Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


 “Praym – reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka)



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

3. “Praym – reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka)
 – bu eng obro‘li qarz 
oluvchilarga  beriladigan  kreditlarga  AQSH  banklari  tomonidan  belgilanadigan 
stavkadir.  U  kredit  qiymati-ning  mo‘ljal  bo‘lib  xizmat  qiladi  va  dastlabki  ikki 
stavkadan 1 – 2 foizga yuqori bo‘ladi. 
4.  O‘rta  va  katta  bo‘lmagan  firmalar  va  xususiy  shaxslarga  beriladigan 
kreditlar stavkalari
. Ular, odatda, “praym – reyt” dan ham yuqori bo‘ladi. 
Hozirgi paytda eng muhim stavka LIBOR hisoblanib, yevro-valyuta bozoridagi 
birinchi darajali banklar o‘rtasidagi kredit-lashda eng ko‘p qo‘llaniladigan stavkadir. 
Odatda, “LIBOR stavkasi” deyilganda, funt sterling va AQSH dollaridagi depozitlar 
bo‘yicha  foiz  stavkalari  tushuniladi.  Funt  sterlingdagi LIBOR stavkasi  har  kuni 
ertalab  11:00  da  (London  vaqti)  quyidagi  banklarning  qat’iy  stavkalarining  o‘rtacha 
arifmetik  kattaligi  sifatida  hisoblanadi:  Lloyds,  Midlend,  VOA,  Barklayz,  Sosete 
Jeneral  va  Netvest.  Mana  shu  tamoyil  asosida  AQSH  dollaridagi  LIBOR  stavkasi 
aniqlanadi,  bunda  quyidagi  banklar  qat’iy  stavkalari  ishlatiladi:  Barklayz,  Benk  of 
Tokio, Bankers Trast, Neshnl Vestminster bank. 
Yevrokreditlar bo‘yicha LIBOR stavkasi, odatda, 12 ta valyuta bo‘yicha va bir 
necha davrlar bo‘yicha (1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9 oy va 1 yil) hisoblanadi. 
Yevrokredit  –  bu  suzib  yuruvchi  stavkada  yevrovalyutalaridan  birida 
beriladigan  o‘rta  muddatli  bank  kreditidir.  Banklar  kredit  bo‘yicha foiz  stavkalarini 
hisoblashda turli  xil  usullardan  foydalaniladi.  Misol  uchun,  AQShda  eng  ko‘p 
tarqalgan  usullar:  yillik  foiz  stavkasi  usuli,  oddiy  foiz  usuli,  diskont  stavka  usuli, 
qo‘shish usuli hisoblanadi. 
Yillik  foiz  stavkasi  usuli – kredit  bo‘yicha  yig‘ilgan  to‘lovlarni  kredit 
summasiga bo‘lgan nisbatini ko‘rsatadi, ya’ni daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Bu 
usul  kreditning  qanchalik  tez  qaytarilayotganligi  va  qarzdor  kreditlash  muddati 
davomida haqiqatda qancha summa ishlatayotganligini ko‘zda tutadi. 
Oddiy  foizlar  usuli ham  haqiqatda  ishlatgan  kreditni  ko‘zda  tutadi.  Agar 
qarzdor  kredit  qaytarishni  asta  oshirsa  oddiy  foizlar  usuli  qarzdorlik  qoldig‘i 
pasayishini  va  tegishli  to‘lanadigan  foiz  stavkalarini  aniqlab  beradi.  Bu  usulni 
qo‘llashda  qarzdor  kredit  qaytarilishi  muddati  yaqinlashgan  sayin  foiz  to‘lovlarida 
harajat-larni  tejashga  erishadi.  Diskont  stavka  usuli. Kreditlarning  asosiy  qismi 
kreditlash  muddati  davomida  qisman  foiz  va  qisman  asosiy  qarzni  to‘lashni  ko‘zda 
tutadi,  biroq  diskontlash  usuli  foizlarning  avans  to‘lovini  ko‘zda  tutadi.  Bu  holatda 
qarz oluvchi kelishilgan kredit summasini foizlarni chegirishdan so‘ng oladi. Muddat 
tugashi  bilan  kelishilgan  asosiy  qarz  summasini  qaytarishi  lozim.  Foiz  oshirish 
usulida kredit  qaytarish badallarini qarzdorga  e’lon qilinguncha  qadar  foiz  to‘lovlari 
asosiy  qarz  summasiga  qo‘shib  borilishi  nazarda  tutiladi.  Agar  kredit  va  foizlar 
muddat  oxirida  bir  vaqtda  qaytarilgan  holatdagina  foiz  oshirish  stavkasi  oddiy  foiz 
stavkasiga teng bo‘ladi. Har qanday boshqa holatda qarzdor shartnomada ko‘rsatilgan 
stavkada emas, balki kredit bo‘yicha yuqori bo‘lgan real stavkani to‘laydi. 
Foiz stavkalarini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud. 
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi tebranib turadi. 
1.  Ba’zi  bir  boshqa  loyihalarning  samaradorligi  bundan  baland  yoki  past 
bo‘lishi mumkin. 


165 
 
2.  Ba’zi  bir  korxonalar  o‘z  ishlab  chiqarishini  faqatgina  kredit  mablag‘lar 
hisobiga  tashkil  qilmay,  balki  xususiy  mablag‘lariga  ham  tayanadi.  Shunda  xususiy 
mablag‘lari  aylanmasidan  kelib  tushgan  foyda  hisobidan  bank  krediti  foizini 
to‘lashga tayyor, bo‘lgani uchun, foiz stavkasi 5 foizdan oshishi mumkin. 
3.  Bozor  iqtisodiyoti  rivojlanmagan  davlatlar  iqtisodiyotining  xalq  xo‘jaligi 
juda notekis rivojlangan bo‘ladi. Shu sababli, turli sohalarning samaradorligi turlicha 
bo‘ladi.  Oqibatda  kimdir  kredit  uchun  100  foiz  qo‘shimcha  to‘lab  berishga  tayyor 
bo‘lsa,  kimdir  uchun  5  foiz  ham  og‘irlik  qiladi.  Demak,  kredit  foiz  (qarz  oluvchi 
istayotgan foiz stavkasi) quyidagicha aniqlanadi. 
r = ye – t – b 
e – kredit hisobidan amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligi; 
t – samaradorlik hisobidan to‘lanadigan soliqlar; 
b – samaradorlik hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy harajatlar. 
Bizning misolimizda r = 15 – 0,32 * 15 – 0,35 * 15 = 5 % 
Kreditor  ham  xuddi  shu  yo‘l  orqali  o‘zi  istagan  foiz  bilan  kredit  resurslarini 
taklif  etadi.  Faraz  qilaylik,  r  =  8  %,  Ammo  bu  foiz  qarz  oluvchining  ahvoli,  kredit 
muddati,  tavakkalchilik  darajasi  kabi  omillarning  ta’siri  natijasida  o‘zgarishi 
mumkin. Bundan tashqari qarz beruvchi kredit resurslarini kredit bozoridan o‘zi ham 
olishi mumkin. Masalan, jamg‘arma banklardan, tijorat banki jamg‘arma bankiga 4,5 
%  =  r  daromad  to‘lab  berishga  tayyor.  Jamg‘arma  banki  o‘z  nabatida  r  dan  kelib 
chiqqan holda omonat va depozitlar bo‘yicha foiz stavkasini r= 4 % belgilaydi. 
Davlat ham r dan kelib chiqib, o‘z obligatsiyalariga foiz stavkasini belgilaydi. 
Agarda  foiz  stavkasini  r  dan  tushirib  yuborsa,  aholi  davlat  obligatsiyalarini  sotib 
olmaydi. Oshirish esa davlat uchun ortiqcha harajatdir, chunki r = r bo‘lganda aholi 
asosan  r  ni  harid  qiladi.  Sababi,  davlat  obligatsiyalari  jamg‘arma  banklardagi 
depozitlarga nisbatan ishonchliroqdir. 
Hissadorlik  jamiyatlari  ham  o‘z  aksiyalari  bo‘yicha  foiz  stavkasini  r  >  r  kabi 
belgilaydi, 
chunki 
korxona 
aksiyalari 
davlat 
obligatsiyalariga 
nisbatan 
tavakkalchiliga  yuqori  hisoblanadi.  Markaziy  bank,  o‘z  navbatida,  qayta 
moliyalashtirish  stavkasini  r  dan  kelib  chiqqan  holda  belgilaydi.  Sababi,  Markaziy 
bank  r  va  r  orqali  mamlakat  ssuda  kapitali  bozoridagi  ahvolni  nazorat  qiladi.  Agar 
davlat  investitsion  faollikni  kuchaytirmoqchi  bo‘lsa  r  tushadi  va  aksincha  aktivlikni 
kamaytirmoqchi  bo‘lsa 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish