Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Butunjahon turistik oqimi dinamikasi va turizmdan keladigan



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   298
Bog'liq
turizm

Butunjahon turistik oqimi dinamikasi va turizmdan keladigan   
valyuta  tushumi 
 
Yillar 
 
Kelgan turistlar 
soni (mln. kishi)  
Xalqaro turizmdan keladigan 
tushum (mlrd. $) 
1995 
534 
405 
1996 
567 
436 
1997 
593 
448 
1998 
610 
440 
1999 
632 
455 
2000 
678 
475 
2001 
678 
466 
2002 
698 
485 
2003 
689 
532 
2004 
760 
634 
2005 
805 
680 
2006 
851 
745 
2007 
911 
860 
2008 
929 
944 
2009 
894 
855 
2010 
952 
930 
2011 
996 
1,042 
2012 
1,035 
1,075 
2013 
1,087 
1,4 
2014 
1,133 
1,5 
 
  
Manba:
  Butunjahon    turizm  tashkiloti  ma’lumotlari    asosida  muallif 
tamonidan tayyorlangan 
     
19.2-jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  keyingi  o‘n  yilda  jahon  turistik  oqimi 
doimiy  o‘sish  surati  kuzatilgan:  2000-yildan  2014-yilgacha  turistik  tashriflar  soni 
678  mln.dan  1,133  mln.gacha  o‘sgan.  Turizm  sohasidan  olingan  daromadlar  esa 
2000  yilda  475  mlrd.  dollar  bo’lgan  bo’lsa,  2014-yilda  1,5  trl.  dollarni  tashkil 
qilgan.  Bu  shundan  dalolat  beradiki,  turizm  xizmatlar  bozorining  jahon 
iqtisodiyotidagi ulushi tobora oshib bormoqda. 
 O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent-Samarqand-


263 
 
Buxoro-Xiva  yo‘nalishi  bo‘yicha  sayohat  qiladilar.  Chunki,  O‘zbekiston  turizm 
infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak 
yo‘liga  taalluqli  ko‘pgina  ob’ektlar  aynan  shu  joylarda  saqlanib  qolingan 
(O‘zbekistonga  guruhlarda  tashrif  buyuruvchi  turistlarning  aksariyati  Buyuk  Ipak 
yo‘li  yo‘nalishi  doirasi  harakatlanadilar).  Shuningdek,  Surxondaryo,  Qashqadaryo 
va  Farg‘ona  vodiysi  viloyatlarida  ham  turistlarni  jalb  etishi  mumkin  bo‘lgan 
ko‘plab  muhim  turistik  jozibador  manzillar  mavjud  bo‘lsada,  turistik 
infratuzilmaning  rivojlanmagani  turistlarni  bu  yerga  kelishiga  tusqinlik  qilar  edi. 
Bu  kabi  kamchilarni  bartaraf  etish  maqsadida  hukumatimiz  tomonidan  Qamchiq 
dovonidan  o‘tiluvchi  yo‘l  qayta  ta’mirlandi,  Surxondaryoga  Samarqanddan  va 
Toshkent  shahridan  Buxoro  va  Samarqand  shaharlariga  turistlarni  tashish  uchun 
yangi elektrlashgan temir yo‘l qurildi, bu joylarda ko‘plab turistik mehmonxonalar 
bunyod etilmoqda. 
O‘zbekistonga  keluvchi  turistik  sayohatlarning  soni  o‘sishiga  salbiy  ta’sir 
etishi mumkin bo‘lgan ba’zi hollar bartaraf etib borilmokda: 
-
 
O‘zbekiston to‘g‘risidagi dastlabki va so‘nggi taassurotlarni qoldiruvchi 
bojxona  xizmati  xodimlarining  sayohatchilar  bilan  bo‘lgan  muomala  madaniyati 
yaxshilandi; 
-
 
mehmonxonalarga tayyorlanayotgan taomlar zamonaviy talablarga javob 
bera boshladi; 
-
 
O‘zbekiston  ichidagi  mehmonxona  xizmatlari  narxlarining  asosiy 
raqobatchilarimizga    nisbatan   qimmatligi,  transport narxlarining yuqori hollari 
kamaytirib borilmoqda; 
-
 
turistik  esdalik  uchun  harid  qilinadigan  milliy  suvenirlarimizning  xilma 
xilligi oshirilib, yo‘qolib ketgan bir qator hunarmandchilik turlari tiklandi va qayta 
tashkil etildi; 
-
 
targ‘ibot  masalalariga  yetarlicha  e’tibor  berilib,  xorijiy  fuqarolarning 
O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarining chegarasi kengaytirib bormoqda, bunda 


264 
 
ayniqsa,  Germaniya  va  Italiyalik  biznes  hamkorlarning  vositachiligidan  samarali 
foydalanilmoqda; 
-
 
turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati narxiga 
moslashtirib borilmoqda. 
Yuqorida sanab o‘tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda, ko‘rsatilayotgan 
turistik  xizmatlarning  sifatli  bo‘lishiga  harakat  qilinmoqda.  Shuningdek,  chet 
ellarda  O‘zbekiston  turizmini  reklama  qilishda  barcha  turistik  korxonalarning 
tashviqot-targ‘ibot  ishlari  raqobatchilardan  farq  qiluvchi  umumiy  mavzu  ostida 
birlashtirilishi O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‘z o‘rnini  mustahkamroq 
egallashiga  yordam  beradi.  Buning  uchun  o‘zimiz  egalik  qilayotgan  turistik 
resurslarimizni yana bir bor qaytadan chuqur o‘rganib chiqish, ulardan samarali va 
barqaror  foydalanish  yo‘llarini  aniqlash  va  shu  asosida  Milliy  turistik  brendni 
ishlab  chiqish  shart  bo‘lib  qolmoqda.  Shu  sababli,  «O‘zbekturizm»  Milliy 
Kompaniyasi  tomonidan  o‘lkamiz  turistik  resurslari  o‘rganib  chiqilib,  turistik 
resurslarimizning  maxsus  kadastri  yaratilmoqda.  O‘zbekiston  turizmini 
rivojlantirish  uchun  xizmat  qila  oladigan  resurslarining  anchasi  hali  ochilmagani 
katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.  
O‘zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida xalqaro turizmni rivojlantirish 
chora-tadbirlari  davlat  tomonidan  belgilangan  bo‘lib,  iqtisodiy  aloqalarni  yanada 
rivojlantirish  uchun  turli  bitimlar,  kelishuvlar  amalga  oshirilgan  va  oshirilmokda. 
Bugungi  kunda  xalqaro  turizmni  rivojlantirishda  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan 
ishlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lmoqda: 

 
xalqaro  turizmda  kichik    tadbirkorlik  faoliyatidan  keng  foydalanish  va 
xalqaro bozorlarga chiqishga intilish; 

 
mahalliy 
axborot 
agentliklari  orqali 
rivojlangan 
mamlakatlarni 
O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilish; 

 
turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda bir yilda kamida 
bir marta malaka oshirishga y 


265 
 

 
uborish,  o‘qitish,  ular  uchun  barcha  imkoniyatlarni  yaratib,  turistlarga 
sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; 

 
respublikamiz  vakillarining  Yevropa  mamlakatlarida  o‘tkaziladigan 
turistik yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok etishini ta’minlash; 

 
xalqaro  turistik  tashkilotlar  bilan  axborot  almashishni  yaxshilash, 
birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan qo‘shma korxonalar tuzish va ular 
faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish; 

 
ichki  turistik  bozorda  o‘zaro  raqobatni  yanada  kuchaytirish  va  boshqa 
tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. 
Xalqaro turizmni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun g‘oyatda zarur 
bo‘lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turizm sohasi orqali aholining 
moddiy  farovonligini  yaxshilash,  ularni  doimiy  ish  bilan  ta’minlash  maqsadida 
yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish lozim bo‘lmoqda.  
O‘zbekiston  Respublikasida  xalqaro  turizmning  rivojlanishi,  unga  bo‘lgan 
munosabatning  ijobiy  tomonga  siljishi  bilan  belgilanmoqda.  Respublikamiz 
sharoitida,  ayniqsa  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishda 
turizmning imkoniyatlari boshqa sohalarga qaraganda juda katta bo‘lib hisoblanadi. 
Shu tufayli respublikadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich  o‘tish  jarayoni  tadbirkorlarga  keng  yo‘l  ochishi  bilan  birga,  uni  jadal 
rivojlantirish imkoniyatlarini tug‘dirmoqda. Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy 
yuksalishida    asosiy  omillardan  biri  tinchlik,  osoyishtalik,  barqarorlik  va  ijtimoiy 
adolatdan  iboratdir.  O‘zbekiston  hozir  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  iqtisodiyoti 
barqaror rivojlanib borayotgan davlatlardan biri  bo‘lib, o‘ziga xorijiy investorlarni, 
ishbilarmonlarni va  turistlarni jalb qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekistonning  jahon  turizm  bozoridagi  salohiyatiga  baho  beradigan 
bo‘lsak,  uning  Markaziy  Osiyo  davlatlari  ichida  eng  yuqori  imkoniyatlarga  ega 
ekanligini ko‘ramiz, bu haqida respublika hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan 
ortiq  qadimiy  me’morchilik,  monumental  san’at  yodgorliklari  dalolat  beradi. 
O‘zbekiston  tarixiy  me’morchilik  yodgorliklarning  umumiy  soni  bo‘yicha 


266 
 
jahondagi  yetakchi  o‘nta  mamlakatlar  qatoriga  kiritilib,  to‘rtta  yirik  shaharlari 
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati 
yodgorliklari  markazi  sifatida  tan  olingan  va  xalqaro  tashkilot  tomonidan 
muhofazaga olingan

Respublikada  xalqaro  turizmni  rivojlantirishda  tarixiy-madaniy  obidalar 
bilan  bir  qatorda  dam  olish  va  madaniy  hordiq  chiqarish  uchun  xizmat  qiladigan 
turistik ob’ektlarning ham mavjudligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 


267 
 

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish