10.2. Gid-ekskursiyachi xizmatlarining mohiyati va tasnifi
Gid-ekskursiyachi tushunchasi
turistlar guruhini boshqaradi; diqqatga
sazovor joylarga ekskursiya o‘tkazadi; ekskursiya mavzusini, marshrutini ishlab
chiqadi; mavzu bo‘yicha materiallar to‘playdi; ekskursiyaning matnini tuzadi,
materiallarini hikoya qilib beradi; «gid portfeli»ni tahlaydi; ish jarayoni yuqori
darajadagi muloqot madaniyatini talab qiladi.
Gid-
ekskursiyachi quyidagi bilim, ko‘nikma va malaka talablari ega
bo‘lishi lozim:
tarix, adabiyot, geografiya, iqtisodiyot, siyosat, jurnalistika
sohalariga qiziqishi; ekskursiya o‘tkazish metodikasi va texnikasini,
ekskursantlarga xizmat ko‘rsatish tartibini bilishi; kamida ikkita xorijiy tilda erkin
muloqot qila olishi; tahlil, mulohaza qilishi; hujjat va materiallar bilan ishlay olishi
kerak.
15
15
Амриддинова Р.С. Меҳнат ресурсларини бошқариш асосида туризм хизматларининг рақобатбардошлигини
ошириш йўллари (Самарқанд вилояти туризм корхоналари мисолида)» и.ф.н. илмий даражасини олиш учун
диссертация. - С.: СамИСИ, 2012.
136
Turizm ekskursiya xizmatlari xizmatlarning qay darajada tashkil
qilinganligiga va xizmatlarning sifatiga qarab rivojlanadi. Bunda albatta turizm
infratuzilmasidagi texnologiyalarning darajalari ham birinchi navbatga chiqadigan
sharoitlardan va asoslardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga turizmdagi asosiy
xizmatlarning texnologik-servis darajalari ham ekskursiya xizmatlarining tashkil
qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Ekskursiya xizmatlari yuqori darajada tashkil qilinib,
turizm infratuzilmalari anashu yuqori darajalarga javob bermasa ekskursiya
xizmatlarining amalda o‘tkazish natijalari yuqori sifat darajalariga erisha olmaydi.
Lekin har qanday sharoitda ham ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalarini
yaxshi anglab olish, yaxshi o‘zlashtirib olish turoperator yoki gid-tarjimon
boshlovchidan talab qilinadi. Ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalarini
to‘g‘ri belgilash ekskursantlarda qoniqish, yaxshi kayfiyat holatlarini keltirib
chiqaradi va natijada turistik firmaning nufuzi, raqobatbardoshligi ortadi.
Ekskursiya xizmatlarining maqsadini belgilashda juda ko‘p omillarni
keltirish mumkin. Masalan, ekskursiya – vatanparvarlik, mehnatni sezish, estetik
va ekologik tarbiya, o‘tmish madaniy va tarixiy merosni, o‘tmish va hozirgi
hayotni, tabiatdagi biologik resurslarni, iqlimiy o‘zgarishlarni, zamonaviy va
o‘tmishdagi ishlab chiqarishni, milliy liboslar va o‘tmishdagi yashash tarzini
(muzeylar), o‘tmishdagi va zmonaviy texnologiyalarni, o‘tmishdagi transport va
zamonaviy transport vositalarini, o‘tmishdagi dehqonchilik va zamonaviy
dehqonchilikni, o‘tmishdagi san’at va zamonaviy san’atni milliy o‘yinlar, milliy
hunarmanchilik va hokazolarni o‘rgatadi, dunyoqarashni kengaytiradi.
Ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalari shu qadar keng qamrovli
va turli tumanki, bu yo‘nalishlarning barchasi insonning kamol topishiga xizmat
qiladi. Ekskursiya xizmatlari maqsadi va vazifasi bo‘yicha insonlarni dam oldiradi,
bilim darajasini oshiradi, yashashga bo‘lgan his to‘yg‘ularni kuchaytiradi.
Ekskursiyalarni tasniflash ham yuqorida qayd qilingan maqsad va vazifalardan
kelib chiqadi. Shuning uchun ham ekskursiyalar mohiyatiga qarab tasnif
guruhlarini hosil qiladi.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |