Uslubning mohiyati
Moy va moysimon moddalar etil efiri, xloroform, benzin,
benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Quruq qoldiq usulida moyni aniqlash
uning etil efirida erib, namuna yog’sizlanishiga va uning massasi kamayishini tortib
aniqlashga asoslangan. Quruq qoldiq usulida moy aniqlanganda etil efirida moy
kislotalaridan tashqari fosforidlar, mumlar va shunga o’xshash boshqa organik moddalar
ham eriydi. Shuning uchun bu usulda aniqlangan moy «xom moy» deb ataladi.Quruq
qoldiq usulida «xom moy» Sokslet yoki Yeremenko apparatida aniqlanadi. Apparat uch
qismdan:
1. Efir solinadigan ekstraksion kolba
2. Ekstraktor
3. Sovutgichdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |