Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   298
Bog'liq
turizm

 
Al-Marg‘iloniy bog‘i
 
 
 Pirsiddiq majmuasi
 
 


73 
 
bo‘lib  borayapti.  Ko‘zingizni  yumib  muloyim  ohangda  «Samarqand»  so‘zini 
talaffuz  qilsangiz,  xuddi  ertaklardagidek  tasavvuringizda  go‘zal  va  sehrli 
manzaralar oqimi paydo bo‘ladi». Bu o‘rinda uzoq tarix sahifalarida qoldirilgan 
ushbu  satrlarni  ham  eslash  joizdir:  «Bu  shahar  va  uning  atrofidagi  zamin 
shunchalik  boy  va  farovonki,  bundan  hayratga  tushmasdan  bo‘lmaydi.  Ehtimol 
shuning uchundir u Samarqandeya, deb atalgan». 
Samarqandliklar  o‘zlarining  zaminlari  kabi  sahiy,  bobolari  kabi 
sobitqadam,  hissiyotli,  tarixlari  misoli  betakror  va  noyob,  tinchliksevar  va 
sahovatlidir.  Ularning  bu  noyob  fazilatlarining  tengi  yo‘q,  O‘zbekistonga  tashrif 
buyurayotgan  barcha  davlat  rahbarlari,  arboblari,  fan  va  madaniyat  vakillari 
tomonidan  tan  olinib,  «Turizm  Makkasi»  deya  e’zozlanmokda.  Samarqandga 
kelish  baxtiga  sazovor  bo‘lgan,  orzulari  ruyobga  chiqqan  xorijiy  sayyohlar 
uni «butun dunyoga yuz ochgan shahar», «Ming bir kechadagi afsona va ertaklar 
shahri»  deya  atamoqdalar.  «Musulmon  dunyosining  qimmatbaho  durdonasi»ga 
dunyonning  turli  burchaklaridagi  dindorlarning  ham  qiziqishlari  cheksiz.  Ular 
uchun  Samarqand  «Olloh  panohidagi  shahar»dir.  O‘rta  asr  manbalarida  ham 
shaharni shunday, deb ataganlar. 
Samarqand  2750  yillik  tarixga  ega.  Temuriylar  sulolasi  davrida  qurilgan 
arxitektura  yodgorliklari  ahamiyati  jihatidan  qadimgi  Misr,  Xitoy,  Hindiston, 
Yunoniston va Rimdagi arxitektura durdonalari qatorida turadi. 
Qadimiy  Samarqandning  markazi  bo‘lgan  Registon  XV–XVIII  asrlardagi 
Markaziy  Osiyo  bunyodkorligining  yuksak  namunalaridan  biridir.  Maydon  uch 
tomondan  Ulug‘bek,  Sherdor  va  Tillakori  madrasalari  bilan  o‘ralgan.  Samarqand 
shahrining janubida joylashgan Amir Temur maqbarasida (XIV–XV  asrlar) Amir 
Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi Temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan. Temuriylar 
davrida Samarqand  yanada gullab yashnagan edi. 
Samarqandda  har  bir  ko‘cha,  suv  havzasi  o‘z  tarixiga  ega.  Ziyoratgoh 
sanaluvchi  Shohi  Zinda  (Tirik  Shox)  majmuasi  Muhammad  Rasululloh 
amakisining  o‘g‘li-Qusam  ibn  Abbos  nomi  bilan  bog‘liq.  Mirzo  Ulug‘bek 
tomonidan qurilgan Rasadxona 1449-yilda buzib tashlangan bo‘lsada, uning yaxshi 


74 
 
saqlanib  qolgan  yerosti  qismi  bilan  tanishish  mumkin.  Shuningdek,  Samarqandda 
ko‘plab  dam  olish  manzillari  mavjud.  Viloyatda  neandertal  odamlarning  turar 
joylari topilgan. 
Mustaqillikka  erishilgandan  so‘ng,  O‘zbekiston  «ochiq  eshiklar 
siyosati»ni  joriy  qildi  va  jahon  hamjamiyati  bilan  integratsiyalashuv 
jarayoniga  faol  kirib  bordi.  Buning  yorqin  misoli  sifatida,  Samarqand 
Respublikaning  yirik  turistik  markaziga  aylandi.  Turizmning  rivojlanishi 
O‘zbekiston  va  Samarqandning  qulay  geopolitik  holati,  uning  Markaziy  Osiyo 
mintaqasidan o‘tgan «Buyuk Ipak yo‘li» ustida joylashgani, qulay geografik va 
iqlimiy  sharoiti,  bu  sohaning  ravnaqiga  xizmat  ko‘rsata  oladigan 
mutaxassislar  va  zarur  qonuniy  bazalarning  mavjudligidadir.  Xalqlar  o‘rtasida 
do‘stlik,  bir-birlarini  anglash,  tinchlik,  hamkorlik  va  mamlakatda 
barqarorlikni  rivojlantirishda  turizmning  ahamiyati  beqiyosdir.  Bularning 
hammasi turizmning xilma-xil shakllarini qayta tiklash va rivojlantirish, xalqaro 
andozalar  asosida  xizmat  ko‘rsatishni  yo‘lga  qo‘yish,  mahalliy  xususiyatlar 
turizmning milliy modelini yaratish uchun qulay imkoniyatlar yaratmokda. 
2014-yil  7-iyul  kuni  Amerikaning  taniqli  «The  Huffington  Post»  nashri 
«Dunyoning albatta borib ko‘rish lozim bo‘lgan 50 shahari» ro‘yhatini e’lon qildi. 
Dunyoning  eng  mashhur  shaharlari  orasida  «Sharq  marvaridi»  –Samarqand  ham 
bor. Mazkur nashr reytingida qayd etilganidek «Registon maydonidagi madrasalar 
va  qadimgi  inshoatlardagi  naqshlar  Buyuk  Ipak  yo‘lining  ko‘hna  shahri-
Samarqandni  jahon  islom  me’morligining  eng  go‘zal  namunalaridan  biriga 
aylantirilgan». 
Ushbu  reyting  «The  Huffington  Post»  nashri  tomonidan  minube.net 
sayohatchilar hamjamiyati bilan o‘zaro hamkorlikda tuzilgan. Bundan ko‘zlangan 
maqsad  «Buyuk  ko‘hna  poytaxtlardan  tortib,  to  Osiyo,  Amerika  va  ulardan 
tashqari dunyodagi eng a’lo joyni topish» bilan izohlanadi. Reyting mualliflarining 
fikr  bildirishlaricha,  odamlar  o‘z  hayoti  davomida  albatta  borib  ko‘rish  lozim 
bo‘lgan qadamjolar ro‘yhatidan dunyoning 50 shahari joy olgan.  


75 
 
Samarqand–MDH mamlakatlari shaharlari o‘rtasida ushbu nufuzli ro‘yhatga 
kirgan yagona shahardir.
7
 
Samarqand viloyatining asosiy tarixiy-arxitektura yodgorliklari: 
1.
 
Afrosiyob (eramizdan oldingi VIII asr); 
2.
 
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (1424-1428 y.); 
3.
 
Shoxi Zinda arxitektura majmuasi (XI-XX asr); 
4.
 
Hazrati Hizr masjidi (XIX asr o‘rtalari); 
5.
 
Bibixonim jome’ masjidi (1399 y.); 
6.
 
Registon maydoni (1417-1647 y.); 
7.
 
Ruxobod maqbarasi (1380 y.); 
8.
 
Oqsaroy maqbarasi (1451-1469 y.); 
9.
 
Amir Temur maqbarasi (1404 y.); 
10.
 
Ishratxona maqbarasi (1464 y.); 
11.
 
Xoja Ahrori Valiy majmuasi (XV-XX asrlar); 
12.
 
Cho‘pon-Ota maqbarasi (1430 y.); 
13.
 
Xoja Abdu Darun qabristoni (XV asr); 
14.
 
Xoja Abdu Berun qabristoni (XVII asr); 
15.
 
Imom al-Buxoriy majmuasi (IX-XX asr); 
16.
 
Maxdumi A’zam majmuasi (XVI-XIX asr);

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish