Texnologiyasi



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

 
2-§.
 
Vulqon chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
Vulqon  ko‘rinishidagi  tabiiy  g‘ovak  to‘ldiruvchilar  otqindi  maydalangan 
jinslardan  tashkil  topadi.  G‘ovak  tog‘  jinslari  pemzalar,  shlaklar,tuflar,  g‘ovak 
bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Pemza  -  bu  g‘ovak  shisha  bo‘lib,  vulqon  otilishidan,  ya’ni  magmaning 
ko‘pchishidan  va  qotishidan  yuzaga  keladi.  Magmaning  er  ostidan  chiqishida 
bosimning  juda  tez  pasayishi  kuzatiladi.  Natijada  qotishmadagi  mavjud  gazlar 
pufakchalar  holatida  ajralib  chiqadi.  Bir  vaqtning  o‘zida  magmaning  sovishida 
qovishqoqligi  ortadi,  och  malladan  kulrang  ranggacha  bo‘lgan  tolasimon  g‘ovak 
jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi. 
Tabiatda  pemza  qum,  chaqiq  tosh  yoki  nisbatan  yirik  singan  jinslar  sifatida 
uchraydi.  Pemza  asosidagi  to‘ldiruvchilarni  ishlab  chiqarish  karerlarni  qayta 
ishlash,  maydalash  va  materiallarni  navlarga  ajratishdan  iborat.  Kimyoviy 
tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va 
tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi. 
Pemzada  g‘ovaklar  o‘lchami  3mm  gacha  bo‘lib,  g‘ovaklar  shakli  aylanadan 
yoki  cho‘zinchoq  ko‘rinishdan  iborat  bo‘ladi.  Donalar  g‘ovakligi  85%  ga  etadi. 
Pemza  qumining  uyilma  zichligi  600-1100kg/m
3
  ni,  chaqiq  toshniki  esa  400-
900kg/m
3
 ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm
3
 ni tashkil qiladi. 
Pemzaning  siqilishdagi  mustahkamlik  chegarasi  2,5–40MPa  ni  tashkil  etadi. 
Pemza  yacheykali  strukturaga  ega  bo‘lib,  mustahkamligining  zichligiga 


100 
 
bog‘liqligidan  kelib  chiqib,  kvadrat  parabola  formulasi  bilan  baholanadi 
(
ya’ni 
g‘ovakli materialning mustahkamligi zichligiga proporsional) :  
R=Ap

bu erda: 
A
=1 (mazkur materialning parametri); 
 
                 
yacheykali tuzilishga ega materialning daraja ko‘rsatkichi
 n
=2 
ga. 
Nisbatan mustahkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar 
(ularni  litoidlar  yoki  toshsimon  deyiladi)  engil  konstruksion  betonlar  olishda 
ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruksiyalar, ya’ni tom 
yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshootlari ishlab chiqariladi. 
Vulqon  shlaklari.  Vulqon  shlaki  konlari  O‘zbekistonning  turli  rayonlarida 
uchraydi.  Vulqon  shlaki suyuq  magmani  asosiy  tarkibining    jo‘shib  havoga  otilib 
chiqib,    qotishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Vulqon  shlaki  asosidagi  qum  va  chaqiq 
tosh yirik toshlarni qisman maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida olinadi. 
Vulqon  shlakining  tashqi  ko‘rinishi  yoqilg‘i  shlaki  kabi  bo‘lib,  to‘q  qizg‘ishdan 
qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki chaqiq toshining 
uylma  zichligi  400-850  kg/m
3
,    qumniki    650-1300kg/m
3
.  Vulqon  shlaki 
to‘ldiruvchi sifatida turli vazifani bajaruvchi engil betonlarda ishlatiladi. 
Tuflar  va    lava  tuflari.    Vulqon  tuflari,  bu  mayda  g‘ovakli  jinslar  bo‘lib, 
vulqon  kullarining  turli  darajadagi  zichlanishi  va  qizib  birikishi  natijasida  yuzaga 
keladi.  Lava  tuflari  esa    bu  tezda  qotgan  g‘ovaklangan  lava  bo‘lib,  unda  vulqon 
changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va  lava tuflari asosida tosh devorlar va 
yirik  bloklar  ishlab  chiqariladi.  Tosh  kesish  mashinalarida  qayta  ishlangan, 
konlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p hajmi 
chiqindiga  aylanadi)  ni  maydalash  va  navlarga  ajratishda  engil  betonlar  uchun 
yaroqli  bo‘lgan,  uyilma  zichligi  600-800  kg/m
3
  g‘ovak  chaqiq  tosh  va  uyilma 
zichligi  700-1000  kg/m
3
  bo‘lgan  g‘ovak  qum  olinadi.  Tuflar  donador  strukturaga 
ega. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, ba’zan yacheykali strukturaga 
ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat 
parabola formulasi bilan baholanadi: 


101 
 
R=Ap

bu erda: 
A
=1;   
            lava tuflari uchun 
n
=3, tuf  uchun 
n
=4 va undan yuqori 
SHu  sababli  bir  xil  zichlikdagi  lava  tuflari,  tuflarga  nisbatan  mustahkam, 
lekin  pemzaga  nisbatan  mustahkamligi  pastroqdir.  Tuflarning  bir  qancha 
turlarining  suvga  chidamligi  va  sovuqqa  chidamligi  etarli  bo‘lmaydi,  bu  uning 
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. 
Bunday  tuflar  betonda  qo‘llanilmaydi,  biroq  yuqori  samarali  sun’iy  g‘ovak 
to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatilishi mumkin. 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish