Rolikli tormozlash stendida avtomobilning tormoz tizimini zamonaviy
texnologiya asosida diagnozlash.
Yusupov Sarvarbek Sodiqovich kata o`qituvchi
Qurolboyev Avazjon “YeUTT va UE” yo`nalishi 3-kurs 142-14 guruh talabasi
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon shahri
Diagnostikalash jihozlari avtomobilni to'liq yoki uning alohida
birikma va tizimlariga diagnoz qo'yish uchun mo'ljallangan. Avtomobillar
texnik holati harakat xavfsizligini ta'minlash, tashqi muhitga ta'sir, tortish -
iqtisodiy tavsiflar bilan baholanadi.
1-rasm. Avtomobillarning tormoz tizimini tekshirish usullari.
Avtomobillarning harakatlanishida tormoz tizimini tekshirishda to'liq
yuklangan avtomobil tekis asfalt qoplangan yo'lda, 40 km soat tezlikda
harakatlanadi va birdaniga tormozlanadi. Bu vaqtda tormoz yo'li va
sekinlanish aniqlanib, me'yoriy ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Qo'l
tormozini tekshirish uchun avtomobil belgilangan qiyalikka qo'yilib, uning
o'z-o'zidan harakatlanib ketishi tekshiriladi: to'liq vazndagi avtomobillar
uchun 16%, yuklangan yengil avtomobillar va avtobuslar uchun 23%,
yuklangan yuk avtomobillari va avtopoyezdlari uchun 31% ni tashkil etadi.
Rolikli jihozlar kuchlar orqali ishlovchi va inersiyali turlarga
bo'linadi. Maydonchali tormoz jihozining shakli 2-rasmda keltirilgan. Bu
jihozlarning afzalliklari – oddiyligi, tezkorligi, kam metall va quvvat
sig'imligidadir. Kamchiligi esa, g'ildiraklarni maydoncha bilan ilashish
koeffisientini bir xilda emasligidadir (g'ildirak iflos bo'lishi, ho'l bo'lishi va
h.k.), shuning uchun ham bu jihozlar kamroq ishlab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda kuchlar orqali ishlaydigan tormoz jihozlari keng
tarqalmoqda, ularning prinsipial shakli 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. Rolikli inersion tormoz jihozlarining shakli.
1 - maxovik; 2 - jihoz barabanlari; 3 - zanjirli uzatma; 4 - elektromagnitli mufta;
5 - reduktor; 6 - elektrodvigatel.
Tormoz tizimini rolikli stendda tekshirish uchun avtomobilning g`ildiraklari
toza, shinadagi havoning bosimi me`yorida (3-rasm), tormoz suyuqligi va tormoz
pedali pedalining erkin yurish yo`li tekshirilishi va soz holatda bo`lishi kerak.
3-rasm. Avtomobil shinasidagi bosimni me`yorlashtirish Avtomobil rolikli
tormozlash stendida tekshilishi.
Rolikli tormozlash stendi kompyuterga ulanib, test o`tkazishdan oldin
avtomobil markasi, ishlab chiqarilgan yili va boshqa kerakli ma`lumotlar kirgazilib,
test sinovlari boshlanadi. Haydovchi avtomobilni rolikga olib keladi va
kompruterning monitorida ko`rsatilayotgan amallar ketma-ketligini bajarib, rolikda
aylanayotgan avtomobil g`ildiragi tormozlanadi bu holar har ikkala o`qlarda
bajariladi (3-rasm).
Test sinovi bajarilib bo`lingach kompyuter monitorida testning natijalari
ko`rinadi va natijalar bo`yicha avtomobilning tormoz tizimiga tashxis qo`yilib
kerakli qiymatlar test natijalarida ko`rsatiladi (4-rasm).
4-rasm.
a)
b)
c)
5-rasm. Test natijalari.
a) standart natija, b) qisqacha natija, c) grafikli natija.
10-rasm. Rolikli tormoz tizimi stendi orqali avtomobilning grafik natijalari va
Ovallik >30% bo`lgandagi tahlili.
Stenddagi va yo'ldagi sinovlar dvigatel transmissiyadan ajratilgan holatda
o'tkaziladi.
Tormoz tizimining samaradorligini sinashda quyidagilarga amal qilinishi
shart:
Ishchi tormoz tizimining samaradorligi stendda sinalgan umumiy
solishtirma tormoz kuchi, yuritmasining ishlashi uchun ketgan vaqt, tormoz
kuchining o'qlarga notekis tarqalish koeffisienti - o'lchagich hisoblanadi.
Avtomobil yo'lda sinalganda esa tormozning samaradorligi, tormoz yo'li
yoki tekis sekinlanish va yuritmasining ish boshlashi uchun ketgan vaqt o'lchanadi.
Avtomobilning ehtiyot tormoz tizimi stendda sinalganda, uning samaradorligi
umumiy solishtirma tormoz kuchi va yuritmaning ishlay boshlashi uchun ketgan
vaqt bilan o'lchanadi. Tajribani o'tkazish vaqtida g'ildiraklardagi tormoz kuchi
o'lchanadi. Yo'ldagi sinovlarda esa o'lchagichlar ishchi tormozi kabi tormoz yo'li
(vaqti) dan iborat bo'ladi.
Avtomobilni to'xtatib turuvchi tormoz samaradorligining stenddagi
o'lchagichi umumiy solishtirma tormoz kuchi hisoblanadi. Yo'ldagi sinovlarda esa
avtotransport vositasini balandlikka chiqish qiyaligida to'xtatib turishi tormozning
samaradorligini ko'rsatadi.
Yordamchi tormoz tizimining samaradorligi stendlarda umumiy solishtirma
tormoz kuchini aniqlash bilan sinaladi, yo'l sharoitida esa tekis sekinianish darajasi
bilan aniqlanadi.
Loyihaning maqsadi yo`nalish bo`yicha o`quv darsturlarini ishlab chiqish va
ta`lim jarayonida moddiy texnika bazalarini takomillashtirish, boyitish va ulardan
ta`lim jarayonlarida foydalanish bilan bog`liq. Bu borada jahon tajribalari
o`rganilib, tahlil qilinib ularni mamlakatimizdagi muhandislik va avtomobilsozlik
sohalarini rivojlantirish uchun yetuk mutaxassislar tayyorlashda qo`l keladi.
Hozirgi kunda ushbu o`rganilgan bilim va tajribalarni institutdagi
mutaxassislik fanlarini o`qitishda foydalanib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Magdiyev Sh.P, Rasulov H.A. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko`rsatish,
ta`mirlash. O`quv qo`llanma. -Toshkent, 2011. -207 bet.
2. Marius Toma, Iordan Fileru. The Braking System Diagnosis on Rolling Brake Test
Stand. University POLITEHNICA
of Bucharest, 2016 y.