Til, lison, me’yor va nutq munosabati



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/64
Sana22.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#399370
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
ozbek tilshunosligi va ona tili talimida lisoniy birliklar tavsifi va tasnifi

 

 

 


 

15 


1.2. Til, lison, me’yor va nutq munosabati 

 

UMIS  va  AHVO  munosabati  dialektikaning  (ya’ni  butun  borliq  –  tabiat, 

jamiyat  va  inson  tafakkurining  asosiy  yashash)  qonuniyatidan  biri  bo‘lganligi 

sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi 



lison

, AHVOniki esa 



nutq 

deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui 



til 

deyiladi. 

Tilshunoslikda  lisoniy  va  nutqiy  jihatni  farqlashga  intilish  ushbu  fan  bilan 

tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga 

maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish 

bilishning  har  ikkala  bosqichi  (fahmiy  va  idrokiy)da  ham  mavjud.  Shu  boisdan 

aytish  mumkinki,  bilishning  fahmiy  bosqichi  mutlaq  xususiylik  bilan  o‘ralashib 

qolmaganligi  kabi,  idrokiy  bosqich  ham  mutlaq  umumiylikni  –  UMISni  tiklay 

olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga 

muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning 

ilg‘or  falsafiy  fikri, davr  uchun  yetakchi bo‘lgan  fan  sohalarining  yutuqlari  bilan 

uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning 

yetakchi  falsafiy  fikri  aniq  fanlardan  o‘rganish  manbaining  qaysi  tomonlariga 

alohida  e’tibor  berish  lozimligini,  borliqdagi  mavjud  qonuniyatlarni  mantiqiy 

kategoriyalarda  qay  usulda  aks  ettirish  yo‘llarini  belgilab  beradi»  (H.Ne’matov). 

Shu  asosda  aytish  mumkinki,  zamonaviy  o‘zbek  tilshunosligining  birinchi 

bosqichi,  dialektika  nuqtayi  nazaridan,  tildagi  UMIS  va  AHVOni  bir-biridan 

farqlamay tasnif etish bosqichi.  

Tilshunoslikda  lison  va  nutqni  izchil  farqlab  o‘rganish  avvalo,  tilshunoslar 

V.fon  Humboldt,  B.de  Кurtene  va  F.de  Sossyur  nomi  bilan  bog‘liq.  Lison  va 

nutqning  farqlanishi,  tilga  tizim  sifatida  yondashuv  XX  asr  jahon  tilshunosligida 

tub  burilish  sifatida  baholanadi.  Chunki  u  mavjud  qarashlarni  tubdan  o‘zgartirib 

yubordi. 

 

Tilga,  xususan,  o‘zbek  tiliga  sistema  sifatida  yondashuvning  dastlabki 



yillarida 

lison 

o‘rnida 


til

  atamasi  qo‘llanilib,  u  ko‘p  ma’nolilik  tabiatiga  ega 




 

16 


bo‘lganligi  sababli  ayrim  chalkashliklarni  keltirib  chiqarar  edi.  Chunonchi, 

insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. 

Shu  boisdan  nazariyotchi  tilshunoslar  UMISning  tildagi  voqelanishiga  nisbatan 

lison 

atamasini  qabul  qildilar.  Natijada, 



til,  lison,  nutq 

munosabati  quyidagicha 

tushunildi: 

2-jadval  

TIL 


LISO

ME’



YOR 

NUT


           

Yuqorida  UMIS  va  AHVOning  tildagi  tajallisi  misolida  lison  va  nutqning 

o‘zaro  munosabati  haqida  kirish  xarakterida  so‘z  yuritildi.  Endi  unga  batafsil 

to‘xtalinadi. 

Til

  –  sof  lisoniy  qobiliyat  va  imkoniyat.  U  tafakkurni  shakllantirishga 

(kodlashtirishga),  xotirada  qat’iy  sistemaga  tizib  saqlashga,  axborotni  uzatish  va 

qabul  qilishga  imkoniyat  beruvchi  muhim  (birlamchi)  insoniy  ijtimoiy-ruhiy 

kommunikatsiya  vositasi.  Tilda  bosh  ichki  ziddiyat  –  atash  (nominativ)  va 

ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi. 




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish