Elastik bezak tesma
– paxta kalava ip, viskoza, atsetat yoki
sintetik iplarga rezina tolalar qo`shib o`riladi; eni 2-3 sm.
―
Baxrona”
- petlyalardan hosil qilingan shokilali, sidirg`a
bo`yalgan jim-jimador tesma; viskoza iplar, polipropilen iplar yoki
merondan to`qiladi; eni 4 – 3 sm.
Shnurlarning
o`rilgan, eshilgan va to`qilgan xillari bo`ladi .
O`rilgan shnurlar
o`rish mashinalarida yo`g`on paxta kalava
ipdan o`zak sifatida foydalanib atrofida viskoza, kapron iplar, paxta
yoki shtapel kalava iplar o`rib tayyorlanadi.
Ayollar va bolalar buyumlarini bezash uchun ishlatiladigan sutaj
shnuri ikkita yo`g`on kalava ipga sidirg`a yoki har xil rangli viskoza
iplar o`rib tayyorlanadi. Sutajning o`rtasida chuqurcha bo`lib,
buyumga sutajni tikkanda qaviq shu chuqurcha bo`ylab tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |