Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiligi.
Xalqoro turizm rivojiga turli
davlatlar bojxona tizimlari sezilarli ta’sir qiladi. Bojxona qonunchiligi xalqaro
turizm faoliyati rivojini qo‘llab-quvvatlashi ham, turli turizmga oid
rasmiyatchiliklarni murakkablashtirish yo‘li bilan tusqinlik qilishi ham mumkin.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989-yil davlatlar va turistik
pasportlari, vizalar, tibbiy va valyuta nazorati, sayohat, safar va istiqomat qilish
bilan bog‘liq turizm rasmiyatchiliklari va bojxona tartiblarini osonlashtirish
bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish lozimligini belgiladi . Turizm rasmiyatchiliklari
sayohat qilishdagi murakkabliklarni yo‘qotish, turistlar tomonidan boshqa
mamlakat va mintaqalarga tashrifni yengillashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |