Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Ushbu pyesaning birinchi pardasidan lavhalar berildi.      CHIN SEVISH



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Ushbu pyesaning birinchi pardasidan lavhalar berildi. 
 
 
CHIN SEVISH 
Birinchi pardadan parcha
 
 
Erta  bilan.  Uchmoq  ko’rinishli  bir  boqcha.  O’rtada  uzun  bir  masa  (stol),  masaning 
tegrasida  o’runduqlar  qo’yilgan.  Og’och  taginda  qo’yilgan  bir  o’rundiqqa  Zulayho  qizil 
ipakli bir ko’ylak 
bilan o’tirgan, qo’linda kichkina bir bitik (kitob). 
 
Z u l a y h o. Ko’p qiziq hollari bor shu Nuriddinning!.. Nadir tangrim, boyoqish yigit 
tushunchadan  ayrilmaydir.  O’ylaydir,  o’ylaydir!..  Nechun  o’ylaydir?..  Boshqalar  kabi 
nechun  kulib  o’ynamaydir?  Dardi  nima?..  Nima  istaydir?  Bularni  tangridan  boshqa  kim 
bilardi? 
Onam  esli  bir  xotindir.  Bir  kishini  ko’rdimi,  yuragingda  yashirin  butun 
tushunchalaring  onglab  olar.  Biroq  Nuriddinga  kelgach,  odamdag’i  shoshib  qoldi. 
Onamning  aytishiga  qaraganda,  Nuriddin  bir  kishini  sevgan  emish.  Shuning  xayolinga 
berilgan emish. Kimni? Mana shunisini onam dag’i anglayolmay qolmish... 
Yigit  biznikiga  keladir...  Nechun?  Marhum  otasining  qalin  o’rtog’i  bo’lgan  dadamni 
ko’rmak  uchun  kelaturg’andir?!  Biroq,  otamga  salom  berib,  onamning  qo’lini  o’pgandan 
keyin  bir  yerda o’tiradir... O’tiradir... O’tiradir. Otam;  «Qalaysan, o’g’lim?» degach,  kuch 
bilan  «Tangriga  shukur»,  deya  oladir.  Onam  bu  holni  ko’rib;  «o’g’lim  Nuriddin,  biroz 
gapirsang-chi,  nechun  muncha  qayg’urib  turasan?»  dedimi  ish  bitdi.  Ikki  ko’zi  ikki  buloq 
kabi  anjillab  yosh  chiqaradir.  So’ngkim  bizga  bildirmoq  uchun  devorga  qaraydir. 
Yog’lig’ini  chiqarib,  ko’zlarini  artgandan  keyin  ota,  onamning  qo’llarini  o’pib,  chiqib 
ketadir... 
Bu  holdan  onamning  yuragi  erib  qoladir.  Otamga  qarab  mungli  bir  tovush  bilan  ; 
«Bechora yigit, dardi yomon», dedimi, otam yig’lar (
kitobni yuragiga bosib)
. Oh, Nuriddin, 
kimga aytsam buni, sen yig’lar ekansan, kim kulsin? Yo’q, yanglishasan, xon!.. Sen yig’lar 
ekan, butun dunyo yig’lar... 
 
Uzoqdan, og’ochlar orasidan bir kishining kelganini ko’rib, kitobni masaga qo’yar. Birozdan so’ng Rahmatulloxon 
ovro’pocha kiyingan holda kelar. Zulayhoga tugal bir qulliq qilgandan so’ng kelib ko’rishar. 


 
R a h m a t u l l o x o n. Xonim, qanday bir yaxshi holingiz bor... 
Z u l a y h o. Shundaymi? 
R a h m a t u l l o x o n.  Uchmoq  kabi  bir  boqchada,  yashil  yaproqlarning  ingichka 
ko’lkalari  ostinda  yaproqlardan  o’tib  tushgan  quyosh  yorug’i  kabi  o’tirishingiz  dunyodagi 
eng  yaxshi  ko’rinishlarning  birinchisidir.  Shuncha  gul  tuslari  bilan,  bulbul  o’qishlariga 
boqmay,  kitob  mutolaasiga  berilishingizni  ko’rganlar,  turishingizni  tasvir  etmak  uchun 
tangridan shoirlik istaylar. 
Z u l a y h o. Ha... yanami shoirligingiz tutdi, xon. 
R a h m a t u l l o x o n.  Kechirasiz,  sizning  shu  turuvingizni  tasvir  etib,  butun  dunyo 
kishilariga  bildira  olmoq  uchun  shoir  bo’lishim  kerak  emish,  shoir  bo’lg’onim  uchun 
tangriga shukur qilaman. 
Z u l a y h o. Ko’p yaxshi, shoirlik buyuk hunardir. 
R a h m a t u l l o x o n. Biroq, shoirlarning-da eng buyugi o’z she’rlarini siz kabilarga 
o’qita olgani bo’lsa kerak. 
Z u l a y h o.  Chin  shoirlarning  bulbul  o’qishlari  kabi  yurakdan  qo’pg’on  she’rlarini 
kim o’qimas?! 
R a h m a t u l l o x o n. Shu erta bilan sizning quyoshdan burun chiqib, shu boqchada 
o’tirishingizni ko’rgan gullar, og’ochlar va yaproqlarning har biri dag’i bir shoir bo’lgan va 
har birining yuragidan turli she’rlar qo’pgo’n bo’lsa kerak. Biroq ishonamankim, bularning 
she’rlarini o’zingizdan boshqa kimsa anglamagandir. 
Z u l a y h o. Biror muhim xizmatmi bor? 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish