1-Mavzu: sql tiliga kirish



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/102
Sana21.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#394725
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
Bog'liq
3-kurs 5-yillik sirtqi xujjatlari

 
 
 
 
 
 


AMALIY ISH №7 
 
Mavzu. Suniy intelekt tizmi va undan foydalanish SQL tilida ma’lumotlar bazasini 
yaratish
 
Ishning maqsadi:
 Talabalarga SQL tilida ma`lumotlar bazasini yaratish tizimlarini  
o’rgatish. 
Masalaning qo`yilishi:
  SQL tilida dasturlar yaratish uchun foydalanuvchilar 
quyidagilarni bilishlari shart.  
Topshiriqlar: 
1. Suniy intelektning ma’lumotlar bazasidagi o’rni. 
2. Turli dasturiy vositalarni tahlil etish.
 
Avvalo  "sun'iy  intellekt"  tushunchasining  o‘zi  haqida. "Sun'iy" so‘zining  ma'nosi 
ayon:  u  kelib  chiqishiga  ko‘ra  tabiiy  bo‘lmagan  narsani,  ya'ni,  inson  qo‘li  bilan 
yaratilgan  narsalarni  nazarda  tutadi. "Intellekt" so‘zini  esa  bundayin  oson 
ta'riflashning  imkoni  yo‘q.  Lug‘atlarda  uning  ma'nosi  juda  xilma-xil  beriladi. 
Masalan,  intellektni "
qaror  qabul  qila  olish  qobiliyati"
, "
anglash  qobiliyati"
 kabi 
qisqa va lo‘nda ta'riflaridan tashqari, "
bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, 
yig‘ilgan  tajriba  hamda  ko‘nikmalar  vositasida  yangi  vaziyatlarga  moslasha 
olish"
 kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun'iy intellekt" 
tushunchasi  esa  ilk  bora  1956-yilda,  Stenford  universitetida  o‘tkazilgan  ilmiy 
anjumanda inglizcha  "
artificial  intelligenc
e"  (AI)  tarzida  ilm-fanga  taklif  qilingan 
edi.  Shundan  buyon  mazkur  tushuncha  ilmiy  jamoatchilik  orasida  mustahkam 
o‘rnashib qoldi. 
Aytib o‘tganimizdek, sun'iy intellekt borasidagi jiddiy munozaralar ilk EHMlarning 
paydo bo‘lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada teranroq nazar tashlasak, intellektual 
masalalarni hal qilish vazifasini insondan boshqa obyetklarga yuklashga qaratilgan 
urinishlar ancha avvalroq - Paskal va Leybnitslar davridan boshlangan. Chunonchi 


Leybnits 1672 yilda mashhur golland olimi Gyugens huzurida mehmonda bo‘ladi va 
uning kun tartibining katta qismini, ilmiy tadqiqotlarning faqat matematik jihatiga 
tegishli  bo‘lgan  murakkab  hisob-kitoblarni  qo‘lda  bajarish  amaliyoti  band 
qilayotganini ko‘radi. Leybnits Gyugensga achinish bilan shunday yozgan edi: "
Bu 
shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat; U boshqalarga, masalan, mashinaga 
ishonib  topshirish  mumkin  bo‘lgan  hisoblash  ishlarini  xuddi  qullar  kabi,  o‘zi 
bajarmoqda...".
 E'tibor bering: Leybnits "qullar kabi" iborasini qo‘lladi. U uzundan-
uzoq va hajman ulkan murakkab matematik hisoblash amallarini olimning qimmatli 
vaqtini band etmasdan, biror mashinaga topshirish mumkinligi va bu orqali olimning 
diqqat-salohiyatini ilm-fanning boshqa, yanada dolzarb masalalariga yo‘nalitirshga 
erishish kerakligini o‘ylab qolgan edi. Leybnits tez orada - 1694 yilda "arifometr" 
deb nomlangan o‘zining mexanik hisoblash mashinasini tayyorladi va uni ilm-fan 
namoyondalariga havola etdi. Shu tarzda, Paskal va Leybnits mashinalari mohiyatan 
intellektual  masalalarni hal etishga qodir ilk sun'iy  vositalar  o‘laroq tarixga kirdi. 
Lekin ularni sun'iy intellektga ega mashinalar deb bo‘lmasdi. Chunki ular eng sodda 
arifmetik  amallarni  bajara  olardi  xolos.  Ammo  nima  bo‘lganda  ham,  inson  shu 
choqqacha  istisnosiz  ravishda  faqat  o‘zigagina  xos  bo‘lgan  ongi,  bilimi  va 
tafakkuriga  tayanib  hal  qilib  kelgan  intellektual  masalalarni  endilikda  o‘zidan 
boshqa "birovga" - mashinaga topshirish uchun ilk qadamlar tashlangandi... 
Ta'kidlanganidek,  sun'iy  intellekt  haqida  ilk  haqiqiy  jiddiy  bahs-munozaralar 
elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishi bilan maydonga chiqa boshlagan. 
Mashinaning  intellektga  ega  bo‘lishi  mumkinligi  haqidagi  ilk  jiddiy  ilmiy 
tadqiqotlar  esa,  zamonaviy  informatika  fanlarining  asoschisi  sanaladigan  inson  - 
Brutan  fizigi  va  matematigi  Alan  Tyuring  nomi  bilan  bog‘liq.  Tyuring  sun'iy 
intellektning amalda imkonli yoki imkosiz ekanligini isbotlash uchun o‘z nomi bilan 
ataladigan  (Tyuring  testi)  test  taklif  qiladi.  Tyuring  shunday  deydi:  agar  mashina 
o‘zini har jihatdan fikrlaydigan mavjudotdek tutsa, u intellektga ega bo‘lishi kerak. 
Tyring testi quyidagicha o‘tkaziladi: inson va u bilan "suhbatlashishi" kerak bo‘lgan 
mashina  (ya'ni,  kompyuter),  boshqa-boshqa  xonalarga  joylashtiriladi  va  ular  bir-
birini  ko‘rmaydi  (to‘g‘rirog‘i  -  inson  kompyuterni  ko‘rmaydi,  zero,  kompyuter 


shundoq ham insonni ko‘rish xossasiga ega emas). Ular orasida darchada monotor 
joylashtitladi.  Inson  o‘zi  o‘tirgan  xonadagi  klaviaturadan,  o‘zi  istagan  bir  necha 
savollarni kompyuterga matn ko‘rinishida terib kiritadi va javob talab qila boshlaydi. 
Lekin  u,  aytganimizdek,  devor  ortida  kompyuter  yolg‘iz  ekanini  bilmaydi  va 
savollarini narigi tarafda ham o‘zi kabi boshqa bir inson o‘qib javob qaytaradi deb 
o‘ylashi mumkin. Biroq, u kiritgan savollarga kompyuterning o‘zi, o‘ziga avvaldan 
yuklangan dastur-algoritmalriga ko‘ra javob qaytaradi. Tyuring testining mohiyati 
juda  oddiy.  Agar  xonadagi  inson,  o‘zi  bergan  savollarga  olgan  javoblardan 
shubhalanmay,  o‘zi  bilan  inson  gaplashyapti  deb  hisoblasa,  demak  unga  javob 
qaytargan mashinani sun'iy intellektga ega deb hisoblash mumkin.  
2. 
SQL tilining namunasida ma’lumotlar bazasini yaratish operatorlari yo‘q, har bir 
naql o‘z usullariga ega. Masalan ACCESS MBda har bir ma’lumotlar bazasi alohida 
.mdb kengaytmali faylni tashkil qiladi. MS SQL SERVERda ham .mdf kengaytmali 
fayl  bo‘ladi,  undan  tashqari,  bu  MBBTda

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish