Abdurazzoq Samarqandiy (1423 –
1482) 1441–1444-yillarda (Afanasiy
Nikitindan 25 yil oldin, Vasko da Gamadan 56 yil oldin) Hindistonga dengiz orqali
borish yo‘lini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan va ushbu yo‘nalishdagi hududlarni
geografik jihatdan tasvirlab bergan sayyoh, vatandoshimiz Abdurazzoq
Samarqandiydir. U sayohati davomida Xurosonning qumli cho‘llari, Markaziy
Osiyoning janubi, Ozarbayjon, Eron, Iroq orqali o‘tib, Fors ko‘rfazidan
Arabistonga chiqqan va mazkur dengiz orqali Hindistonga yetib borgan.
Hindistonga borgan mashhur rus sayyohi Afanasiy Nikitin va golland sayyohi
47
Vasko da Gamalar Hindistonga dengiz yo‘li
bilan borishda vatandoshimiz Abdurazzoq
Samarqandiyning
asarlaridan
foydalanganliklarini yozib qoldirgan.