Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida
keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag‘ali va keramzit qumi olinadi, kam
miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi.
119
Gilning ko‘pchishi 2 ta jarayonga bog‘liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik
holatga o‘tishidir. Gaz ajralishi –bu temir oksidlarining organik moddalar bilan
birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning oksidlanishi,
gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning
dissotsiatsiyasiga bog‘liq.
Gilning piroplastik holatga o‘tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning
(eritma) hosil bo‘lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati
yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko‘pchiydi va natijada gaz
o‘tkazmaydigan materialga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga kiruvchi
gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog‘ jinslariga
mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanetslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar
murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit,
montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir,
organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallar gil moddalardan iborat
bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar bo‘lgan gil jinslarga aytiladi.
Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi,
ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjuddir.
Gilning umumiy tarkibida SiO
2
-70% gacha, Al
2
O
3
-12% kam emas(20%
gacha), Fe
2
O
3
+ FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2% mavjud bo‘lishi
kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi
xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
1.Gilning kuydirishda ko‘pchishi. Gilning ko‘pchishi- ko‘pchish koeffitsienti
bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
c
k
b
V
V
R
,
120
bu erda: V
k
– ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi;
V
c
– pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
)
100
1
(
п
к
с
b
П
R
,
bu erda:
ρ
s
– quruq xom granulaning zichligi;
ρ
k
– ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi;
P
p
- quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha yo‘qotishi,%
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2 dan
kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak.
2. Gil xom ashyosini oson eruvchanligi, ya’ni xomashyoni kuydirish harorati
1250
0
S dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi
va natijada xom gil granulasi ko‘pchimaydi.
3. Gil xomashyosini ko‘pchish intervali. Bu pishirish harorati chegarasi bilan,
ko‘pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb,
zichligi 0,95 g/sm
3
ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga
aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan
suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag‘alini ishlab
chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks
holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan elimlanib qoladi. Bu esa keramzit
shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi. Keramzit
shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan pasayib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish koeffitsienti kamayadi va
mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning ko‘pchish
intervali 50
0
S dan kam bo‘lmasligi kerak.Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega
bo‘lmaydi. Gil xomashyosining xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha
121
mazut, solyarka moyi yoki boshqa organik va mineral (kul, shlak va b.) moddalar
qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati intervalini uzaytirish uchun gil
granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni yoki maydalangan kvars qumlari
purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo
mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham
oshadi, tannarxi esa pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |