2.3. O‟simliklarning viruslar bilan kasallish darajasini Vlasov usulida
aniqlash
O‗simliklarning kasallanish darajasini aniqlash uchun 1ga maydondan
dioganaliga bir-biri bilan kesishadigan chiziq bo‗ylab 20 ta 1m
2
dan maydonchalar
belgilanib olinib, ulardagi o‗simliklar tekshirib chiqiladi va kasallanish darajasi
Yu.I. Vlasov usulida, ya‘ni quyidagi formula asosida hisoblandi.
P =
N
n 100
Formuladagi: P – kasallanish darajasi (%);
n - kasal o‗simliklar soni;
N- umumiy tekshirilgan o‗simliklar sonini anglatadi
Umuman olganda, bu usul o'zining tezkorligi, sezgirligi va bir vaqtning
o'zida bir qancha namunani aniqlay olish va fitopatogen viruslarni bir-biridan
ajratib olish kabi afzalliklarga ega [1].
2.4. KXV ajratish va aralash infeksiyadan biologik tozalash
Buning uchun tabiiy holda viruslar bilan kasallangan kartoshka o‘simligidan
barg namunasi olinib, yuqorida keltirilgandek yuqumli shira tayyorlab olindi.
Boshqa zamburug‘, bakteriya kabi mikroorganizmlardan tozalab olish uchun ushbu
3 3
tayyorlangan shira 3000 ay/daq.da 10 daqiqa sentrifuga qilinib, cho‘kma usti
suyuqligi quyib olindi. Tayyor bo‘lgan yuqumli shira differensiator o‘simlik
bo‘lgan Gomphrena globosa o‘simligiga mexanik usulda yuqtirildi va alomatlar
paydo bo‘lguncha nazorat qilib borildi. 5-6 kunlik kuzatishlardan so‘ng o‘simlik
bargida qizil haqali nekrozlar qirqib olinib, chinni havonchaga solindi va 0,02M-li
fosfat bufferi bilan yaxshilab ezildi hamda hosil bo‘lgan gomogenet kartoshka
X-virusining to‘plovchisi bo‘lgan Datura stramonium o‘simligiga mexanik usulda
yuqtirildi va alomatlar paydo bo‘lguncha kuzatib borildi. Bu aralash infeksiyadan
biologik usulda tozalangan KXV bo‘lib, bu o‘simlikdan virusli namunalar alohida-
alohida polietilen qopchalarga 200 g dan qilinib muzlatib qo‘yildi va bu
namunalardan keying tadqiqotlarda preparatriv tozalash uchun foydalanildi.
3 4
III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI
3.1. Kartoshka X-virusini ajratish va aralash infeksiyadan
biologik tozalash
Olib borilgan tajribalar va kuzatishlar natijasida, juda ko‗p hollarda
kartoshkaning X, S, M, A va Y-viruslarining aralash holda kelib o‘simlikdagi
kasallikni yanada kuchaytirishi kuzatilgan (3-rasm) [13].
Izoh: rasmning chap tomonida kasallangan, o`ng tomonida esa sog`lom o`simlik bargi berilgan
3-rasm. Kartoshka navlaridagi virus kasalliklari va ularning alomatlari
(Fayziyev, 2011)
А – X va S viruslar bilan kasallangan Diyora navi; Б, Д – L va Х- viruslari bilan kasallangan To`yimli
navi; В – kartoshkaning L-virusi bilan kasallangan Sante navi; Г, Е –Kartoshkaning Х, S vaY –viruslari
bilan kasallangan Aqrab navi.
Bu esa virusli kasallikning kuchayishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Viruslarning bunday aralash kelishi aynan bir virusga ajratib olish unga qarshi
kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida bir qator qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Chunki bu viruslarning xo‗jayin o‗simliklari aksariyat hollarda bir xil
3 5
bo‗ladi. Shuning uchun virusni ajratish uchun zarur bo‗lgan qulay xo‗jayin
o‗simlikni aniqlash va aralash viruslardan tozalash yo‗llarni ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega.
Kartoshkaning ,,Diyora‘‘ navida xol-xol mozaika va bargning buralishi va
barg plastinkasining kichrayishi kabi kasallik alomatlarini namoyon qilgan
o‗simliklar kartoshkaning X va S-viruslari bilan, ,,To‗yimli ‘‘navida esa mozaika
va bargning qayiqsimon buralishi kasallik alomati mavjud bo‗lgan o‗simliklar
kartoshkaning L, X va M-viruslari bilan, kasallik alomati bargning buralishi
bo‗lgan ,,Sante ‘‘navi faqat kartoshkaning L-virusi bilan ,,Aqrab‘‘ navi esa
kasallik alomati bargning dag‗allashishi va mozaika sifatida paydo bo‗lgan
o‗simliklar kartoshkaning X, S va Y-viruslari bilan kasallanganligi IFA
yordamidagina tekshirishlar natijasida aniqlandi [13]. Mamlakatimizda o‗rganilgan
kartoshka viruslaridan mexanik usulda va hasharotlar yordamida juda oson tarqala
oladigan va o‗simlikda bir necha yil davomida kasallik alomatini namoyon
qilmasdan saqlanib, hosildorlikka katta zarar keltiruvchi viruslardan biri bo‗lgan
Kartoshka X-virusini o‗rganish maqsad qilindi va buning uchun dastlab virusni
ajratib olish, aniqlash va biologik tozalab, bir qator xususiyatlarini o‗rganish zarur
edi. Viruslarni ajratish va biologik tozalashda mazkur virusni spetsifik nekroz
hosil qiluvchi va tizimli kasallantiruvchi o‗simliklardan o‗tkazib boshqa virusdan
tozalash ko‗zda tutiladi. Bu jarayonda virusning yuqish yo‗llarini ham hisobga
olish yaxshi samara beradi. KXV va KSB larini ajratish va biologik tozalash
sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
KXV ni ajratishda asosiy tabiiy manba sifatida kartoshkaning ―Diyora‖
navidan va dastlabki differensiator o‗simlik sifatida Datura stramonium L.
o‗simligidan foydalanildi, chunki bu o‗simlik kartoshkani kasallantiruvchi
viruslar ichida KXV dan tashqari faqatgina kartoshkaning L-virusi bilan
kasallanadi, ammo bu virus mexanik usulda yuqmasligi, faqat payvand yoki
hasharotlar yordamida yuqishi [11] sababli bizning tajribalarimizda o‗simlikning
bu virus bilan kasallanish xavfi bo‗lmadi.
3 6
4-rasm. Kartoshkaning X va S- viruslarini ajratish va biologik
tozalash sxemasi (Fayziyev,2011)
D. stramonium L . o‗simligida kasallik alomati sistemali mozaika sifatida
paydo bo‗lgandan so‗ng (5-rasm), undan inokulyum olinib G. globosa o‗simligiga
yuqtirildi, paydo bo‗lgan nekroz qirqib olinib 0,02M li FB (pH 7,5) qo‗shilib
chinni hovonchada inokulyum tayyorlandi va yana ikki marta mexanik usulda shu
o‗simlikdan virus mononekroz holida o‗tkazilib biologik tozalanib olindi (sxema).
Chunki bir qator tekshirishlarimiz natijasida kartoshkaning S va X-viruslari
aralash holda kelishi kuzatilgan edi.
3 7
5-rasm. Datura stramonium (bangidevona) o`simligida
KXV ning hosil qilgan alomatlari
Biologik tozalanganligini tekshirish maqsadida virusning bir qator indikator
o‗simliklari, jumladan: D. stramonium L., G. globosa, Ch. album L., D. metel, Ch.
amaranticolor kabi turlar mexanik usulda kasallantirilib paydo bo‗lgan kasallik
alomatlariga qarab tekshirishlaridan so‗ng virusning biologik tozaligi aniqlandi va
virus to‗plovchi o‗simlik (D.stramonium)ga o‗tkazilib ko‗paytirib olindi (sxema).
Sxema.
KARTOSHKA X-V I R U S N I A J R A T I SH
1-PASSAJ
Kasallangan => gomogenizatsiya =>G.globosa => nekroz => D. stramonium
kartoshka 0,02 M Fosfat nekroz
(sist. mozaika)
bargi bufer pH 7,5
2-PASSAJ
D. stramonium =>gomogenizatsiya => G.globosa => nekroz => D. stramonium
(sist. mozaika) 0,02 M Fosfat nekroz
(sist.mozaika)
bufer pH 7,5
3 8
3-PASSAJ
D. stramonium =>gomogenizatsiya => G.globosa => nekroz => D. stramonium
(sist. mozaika) 0,02 M Fosfat nekroz
(sist. mozaika)
bufer pH 7,5
4-PASSAJ
D. stramonium => D. stramonium (virus to`plovchi o`simliklar)
(sis.mozaika)
3.2. Kartoshka X-virusining qulay to„plovchi xo„jayin o„simligini
aniqlash
Virus tozalash uchun juda ko‗p infeksion material zarur bo‗lganligi sababli
qulay to‗plovchi o‗simliklarni aniqlash muhim hisoblanadi. Bu uchun virus bilan
kasallantirilgan bir qator to‗plovchi o‗simliklardan bir xil miqdorda namuna olinib
suyultirish orqali ulardagi virus miqdori aniqlandi (3-jadval).
3-jadval
KXV ni to„plash va ko„paytirish uchun qulay xo„jayin o„simlikni aniqlash
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, kasallantirilgan barcha o‗simliklarda kasallik
alomatlari 10
-5
da paydo bo‗lgan, ammo ulardan olingan bir xil «yuqumli shira»
dan paydo bo‗lgan nekrozlar soni bilan farqlanadi. Ch. quinoa va kartoshka
(S. tuberosum L.) o‗simliklaridan olingan namunadan nekrozlarning ko‗p paydo
bo‗lganligi, ularda virusning ko‗p miqdorda to‗planishidan dalolat beradi,
T.r
Tekshirilgan
o‗simlik nomi
Suyultirish darajasi, marta
N
10
-1
10
-2
10
-3
10
-4
10
-5
10
-6
10
-7
Nekrozlar soni, o‗rtacha
1
Ch. quinoa Will.
107,6
72,6
33,3
17
8
2
0
0
2
S. tuberosium L .
113,3
88,6
42
17,6
5
1,3
0
0
3
Ch.amaranticolor
81
70
60,3
22,3
4
2
0
0
4
D. metel L .
62
25
12
7
4
1
0
0
5
D. stramonium L .
47,6
33
27
14
7
1,3
0
0
3 9
Ch. amaranticolor, bangidevona ( D. stramonium L .) va Datura metel L . kabi
o‗simliklarda esa virus ( to`rta barg nekrozlarini o`rtachasi) o‗rtacha darajada
to‗planishi ma‘lum bo‗ldi.
Ammo kartoshka o‗simligi bargida mavjud bo‗lgan ayrim pigmentlar
tozalash jarayoniga xalaqit berishi bilan bir qatorda, bu o‗simlikdan ko‗p virusli
material yig‗ib olish biroz murakkabdir.Ch.album,Ch.quinoa va Ch. amaranticolor
o‗simliklarida kasallik alomatlari nekrotik sariq dog‗lar sifatida paydo bo‗lib,
kasallantirilgan bargdan boshqasiga tarqalmaydi (6-rasm).
6-rasm. Chenopodium album L (oq sho`ra) o`simligida KXV hosil qilgan
sariq nekrotik dog`lar
(chapda KXV bilan kasallangan, o`ngda sog`lom o`simlik)
Bir qator mualliflar [1,13] ta‘kidlaganidek, virus to‗plovchi o‗simlik
sistemali kasallik alomatlarini hosil qilsa, ulardan ko‗proq virusli material yig‗ib
olishga imkon beradi. Bangidevona va mingdevona (7-rasm) kabi o‗simliklarda
KXV xuddi shunday, ya‘ni sistemali kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi va
o‗simlikning butun vegetatsiya davomida saqlanib turadi.
Bundan tashqari, bu o‗simliklarning qulayligi shundaki, virus bilan
kasallantirilgan do‗rmon bargi yig‗ib olinsa bir necha kundan so‗ng yana yangi
barg chiqaradi va bu barglarda kasallik alomatlari doimo saqlanib turadi.
Kartoshka va sho‗raning Ch. quinoa va Ch. amaranticolor kabi turlari bargi
4 0
yig‗ishtirib olinsa, o‗simlik qurib qoladi. Bangidevona esa KXV ni ishlab
chiqaruvchi haqiqiy biologik fabrikaga aylanadi.
7-rasm. KXVning D. metel o„simligidagi kasallik alomatlari
Ko‗pgina mualliflar [1,13] fikricha, viruslar o‗simlik tanasi va ildizida barg
plastinkasiga nisbatan kam miqdorda to‗planadi, agar ulardan virus ajratilsa
namunani ezish, maydalash kabi bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun namuna yig‗ishda virus bilan kasallangan o‗simlikning qaysi
organida ko‗proq to‗planishini aniqlash muhim hisoblanadi.
KXV ning xo‗jayin o‗simlik organlaridagi miqdorini aniqlash uchun
o‗simlik organlari (ildiz, poya va barg) olinib, suyultirish usuli orqali va bu
namunalardan G. globosa o‗simligining bargida paydo bo‗lgan nekrozlar
yordamida aniqlandi, natijalar 4-jadvalda keltirildi. Nekroz hosil qiluvchi
indikator o‗simliklarning boshqa usullardan afzalligi shundaki, bu usulda «yuqumli
virus» zarralari aniqlansa, boshqa usullarda esa «fizik virus» zarralari aniqlanadi.
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, har uchala o‗simlikning ham ildizida virus bir
xil miqdorda (10
-3
), bangidevona va mingdevona poyasida bir xil (10
-2
), kartoshka
tanasida esa ularga nisbatan ko‗proq (10
-3
) to‗planishi aniqlandi. O‗simliklar
4 1
bargida esa ildiz va poyaga nisbatan ko‗proq (10
-5
) to‗planganligi tajribalar
asosida ma‘lum bo‗ldi.
4-jadval
Xo„jayin o„simlik a‟zolarida KXV ning miqdorini aniqlash
Virus ko‗p to‗plangan (kartoshka, sho‗ra) o‗simliklardan KXV to‗plash va
ko‗paytirish uchun foydalansa bo‗ladi, ammo bu o‗simliklardan ko‗p miqdorda
virusli material yig‗ib olish imkoni yo‗q. Sistemali kasallik alomatlarini keltirib
chiqaradigan bangidevona va mingdevona kabi o‗simliklardan esa ko‗p miqdorda
va qayta-qayta virusli material yig‗ib olsa bo‗ladi. Bundan tashqari, ayrim
o‗simliklarda taninsimon moddalar mavjud bo‗lib, ular virus tozalashda virus
T/r
Xo‗jayin
o‗simlik
nomi
O‗simlik
a‘zolari
Suyultirish darajasi, marta
n
10
-1
10
-2
10
-3
10
-4
10
-5
10
-6
10
-7
G. globosa o‗simligida paydo bo‗lgan nekrozlar
soni
1
Do‗rmon
(Datura
stramonium
L.)
Ildiz
11
10
5
1
0
0
0
0
Poya
14
5
4
0
0
0
0
0
Barg
55
46
23
14
5
2
0
0
2
Kartoshka
( Solanum
tuberosum
L.)
Ildiz
20
12
3
0
0
0
0
0
Poya
60
36
17
4
0
0
0
0
Barg
156
87
59
17
5
1
0
0
3
Mingdevona
(Datura
metel L .)
Iddiz
23
5
2
0
0
0
0
0
Poya
10
2
1
0
0
0
0
0
Barg
40
25
12
6
5
3
0
0
4 2
zarrachalarini parchalab yuboradi [19]. Ayrim o‗simliklarda (masalan,
kartoshkada) qiyin tozalanadigan moddalar bo‗lib, bu ham tozalash jarayonini bir
qadar qiyinlashtiradi. Bangidevona, mingdevona va tamaki kabi o‗simliklardan
virus tozalash oson va yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli bo‗ladi.
3.3. Kartoshka X-virusini ba‟zi xususiyatlarini o`rganish
Viruslarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‗rganish viruslarni bir-biridan
ajratish, identifikatsiya qilish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarga ularning turli sharoitlarda saqlanishi, oxirgi
suyulish darajasi (OSD), harorat ta‘sirida faolligini yo‗qotish darajasi(HTFY)
kabilar kiradi.Viruslar hujayrada har xil miqdorda to‗planadi. Ba‘zi virus bilan
kasallangan o‗simliklarning 1kg dan 1-3 gr toza virus ajratib olinsa, ba‘zilaridan
3-5 mg ajratib olish mumkin, bu birinchi navbatda virusning hujayrada
to‗planishiga bog‗liqdir [13].
