Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Turoperator    bu–  tijorat  maqsadi  uchun  turizm  mahsulotini  sotishga



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   298
Bog'liq
turizm

Turoperator    bu–  tijorat  maqsadi  uchun  turizm  mahsulotini  sotishga  
taklif  etuvchi,  uni  tayyorlash  va  rejalashtirishda  bevosita  ishtirok  etuvchi 
turizm  bozorini  faol  sub’ekti  hisoblanadi.
  Turoperator  o‘z  faoliyati  davomida 
vakolat  imtiyoziga  ega  haridor  agentlari  nomidan  turistik  xizmatlarni  bir  necha 
muddat  ilgari  harid  etish,  bronlashtirish,  o‘zlashtirish,  turpaketlar  hozirlash 
jarayonlarini ham amalga oshiradi.
 
Turoperator  –  turistik  paket  ishlab  chiquvchi  sifati  u  turistik  yo‘nalishlar 
ishlab  chiqish  va  turlar    komplektatsiyasi  bilan  shug‘ullanadi,  ularning  amal 
qilishini  ta’minlaydi,  reklamani  tashkil  qiladi,  bu  yo‘nalishlar  bo‘yicha  narxlarni 
hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga 
sotadilar.  Turoperator  turistlarni  turli  turistik  xizmatlardan  tanlash  imkonini 
ta’minlab  beradi  va  bir  vaqtning  o‘zida  boshqa  shahar  va  joylarda  xizmat 
ko‘rsatishga buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi. 
Turoperatorlar  turizm  industriyasida  maxsus  rolni  bajaradilar.  Ular 
turmahsulotlarni  (joylarni-samolyotda,  nomerlarni-mehmonxonada)  sotib  oladilar, 
turistik  xizmatlar  paketini  shakllantiradilar  va  foyda  olish  maqsadida  turli  to‘g‘ri 
yoki  bilvosita  foydalanuvchilarga  (turistlarga)  sotadilar.  Turoperator  turistik 
xizmatlarni  alohida  ham  sotishi  mumkin.  Bu  yo  foyda  olish,  yoki  zaruriyat 
yuzasidan qilinadi. Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar 
sonini  to‘ldirish  uchun  u  chiptalarni  ham  sotishi  mumkin  va  bunda  u  vositachi 
sifatida bo‘ladi. 
Birinchi  holda  turoperator  turistik  paketni  shakllantirayotganda  u 
turmahsulotlar  ishlab  chiqaruvchisi  sifatida  faoliyat  yuritadi.  Ikkinchi  holda,  
turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga 
aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish 
uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo‘lishi mumkin. Bundan 
tashqari, hozirda ommaviy (ko‘p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar 


173 
 
yetkazib  beruvchilar  orasida  tegishli  imtiyozlarga  ega  bo‘lgan  maxsuslashgan 
ulgurji turoperatorlari mavjud. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 
u  turistlar  uchun  iqtisodiy  qulay  bo‘lgan  turistik  paketlarni  shakllantirish  uchun 
oladigan  xizmatlarining  narxi  o‘zgarishidan  kafolatlana  olish  qobiliyatiga  ega. 
Ulgurji  turoperator  narxlari  har  doim  mehmonxonalar  narxlaridan  arzon  bo‘ladi. 
Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi 
sifatida  emas,  balki  yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  sifatida  ko‘rib  chiqish 
lozim.  Shunda  u  haqiqatga  to‘g‘ri  bo‘ladi,  turoperatorning  asosiy  faoliyati  turlar 
yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Turizm  to‘g‘risida»gi  Qonuni  bo‘yicha  o‘z 
turistik  mahsulotini  shakllantiradigan  va  unga  o‘z  yo‘llanmasini  chiqaradigan 
turistik  tashkilotgina  turoperator  hisoblanadi.  Bunday  talablarni  turistik  firma 
bajaradi.  Yo‘llanma  turistlar  bilan  qilinadigan  bitimga  rasmiy  ilovadir  (xizmat 
ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat – vaucherdir).  
Turoperatorlik  faoliyatida  xizmat  ko‘rsatishni  shakllantirish  va  sotish 
jarayonlarida  turoperatorlarning  turni  ishlab  chiqishdagi  tashkiliy  bosqich  ishlari 
quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi: 
1.
 
Imkoniyatlar tahlili; 
2.
 
Talabni o‘rganish; 
3.
 
Istiqbolni rejalashtirish; 
4.
 
Xizmatlarini ta’minlovchilar bilan shartnomalar tuzish; 
5.
 
Tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish; 
6.
 
Putyovka (yo‘llanma) bahosini ishlab chiqish va realizatsiya qilish; 
7.
 
Turni tovar-metodik jihatdan ta’minlash; 
8.
 
Turistlarni o‘tuvchi hujjatlari bilan ta’minlash; 
9.
 
Realizatsiya; 
10.
 
Reklama va axborotlar; 
11.
 
Mutaxassis kadrlar tayyorlash; 
12.
 
Marshrutga kadrlar tayyorlash; 


174 
 
13.
 
Turni o‘tkazish va xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish. 
Turoperatorlar  va  turagentlar  hamkorligi  har  ikkala  tomonga  manfaat 
keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik 
safarlarni  sotish  hajmini  o‘stirishga  imkon  beradi,  yangi  bozorga  chiqadi, 
jumladan,  chiqish  turizmining  hududiy  bozoriga  kirib  boradi.  Bu  bilan  o‘z 
xodimlarini  ta’minlash  harajatlarini,  ijara  binolarini,  ularni  uskunalarini  tejaydi. 
O‘z  navbatida  turagent  safarlarni  oxirgi  iste’molchisiga  sotib  bergani  uchun 
vositachiligiga  komission  mukofat  oladi.  Uning  hajmi  odatda  sotilgan  turistik 
mahsulot  bahosiga  nisbatan  foiz  hisobida  aniqlanadi  va  10  %  ni  tashkil  qiladi.  U 
ko‘paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko‘proq turistik xizmat 
sotilganda).  Komission  mukofat  turagentlikning  asosiy  daromad  manbai  bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Turoperator  har  doim  sotish  uchun  turmahsulot  resursiga  ega  bo‘ladi, 
turagent  bo‘lsa  mijoz  sotib  olish  istagini  bildirgan  holdagina  ma’lum  xizmatlarni 
talab etadi. Biroq amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib 
bo‘lmaydi,  chunki  har  ikkalasi  o‘xshash  vazifalarni  hal  qilishlari  mumkin. 
Masalan, firma turoperator sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa 
agentliklarga  sotishi  ham  mumkin.  Xuddi  shu  vaqtda  aynan  shu  turistik  tashkilot 
turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham 
mumkin. 

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish