195
1.
Beton to’ldirgichlarining yaroqliligini tekshirishda uning qanday asosiy
xossalarini bilish zarur
Keys N
o
3
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zaxirasi sifatida sanoat
chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu maxsulotlardan xali to‘liq foydalanilgan
emas.
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt
“keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni xam qayta ishlashga to‘g‘ri
keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi.
Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa,
ikkilamchi tosh jinslarning xajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi
materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda
ko‘miladi.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan
ikkilamchi kvartsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini
bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga
nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvartsit chaqiq toshining mustahkamlik
chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin.
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va
shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun xam
taaluqlidir. Davlat standartlari faqat maxsulotning texnik taraflarini emas, balki
uning iqtisodiy jihatlarini xam qamrab oladi.
Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan
to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha
mablag‘ni talab etsa, u xolda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga muvofiq
bo‘lmaydi. SHuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda, ular
asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi davlat
standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi.
196
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo
materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida
ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma
vaqt alohida
qayta ishlanmay, bahzida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish
vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh
shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvartsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70%
gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda
qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni
ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori
mustahkamligi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar
xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar
asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
3
ni
tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustaxkamlik chegarasi
10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda tsement sarfini keskin
kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy
g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli
jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu
sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada
197
chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli
hisoblanadi.
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga xar yili katta miqdorda domna
shlaklari tashlanadi. Yahni po‘lat etishda asosiy maxsulotdan tashqari 0,5-1 t shlak
chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p
miqdorda shlak chiqadi. SHu sababli shlaklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi.
Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
Metallurgiya shlaklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan
maxsulot narxiga xam tasir etadi, yahni shlaklarni olib kelish, chiqindi omborlariga
ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya shlaklarining kimyoviy tarkibi
turlichadir. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo‘ladi: SaO - 3O-
50%; SiO
2
- 30-40%; Al
2
O
3
- 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: