Atirgulli sumkacha
Har bir qizga o`ziga doimo boshqalar e‘tibori qaratilishidan
benihoya
zavqlanadi.
Ayniqsa
bayramlar,
to`yu-tantanalarda
bazmning haqiqiy malikasi bo`lishni istamaydigan qizning o`zi
bo`lmaydi. Bunda ajoyib soch turmagi va bazm ko`ylagidan tashqari,
sumkaning ham xizmati katta. Ayniqsa, u nafis shoyiga atirgullar
bilan bezak berib tikilgan bo`lsa, yanada ajoyib bo`ladi. Bunday
ajoyib sumkacha qanday tayyorlanishi, tikilish usulini quyida
ko`rsatib o`tamiz. Buning uchun bizga 0,8 m enlikdagi shoyidan 140
sm, 0,5 m enlikdagi organza matosidan 140 sm, 280 sm lik flezirin
parchasi, qattiq karton va munchoqlar kerak bo`ladi.
1.
Shoyidan quyidagi bo`laklarni bichib olamiz:
- uzunligi 21 sm, eni 19 sm bo`gan 2 tashqi asosiy qism ( bu
tepadagi butun choklardan 5 sm da hosil bo`ladi.)
- uzunligi 13 sm, eni 19 sm bo`gan 2 ta ichki asosiy qism.
- diametri 12 sm bo`lgan 2 ta sumkachaning tag qismi.
- uzunligi 9 sm, eni 12 sm bo`lgan ichki cho`ntak.
- kalta tutqich uchun uzunligi 37 sm va eni 5 sm bo`lgan 2 ta
qiyqim ( chok haqisi bilan)
- uzun tutqich uchun uzunligi 118 sm va eni 4 sm bo`lgan qiyqim
( chok haqisi bilan)
~ 201 ~
- o`rash uchun uzunligi 75 sm va eni 4 sm bo`lgan kesma ( chok
haqisi bilan)
- o`ram oxirini bezatishga gul yasash uchun 2 ta 12*10 sm lik
kesma
- atirgulli bezak uchun uzunligi 40 sm va eni 6 m bo`lgan 16 ta
tasma ( chok haqini hisobga olmagan holda)
- organza matosidan atirgulli bezak uchun uzunligi 50 sm va eni 8
sm bo`lgan 16 ta tasma (chok haqini hisobga olmagan holda)
- tag qismi uchun diametri 12 sm bo`lgan qattiq karton.
2.
Flezilindan 2 ta tashqi asosiy qism va bitta tag qismi kerak
bo`ladi. Kerakli bo`laklarni flezilin yordamida yelimlaymiz.
3.
Tashqi asosiy qismdan tepa qayirma chokdan 3 va 4,5 sm
pastroqda yashirin choklarni o`lchab belgilab olamiz.
~ 202 ~
4.
Har ikki bo`lakni ichki tomonga o`giramiz va yon choklarni
tikib chiqamiz. Bunda tepadan 2 sm va yashirin choklar o`rtasi
tikilmasdan ochiq qoldiriladi.
5.
Tag qismni ham birlashtiramiz.
6.
Tikuv choklarini astar tomonga o`girib, unga belgilangan qaviq
bo`ylab yahirin choklarni ko`chirib o`tkazamiz. Qattiq kartonli tag
qismni birlashtiramiz.
7.
Tepa teshikdan ichki cho`ntak choklarini tortamiz va astar
tomonga o`giramiz, so`ng bostirib tikib chiqamiz.
8.
Ichki cho`ntakni tepadan 3 sm pastga, bir yon tomonga tikib
chiqamiz.
~ 203 ~
9.
Ichki asosiy bo`limni ham yon tomonga tikib chiqamiz. Tepa
teshikdan astar tomonga o`girib, tag qismni o`rnatamiz.
10.
Uzun
tutqich
uchun
kerak
bo`ladigan
qiyqimlarni
birlashtiramiz.
11.
Uzunasiga teng o`rtasidan bukamiz. Bunda o`ng tomoni
ichkariga qartilgan bo`lib chokdan 1sm teshik qoldiriladi. Tutqichni
teskari ag`daramiz ammo yassi qilib tortmaymiz.
12.
O`girish juda qulay. Uch qismiga rezinka bo`lagini tikib,
so`ngra rezinkani o`tqazish uchun tutqichimizni to`g`nog`ich
yordamida teskariga o`giramiz.
~ 204 ~
13.
Qisqa tutqich uchun mo`jallangan har bir qirqimda 1m
enlikda uzun kesiklar qayirib chiqib, dazmollaymiz. Tutqichlarga
shakl berish uchun flizelindan uzunligi 35 sm va eni 3 m bo`lgan 2 ta
kesim kesib olamiz. Bo`lishdek o`rab dumaloqlab, kalta tutqichlar
ichiga solamiz. Uzun tutqich uchlarini chetidan tikib chiqamiz.
Tutqich uchlarini sumkachaning ichki tomonidan yashirin choklardan
tepada, har ikki yon tomondagi tikish chizig`idan 4 sm masofaga
o`rnatib, tikib chiqamiz. Uzun tutqich uchlarini ham xuddi shu tarzda
yashirin chokdan tepa qismga chatib qo`yamiz.
14.
Ichki qismni tashqi astar bilan ichki astarni birlashtirgan
holda tashqi qism ichiga solamiz va yashirin choklardan teparoq
qismdan chatib qo`yamiz. Sumkaning yuz qismidan yashirin choklar
bo`ylab tikib chiqib, yo`lakcha hosil qilamiz. Tashqarisidan
ichkarisiga qayirib, qayirish joyidan boshlab, eni 1 sm keladigan
tasma qatlaymiz va tikamiz. Uni o`ng tomonga ag`darib, yashirin chok
ichidan o`tkazamiz.
15.
Gulli bezak uchun mo`ljallangan to`rtburchak matolarni
o`rtasidan buklaymiz va uzunligi 10 sm eni 1sm dan bo`lgan kesimlar
hosil qilamiz. Choklarni dazmollaymiz. Har bir tutqichni ag`darib
olib, ochiq kesimlar joylashishi uchun astarma-astar to`g`rilaymiz.
~ 205 ~
16.
Kesiklarni birlashtiramiz. Gulning birlashgan uchlarini tasma
uchlariga kiygazamiz va qadab qo`yamiz. Bunda gul tasma tomonga
qaratiladi. Gulni qattiq qilib tortib tasmaga tikamiz. So`ngra
ag`daramiz. Keyin esa choklarni berkitih uchun bostirib chiqib
tikamiz. Gulning tepa qismini to`rtbargli shaklda buklaymiz va
markaziy nuqtasida birlashtirib tikamiz.
17.
Bezak uchun atirgullar yasaymiz. Shoyi tasmalar va organza
tasmalarni uzunasiga ikkiga buklaymiz, o`ng tomoni tashqarida
bo`lishi kerak. Tasma uchidan egik yo`nalish bo`ylab yumshoq yoy
o`rab olamiz.
18.
Uzun kesimlar bo`ylab yig`ish uchun yo`lak qoldiramiz va
pastki ipni tortamiz.
~ 206 ~
19.
Har bir shoyi tasmani atirgul shakliga keltiramiz.
20.
Har bir o`ramni ip bilan mahkamlab tortib,
mustahkamlaymiz.
21.
So`ng uning atrofiga organza tasmalardan hosil qilingan
o`ram qo`yamiz. Har bir o`ramni mahkam tikib chiqamiz. Shoyi
g`unchalar ustiga munchoqlar bilan bezak beramiz.
~ 207 ~
22.
Shu tarzda yana 15 ta atirgulcha yasaymiz.
23.
Atirgullarni sumkachaga 2 qatorga 8 ta gulni joylashtirgan
holda yopishtiramiz. Qarang qanday ajoyib san‘at asari paydo bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |