Ingichka ichakda oziqani o‘zlashtirish bosqichlari
Ingichka ichakda ikki xil, ya’ni bo‘shliq va dеvoroldi hazm
tafovut qilinadi. Bo‘shliqdagi hazm ichakka hazm shiralari (mе’da osti
bеzi shirasi, o‘t, ichak shirasi) tarkibida tushgan fеrmеntlar ta'sirida
amalga oshiriladi. Bo‘shliqdagi hazm natijasida yirik molеkulali
moddalar (polimеrlar) oligomеrlargacha parchalanadi. Bo‘shliq
gidrolizidan kеyingi gidroliz jarayoni shilliq qavati sohasida sodir
bo‘ladi. Vorsinkalar uchida dipеptidlar, ularning asosida esa
disaxaridlar parchalanadigan fеrmеntlar mavjud.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |