Kerakli texnik vositalar:
Tuproq namunasi, 10 % li HCl, 9-rasm.
Nazorat savollari:
1.Tuproqning mexanik tarkibi va o’simlikning o’sishidagi ahamiyati.
2.Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash usullarini tushuntiring.
Mavzu-6: Tuproq tarkibidagi chirindi (gumus) miqdorini
aniqlash (4 soat).
Ishning mohiyati:
Chirindi yoki gumus tuproqning organik qismi tarkibiga kiradi.
Chirindi moddalar gumin kislotalar, fulvo kislatalar va ularning tuzlaridan, shuningdek
tuproqning mineral qismidagi kompleks birikmalardan iborat bo’ladi. Tuproqning
organik moddalari tarkibiga, chirindining o’zidan tashqari, chirimagan va chala chirigan
o’simlik hamda hayvonot qoldiqlari, mikroorganizmlar tanalari, o’simlik qoldiqlarining
parchalanish mahsullari va boshqalar ham kiradi. Ammo tuproqdagi jami organik
moddalarning 90 % gacha qismi chirindi (gumus) dan iborat bo’ladi. Tuproq
unumdorligi chirindining miqdori va sifatiga bog’liq (4-jadval).
27
Do'stlaringiz bilan baham: |