Texnologiyasi


Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi 
 
Rasm  7.2.  Keramzit  ishlab  chiqarish  uchun  qo‘llaniladigan  bir  barabanli 
aylanma pech sxemasi:
1-xom granulalarni joylash; 2-aylanma pech; 3-forsunka; 4-
ko‘pchigan keramzit shag‘ali; 5-issiq gazlar oqimi. 
 
  SHu  sababli  keramzit  olishda  xom  granulalarni  pishirish  xaroratni  juda  tez 
oshirishda erishiladi, aks xolda sekin xaroratni oshirishda gazlarning asosiy qismi 
ko‘pchishgacha  erkin  chiqib  ketadi  va  zich  ko‘pchimagan  massa  xosil  bo‘ladi. 
Granulalarni  juda  tez  ko‘pchish  xaroratigacha  qizdirish  uchun  dastlab  uni 
tayyorlash, quritish va isitish kerak.  
  S.P.Onatskiyning  izlanishlaridan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  issiqlik 
ishlov berishning bosqichma-bosqich rejimi optimal xisoblanadi: xom granulalarni 
uzluksiz  200-600 
0
S  gacha  issitish  va  so‘ngra  juda  tez  ko‘pchish  xaroratigacha 
qizdirish (1200-1250 
0
S). 
   Xom  granulalarni  pishirish  aylanma  pechlarda  bajariladi,  konstruksiya 
bo‘yicha  ular  bir  barabanli,  ikki  barabanli  va  issiqlik  almashinuvini  bajaruvchi 
pech  turlariga  bo‘linadi.  Ishlab  chiqarishda  bir  barabanli  aylanma  pechlar  keng 
ishlatiladi,  diametri-2,5m  va  uzunligi-40m  (rasm  2.1.).  Bu  pech  silindr  metall 
barabandan  iborat  bo‘lib,  ichki  qismi  olovga  bardoshli  material(g‘isht)  bilan 
qoplangan. Aylanma pech 3 gradus qiyalikda joylash-tiriladi va o‘z o‘qi bo‘yicha 


126 
 
sekin aylanadi. SHu sababli pechning yuqori qismidan tushadigan xom granulalar 
uning  aylanishidan  pastki  qismiga  qarab  xarakatlanadi,  bu  qismida  gaz  va  suyuq 
ko‘rinishdagi  yoqilg‘ilarni  yondirish  uchun  gaz  gorelkasi  yoki  forsunka 
joylashtiriladi. Natijada, xom granulalar issiq gazlarga qarshi xarakatlanadi, isiydi 
va qizdirish zonasida ko‘pchiydi. Granulalar pechda o‘rtacha 1 soat bo‘ladi.   
Issiqlik  ishlov  berishning  optimal  rejimini  ta’minlash  uchun,  pechning 
ko‘pchish  zonasi  uning  boshqa  qismlari  (tayyorlash  zonasi)dan  xalqa  yordamida 
ajratiladi.  Aylanma  pechning  ko‘pchish  zonasi  yoki  ikkita  oxirgi  qismlari 
kengaytirilgan  va  o‘rta  qismi  toraytirilgan  bo‘lsa  analogik  samaraga  erishiladi. 
Granulalarning  ko‘pchishi  gilni  piroplastik  holatga  o‘tishida  sodir  bo‘ladi,  bunda 
ishlab  chiqarishning  oz  miqdorda  ham  berilgan  parametrlardan  chetlashishi 
granulalarni  o‘zaro  yoki  pechning  ichki  devoriga  elimlanib  qolishiga  olib  keladi. 
Keramzit  ishlab  chiqarishning  samarali  yo‘li  bu  granulalarni  olovga  bardoshli 
kukunlar  bilan  qoplash  hisoblanadi.  Bu  kukun  sepuvchi  maxsus  barabanda  yangi 
tayyorlangan  granulalar  qoplanadi  yoki  bevositia  aylanma  pechda  ko‘pchish 
zonasidan  oldin  maxsus  qurilma  yordamida  amalga  oshiriladi.  Granulalar  sirtini 
kukun  bilan  qoplash  ishlab  chiqarish  jarayonini  va  pishirish  xaroratini 
barqarorlashtiradi.  Natijada  keramzit  uyilma  zichligi  pasayadi  va  pechning  ishlab 
chiqarish mahsuldorligi ortadi rasm 7.3.). 
 
Rasm-7.3.  Aylanma  pechga  olovga  bardoshli  kukunni  kiritish  qurilmasi:
1-
aylanma pech; 2-kukunning zaxira bunkeri; 3-kukunni kiritish qurilmasi; 4-gorelka 
(forsunka); 5-ikkilamchi xavoni kiritish qurilmasi; 6-elevator.
 


127 
 
 
Aylanma  pechdan  chiqadigan  issiq  gazlarni  qayta  qo‘llashda  yoqilg‘i  sarfini 
kamaytiradi.  SHu    maqsadda  pechdan  tashqari  va  pech  ichidagi  issiqlik 
almashinuvini  qo‘llash  yoqilg‘i  sarfini  10%  dan  30%  gacha  tejashga  erishiladi. 
Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati (rasm.7.4.) tarkibiga 
kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi.  
 
 
Rasm-7.4. Kuydirish agregati SMS-197:
 1- qatlam tayyorlovchi; 2-aylanma 
pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom granulalar 
Qatlam  tayyorlovchi qurilmada  xom  granulalar  nafaqat  quritiladi,  balki  200-
300
0
S  gacha  qizdiriladi,  natijada uzunligi  20m  va  diametri  2,8m  aylanma  pechlar 
ishlatiladi.  Keramzitni  kuydirishda  ishlatiladigan  ikki  barabanli  pechning 
tayyorlash  va  ko‘pchish  zonalari  ikkita  turli  tezlikda  harakatlanuvchi 
barabanlardan tashkil topadi. 
     Issitish barabani (kichik diametrli) va ko‘pchish barabani (katta diametrli) 
bitta  o‘qda  joylashgan  bo‘ladi,  ya’ni  birinchisi  ikkinchisi  ichiga  kiradi  yoki  turli 
o‘qlarda joylashtiriladi, bunda ular oraliq kamera (rasm.7.5.) bilan bog‘lanadi.  
 


128 
 
Rasm  7.5.  Ikki  barabanli  pechning  sxemasi:
  a-  bitta  o‘qda  joylashgan 
barabanlar;  b-  turli  o‘qlarda  joylashgan  barabanlar;  1-issitish  barabani;  2-oraliq 
kamera; 3-ko‘pchitish barabani 
 
Rolikli  tayanchalarda  turgan  xar  bir  barabanning  ekspluatatsiya  paytidagi 
holati  jiddiy  nazorat  etiladi,  chunki  roliklarga  tushadigan  yuk  oshib  ketmasligi 
kerak.  Isitish  barabanlari  diametri  2,5-3m  va  uzunligi  20-35m,  ko‘pchish 
barabanlarining  diametri  3,5-4,5m  va  uzunligi  19-24  m  ni  tashkil  etadi.  Har  bir 
baraban  mustaqil  yurgizuvchiga  ega  bo‘lib,  uni  belgilangan  tezlikda  aylanishini 
ta’minlaydi.  
Barabanlarning  aylanish  tezligi  shu  holatda  tanlanadiki,  bunda  ko‘pchish 
barabanidagi  to‘shalgan  granulalar  isitish  barabanidagiga  nisbatan  1,5-2  marta 
tezroq  harakatlanishi  kerak.  Ikki  barabanli  pechda  har  bir    xomashyo  turi  uchun 
optimal issiqlik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish 
shuni  ko‘rsatadiki,  bu  holatda  olingan  keramzitning  sifati  ortadi,  mahsuldorlik 
oshadi, yoqilg‘i sarfi kamayadi. 
Granula  ichida  tiklanish  muhiti  undagi  organik  aralashmalar  yoki 
qo‘shimchalar  yordamida  ta’minlanadi,  biroq  pechda  oksidlanish  muhitida  bu 
organik  aralashmalar  va  qo‘shimchalar  yonishi  mumkin.  SHu  sababli  xom 
granulalarni  isitishga  tayyorlash  jarayonida  oksidli  gazli  muxitning  bo‘lishi  shart 
emas,  biroq  boshqa  nuqtai  nazar  bo‘yicha  ko‘pchimagan  zich  qobig‘li  o‘ta 
mustahkam  keramzit  shag‘alini  olish  mumkin.  Bunday  3mm  gacha  qalinlikdagi 
qobig‘  granulalar  yuzasida  organik  aralashmalaning  oksidli  muxitda  yonishida 
yuzaga keladi. 
Biroq  keramzit  ishlab  chiqarishda  xomashyoning  ko‘pchish  koeffitsientini 
oshirish 
zarur, 
chunki 
yuqori 
mustahkamlikdagi 
to‘ldiruvchi  olishda 
ko‘pchimaydigan  yoki  kam  ko‘pchiydigan  gilli  xomashyo  ko‘p  uchraydi,  yaxshi 
ko‘pchiydigani esa etarli bo‘lmaydi.  


129 
 
Keramzit  shag‘alida  etarli  qalinlikdagi  zich  qobig‘ning  mavjudligi 
xomashyoni ko‘pchishi qobiliyatidan to‘la foydalanilmaganligi bilan tushuntiriladi 
va maxsulot chiqishi kamayadi.  
Kuydirish qurilmasining mahsuldorligi (m
3
/yil):  

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish