Mahmud Qoshg‘ariy Xitoyning Qashqar shahrida tug‘ilgan. Manbalarga
ko‘ra, u Janubiy-G‘arbiy Osiyoning ko‘plab shaharlarida bo‘lgan, Bag‘dodda ham
yashagan. Turkiy tillarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olim ko‘p yillar
davomida Rumdan Mochingacha O‘rta yer va Qora dengizlari bo‘ylaridan to
Xitoygacha sayohat qilgan, turkiy qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va
qishloqlarni kezgan. Uning «Devoni lug‘atit turk» (Turkiy so‘zlar lug‘ati –
«Devon») dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun
ham sharhshunos N. Baskakov Mahmud Qoshg‘ariyni «Turkiy tillarni qiyoslash
borasida yo‘lchi yulduz» – deb atagan bo‘lsa, yana bir taniqli sharhshunos olim
«XI asrning Radlovi» deya ta’riflagan edi. Uning safar marshrutlari davomidagi
46
tabiiy geografik mintaqalarning iqlim xususiyatlari va ulardagi farqlar haqidagi
ma’lumotlari hozirgi turizm sohasi uchun xizmat qilmoqda.