Sun‘iy asal
. Tabiiy asal bilan birgalikda «Sun‘iy asal» deb nomlangan mahsulot
ham mavjud. Uni tayyorlash uchun shakar qiyomi oziqaviy kislota ishtirokida
qizdiriladi. Bunda saxaroza glyukoza va fruktozagacha gidrolizlanadi. Tabiiy asalga
xos bo‘lgan xushbo‘ylikni ta‘minlash uchun tabiiy asal yoki asal essensiyasi
qo‘shiladi. Sun‘iy asal tiniq, sariq rangli asal hidli bo‘lishi kerak. Undagi namlik 21%
dan oshmaydi. Sun‘iy asal sig‘imi 1000 g gacha bo‘lgan bankalarga qadoqlanadi va
zichlab yopiladi. Uni 0-20 °C gacha bo‘lgan haroratda va havoning nisbiy namligi
75% dan oshmaygan sharoitda saqlash lozim. Sun‘iy asalning saqlanish muddati - 3
oy.
Do'stlaringiz bilan baham: |