Bir qator mualliflarning aniqlashlaricha KXV ning (OSD) 10
-5
-10
-6
, virus
65-76
о
С haroratgacha saqlanishi mumkin [13]. Shuning uchun ushbu ishda
O`zbekistonda tarqalgan KXV ning bu xususiyatlari tekshirib ko`rildi.
KXVning OSD tekshirish uchun dastlab kartoshkaning X-virusi bilan
kasallangan bangidevona ( Datura stramonium L .) o‗simligidan virusli namuna
olinib material va ish uslubi bobida keltirilgandek suyultirildi va har bir
probirkadagi namuna bilan alohida-alohida G. globosa o‗simligi kasallantirildi
hamda kasallik alomatlari paydo bo‗lguncha kuzatib borildi (8-rasm).
Rasmdan ko‗rinib turibdiki, nazorat, ya‘ni suyultirilmagan o‗simlik shirasi
bilan kasalantirilgan barglarning barchasida kasallik alomatlari paydo bo‗ldi,
nekrozlar soni esa 70 ta ni tashkil qilgan bo‗lsa, 10
-1
dan 10
-3
gacha suyultirilgan
namunalar bilan kasallantirilgan barcha barglarda ham kasallik alomatlari paydo
bo‗lgan, ammo nekrozlar soni kamayib (60-13) borgan. Eng oxirgi kasallik alomati
esa 10
-5
marta suyultirilgan namuna bilan kasallantirilgan bargda paydo bo‗ldi
4 3
8-rasm. KXV ning oxirgi suyulish darajasi
Virusning HTFY darajasini aniqlash usuli ham materiallar va ish uslubi
bobida keltirilgan. Nazorat,ya‘ni qizdirilmagan yuqumli shira bilan kasallantirilgan
o‗simlik barglarida paydo bo‗lgan nekrozlar soni 50 ta ni tashkil etgan bo‗lsa, 55,
60 va 65°C qizdirilgan namunalar bilan kasallantirilgan o‗simlik barglarida
kasallik alomatlarining kamayib borishi kuzatildi va eng oxirgi kasallik alomatlari
esa 70°C gacha qizdirilgan namuna bilan kasallantirilgan o‗simliklar barglarida
paydo bo‗ldi(9-rasm).
9-rasm. KXV ning harorat ta‟sirida faolligini yo`qotish darajasi
4 4
Undan yuqori (80, 85, 90, 95, 100°C) darajalarda qizdirilgan namunalarda
kasallik alomatlari paydo bo‗lmasligi, virusning yuqumlilik xususiyatini
yo‗qotganligi, ya‘ni denaturatsiyaga uchraganligidan dalolat beradi (9-rasm).
Olingan natijalar asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin. Demak,
KXVning O‗zbekistonda tarqalgan izolyatining OSD 10
-5
, HTFY darajasi esa 75°C
ekanligi aniqlandi. Virusning bu xususiyatlari ularga qarshi kurash choralarini
ishlab chiqishda va ularni aniqlashda muhim hisoblanadi.
4 5
XULOSALAR
Olingan natijalar asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
1. KXV ni differensiator o‗simlik sifatida ituzumdoshlar (Solonnaceae)
oilasiga mansub bangidevona (D. stramonium L.) o‗simligidan foydalanilib ajratib
olindi va biologik tozalash uchun esa G. globosa o‗simligidan foydalanildi.
2. KXV ning eng qulay to‗plovchi o‗simliklari esa mingdevona (D. metel
L.), do‗rmon (D. stramonium L.) ekanligi aniqlandi. Bu o‗simliklardan ko‗p
miqdorda virusli namuna yig‗ish va tozalash jarayonida oson maydalanishi va bir
qator yuqorida sanab o‗tilgan qulayliklarga egaligi aniqlandi.
3. Kartoshka X-virusining fizik xususiyatlari (OSD, HTFY)ni o`rganish
davomida shu narsa ma‘lum bo`ldiki, bu virusning mamlakatimizda tarqalgan
izolyatining OSD-10
-5
ni, HTFY darajasi esa 75
°
C ekanligi va boshqa mintaqalarda
tarqalgan izolyatlar bilan o‗xshash ekanligi aniqlandi.
4 6
Do'stlaringiz bilan baham: |