ta‘minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket,
rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki
ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi.
Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob‘yektlarini
huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib
boriladi.
Patent davlat nomidan sanoat mulki ob‘yektiga beriladigan va
muayyan hududda, muayyan vaqt oralig`ida amal qiladigan muhofaza
hujjatidir.
Patent, o`z mohiyatiga ko`ra, ob‘yektlarga mutlaq egalik huquqini
beradigan hujjat bo`lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutlaq
huquqlarni berish masalasi shu davlatning alohida vakolati
hisoblanadi. Ma‘lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning
hududida amal qila olmaydi.
Tarixdan ma‘lumki, patent huquqi instituti
intellektual mulkning
birinchi instituti bo`ldi. Lekin bugungi kunda ham boshqa muhofaza
hujjatlari bilan bir qatorda patentning muhimligini hisobga olib,
sanoat mulkini norasmiy tarzda patent huquqi deb ataydilar.
Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan, sanoat
ob‘yektiga muhofaza hujjati - patent, guvohnoma va boshqalarni olish
uchun, eng avvalo, muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli
talabnomani to`g`ri rasmiylashtirish va uni patent berilishi
so`ralayotgan ob‘yektning belgilangan mezonlarga muvofiqligini
ekspertizadan o`tkazadigan (patentga layoqatliligini tekshiradigan) va
ekspertiza natijalari bo`yicha ob‘yektni rasmiy ro`yxatga oladigan,
ob‘yektning patentga layoqatliligini e‘lon qiladigan va unga patent
beradigan vakolatli davlat organiga topshirish zarur. Tabiiyki, bunday
~ 21 ~
ekspertizadan o`tmagan (patentga layoqatsiz) ob‘yektlarga muhofaza
hujjati berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi. Sanoat mulki
huquqlari bo`yicha bunday davlat organlari intellektual mulk
huquqlarini muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda
mavjud bo`lib, patent idoralari deb ataladi.
Patent idoralari ixtisoslashgan davlat tashkiloti bo`lib, sanoat
mulki ob‘yektlariga talabnomalarni qabul qiladi, ularni ekspertizadan
o`tkazadi, davlat ro`yxatlga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy
materiallarni nashr etadi, shuningdek, intellektual mulk huquqlarini
muhofazalash sohasidagi boshqa vazifalarni bajaradi.
Yuqorida qayd etib o`tilganidek, sanoat mulki huquqlarini
muhofazalash ob‘yekt yaratilgandan so`ng emas, balki unga muhofaza
hujjati olingandan so`ng kuchga kiradi. Odatda, bunday hujjatning
amal qilish muddati muayyan sanadan sanoat mulki ob‘yektining
ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanadi.
Har bir patent uning egasi yoki unga xususiy egalik qiluvchi
muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent egasi
-
patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlaq
huquqlarning egasidir.
Patent o`z egasiga sanoat mulki ob‘yektlariga quyidagi alohida
huquqlarni ob‘yektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish
bo`yicha mutlaq huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan
ixtiro, sanoat namunasi va hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana
olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) bildiradi. Shuni tushunib
olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo`lgan texnik
mohiyatni muhofaza qiladi, sanoat mulki ob‘yektiga alohida huquqlar
esa patent egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor-
yo`qligidan qat‘i nazar amal qiladi.
Ko`rinib turibdiki, patent o`z egasiga juda muhim huquqlarni
beradi, shuning uchun patentning amal qilish muddatini vaqt bo`yicha
cheklash mantiqan to`g`ri bo`lib, aks holda bu mutlaq huquqlar yoki
monopoliya raqobat cheklanganligi sababli jamiyatning yanada
rivojlanishida to`siqqa aylanishi
mumkin.
Masalan, ixtiroga
beriladigan patentning amal qilish muddati chegaralangan bo`lib,
o`rtacha 20 yilni (boshqa mamlakatlarda turlicha) tashkil etadi.
Bundan kelib chiqadiki, boshqa shaxsning intellektual mulk
ob‘yekti bo`lgan ob‘yektdan foydalanishni istagan har qanday boshqa
shaxs faqat bitta qonuniy imkoniyatga ega, ya‘ni buning uchun ushbu
~ 22 ~
ob‘yekt egasining roziligi (ruxsati)ni olishi zarur. Bunda
foydalaniladigan ob‘yekt, foydalanish muddati va to`lovlarni aniq
belgilab olish uchun foydalanishga berilgan ruxsatnoma - litsenziya
bitimi
yoki litsenziya rasmiylashtirilishi zarur.
Litsenziya bu patent egasining boshqa shaxslar bilan alohida
huquqlarining bir qismini sotish (berish) bo`yicha tuzgan huquqiy
bitimi (shartnomasi)dir.
Tegishlicha amaliyotda kelishuvchi tomonlarni belgilash uchun
quyidagi umumqabul qilingan atamalardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |